guvohnomasi”ni joriy qilish lozim;
2. Piyoda guvohnomasiga o’qitishni yo’lga qo’yish va guvohnoma berishni
halq ta’limi zimmasiga yuklatish lozim;
3. Maktablarda yo’l harakati qoidalarini o’qitishni yuqori o’ringa olib
chiqish lozim.
Agar “Piyoda guvohnomasi” maqomi kelajakda insonlarga biror naf keltirsa
ushbu guvohnomaning qadir qimmati oshirilsa guvohnoma bilan bog’liq imtiyozlar
joriy qilinsa, insonlar yo’llarda to’g’ri harakatlanishni o’rganishga va bunga amal
51
qilishga harakat qiladilar. Buning uchun guvohnoma maqomini oshirish maqsadida
guvohnomaga o’qitishning inovatsion tizimini yaratish lozim.
Tavsiyalardan kutilayotgan natija:
1. Piyodalarning yo’llarda to’g’ri harakatlanishiga erishiladi;
2. Piyodalar bilan bog’liq yo’l transport hodisalarini keskin kamayishiga
erishiladi;
3. Respublikamizda yo’l transport hodisalari tufayli nogiron bo’lib
qolishlarning oldi olinadi;
4. Respublikamizda yo’l transport hodisalari tufayli yetim bo’lib
qolishlarning oldi olinadi;
5. Respublikamizda yo’l harakati madaniyati shakillanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
https://www.who.int/ru/news-room/fact-sheets/detail/road-traffic-injuries
2.
https://uz.sputniknews.ru/tags/keyword_DTP/
HAVO YOSTIQLI KONVEYERLARNING F.I.K. NI OSHIRISH
1
Omonov Abduqahhor Abdiraxmon o’g’li,
2
Abdumajidov Abbosjon Abdurazzoq
o'g'li
1
Farg’ona politexnika institute, Mexanika-mashinasozlik fakulteti
“MST va A” kafedrasi assistenti
2
“MST va A” 19-19 guruhi talabasi
Kalit so’zlar: konveyer; havo yostig’i: tashish; qurilma.
Annotatsiya: havo yostiqli konveyerlar tuzilishi va ishlab prinspi tushuntirilib,
havo yostili konveyer F.I.K.ni oshirish yuzasidan foydali usul bayon etilgan.
Havo yostiqli konveyerlar odatda gorizontga nisbatan burchak ostida
joylashtirilib, havo bosimi orqali detalni konveyer sirtidan biroz ko’taradi va detal
o’z og’irligi hisobiga pastga qarab harakatlanadi (1-rasm). Odatda havo yostiqli
konveyerlarda tekis yuzaga ega bo’lgan (asosan list ko’rinishidagi) detallan
tashiladi.
1-rasm. Havo yostiqli konveyer.
52
1-detal sirpanishi uchun taglik, 2-havo yig’iladigan bo’shliq, 3-havo chiqish
teshiklari, 4-detalni chetga chiqib ketishidan to’sib qoluchli to’siqlar
Konveyer ostidagi bo’shliqqa siqilgan havo haydaladi, havo esa teshiklardan
bosim bilan otilib chiqadi. Bosim bilan chiqayotgan havo detalni konveyer sirtidan
ko’taradi. Natijada detal va konveyer orasidagi ishqalanish kuchi yo’qolib detal
pastga tomon sirpanib tushadi.
Bunday konveyerlarda havo bosimini to’g’ri taqsimlash orqali konveyer
F.I.K.ni oshirish mumkin. Buning uchun 2-rasmda keltirilgan havo bisimini
taqsimlash qurilmalarini konveyerdagi havo chiqaish teshiklariga ichkaridan
o’rnatish kifoya qiladi.
Qurilma quyidagicha ishlaydi: agar P
2
>>P
1
bo’lsa, P
2
ta’sirida prujina siqilib,
porshen yopiladi va H balandlik kamayib, havo o’tishi uchun teshik kichrayadi.
Natijada bu teshikdan kamroq havo chiqadi.
Agar P
2
>P
1
bo’lsa, prujina o’z kuchi ta’sirida porshenni itaradi va H balandlik
oshib, havo o’tishi uchun teshik kattalashadi va bu teshikda ko’proq havo chiqadi.
Detal qaysi teshiklar ustida turgan bo’lsa shu teshiklarda P
2
>P
1
bo’ladi,
qolgan teshiklar uchun P
2
>>P
1
bo’ladi. Chunki detal sirti bilan teshik ustini
qoplaganda havo bosimiga qarshilik ortib P1 kattalashadi.
2-rasm. Havo bosimini taqsimlash qurilmasi.
1-qurima tanasi, 2-silindr, 3-porshen, 4-prujina, 5-himoya xalqasi.
Bu usulni qo’llaganda detal ostidagi teshiklardan boshqalari qisman berkilishi
natijasida detal ostidagi teshiklardan kattaroq bisomdagi havo chiqishiga erishish
mumkin. Natijada og’irroq detallarni tashish yoki nisbatan kichikroq kuchlanishga
ega bo’lgan havo nasosidan foydalanishga erishishimiz mumkin.
Ushbu usulni oynalarni kesishda ishlatiladigan havo yostiqli stolda ham
qo’llash mimkin.
Adabiyotlar.
1. В.П. Бобров, Л.И. Чеканов. Транспортные и загрузочные устройства
автоматических линий. Москва. Машиностоение 1980 г.
2. A.A. Omonov. “Avtooyna” MChJ korxonasi mahsuloti – avtomobil
oynalarini transportirovka jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni tadqiq etish
53
va jarayonni takomillashtirishga qaratilgan takliflar kiritish. Dissertatsiya. FarPI.
2019-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |