6. PARTIRURA O‘QISH
Partirura o‘qish fani talabalarga ko‘p ovozli asarlarni tez va aniq o‘qishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bu kursni o‘qitishda Oltun Sodiqovning «Xor
partiturasini o‘qish» o‘quv qo‘llanmasi asosiy manba bo‘lib hizmat qiladi.
Oltun Sodiqovning «Xor partiturasini o‘qish» o‘quv qo‘llanmasi asosan
o‘zbek kompozitorlari asarlaridan tuzilgan bo‘lib, Respublikamizning oliy
musiqa o‘quv yurtlari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmaning musiqiy misollari
fortepianoda ijro etishning bosqichma-bosqich o‘zlashtirilishiga imkon yaratadi.
Qo‘llanmadagi mavzular mutaxassis o‘qituvchilar rahbarligi ostida o‘tiladi.
Shu bilan bir qatorda o‘quvchi va talabalar qo‘llanmadan mustaqil ravishda
foydalanishlari ham mumkin. O‘quv qo‘llanmadan bir qator uslubiy ko‘rsatmalar
va ijrochilarga maslahatlar ham o‘rin olgan.
O‘quv qo‘llanma turli murakkablikdagi partitura yozuvi va badiiy jihatdan
barkamol xor asarlaridan tashkil topgan bo‘lib, ular turli mazmun va shaklga,
musiqiy tiliga, bayon qilinish uslubiga ega.
Qo‘llanmadagi qo‘shiq va xorlar badiiy-havaskorlik to‘garaklarida,
madaniyat saroylarida va boshqa tashkilotlarda konsert dasturi sifatida ijro
etilishi mumkin.
O‘quv qo‘llanma oddiy asarlar bilan boshlanib, garmonik, ba’zan esa
polifonik ko‘rinishdagi murakkab ko‘p ovozli asarlar bilan yakunlanadi. Bu
turdagi partituralarning o‘quv qo‘llanmaga kiritilishi o‘quv yurtlarining yuqori
kurs talabalari tomonidan fortepianoda ijro etishi va o‘zlashtirishiga mo‘lj
allangan.
Musiqiy texnik murakkablik qaysi turga tegishli ekanilgi «O‘quv qo‘llanma»
bo‘limlarida ko‘rsatib o‘tilgan (partituraning fortepianoga moslashtirilishi nuqtai
nazaridan).
Ushbu o‘quv qo‘llanma musiqa adabiyotlarini har tomonlama qamrab
olmasdan, faqat ma’lum hajmda «Xor partiturasini o‘qish» kursi talablariga
javob beradi. Qo‘llanma xor partiturasi yozuvining o‘ziga xosligini va muliini
xususiyailarini mujassamlashtirgan.
Tavsiya qilinayotgan asarlarni bosqichma-bosqich o‘rganish o‘quvchi va
talabalarga zarur bilim, malaka va amaliy ko‘nikma beradi.
Zamonaviy nota yozuvida xor asarlarining ovoz partiyalarini yozish uchun
ikkita kalit ishlatiladi:
1. S o l yoki s k r i p k a kaliti.
2. F a yoki b a s kaliti.
Skripka kalitida soprano, alt va tenor partiyalari, bas kalitida esa bas partiyasi
yoziladi. Ikki qatorli aralash xor uchun yozilgan asrlarda soprano, diskant va alt
partiyalari skripka kalitida, bas va tenorlar esa bas kalitida yoziladi. Bunda
ularning yozilishi va eshitilishi bir xil.
Talabalar “Partitura o‘qish” fanini o‘zlashtirish jarayonida fortepianoda xor
partituralarini ijro etish tamoyillari; pedalizatsiya ya’ni fortepiano pedallarida
ijro qilish mahorati; xor partiyasini fortapianoda chalish mahoratini oshirish –
tahliliy o‘qish, asta-sekin o‘qib chiqish, sur’atda chalib o‘qish, notaga qarab
o‘qishning turlari, eshitish qobiliyatini nazorat qilish, ijrodan oldin ko‘rish va