Birinchi inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog‗liq bo‗lib, miqdor va sifat
jihatdan ilgarilab ketishga olib keldi. Avloddan avlodga bilimlarni uzatish imkoniyati
paydo bo‗ldi.
Ikkinchi inqilob (XVI asrning o‗rtalari) kitobni chop etish bilan bog‗liq bo‗lib,
u tubdan industrial jamiyatni, madaniyat va inson faoliyatini tashkil etishni
o‗zgartirib yubordi.
Uchinchi inqilob (XIX asrning oxirlari) elektr tokining kashf etilishi bilan
bog‗liq bo‗lib, telegraf, telefon va radioning vujudga kelishiga olib kelib, turli
hajmdagi axborotlarni tezkor yig‗ish va uzatish imkonini yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |