3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy tahlil vazifalarini yechishni tashkil qilish Iqtisodiy tahlilning vazifalari bu tahliliy ma‘lumotlarni axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va statistik usullarga asoslangan holda yo‗lga
qo‗yishdir. Ular yordamida mamlakat va uning ayrim mintaqalari iqtisodiyoti turli
sohalarining rivojlanishini doimiy va har tomonlama o‗rganiladi.
Tahliliy majmualarda qo‗llaniladigan ADP tarkibiga «Olimp» (statistik tahlil
va bashorat qilish elektron tizimi) va «Mezozavr» (vaqtli qatorlar statistik tahlili
tizimi) va boshqalar kabi keng foydalaniladigan dasturiy mahsulotlar kiradi.
«Olimp» amaliy dasturlar paketi. «Olimp» paketi ma‘lumotlarni statistik
usullar asosida qayta ishlashni avtomatlashtirishga mo‗ljallangan. «Olimp»
standart konfiguratsiyali SHKda va WINDOWS operatsion tizimi boshqaruvi
ostida ishlaydi. Paketdan ham yangi, ham statistika sohasidagi ekspertlar
foydalanishi mumkin. Hozirgi paytda «Olimp» statistik tahlil va ma‘lumotlar
asosida bashoratlash uchun mo‗ljallangan eng yaxshi ADPlardan biridir.
ADP tarkibiga asosiy dasturlardan tashqari quyidagilar kiradi:
• MNCALC elektron jadvali;
• AIT (amaliy ijtimoiy tadqiqotlar) amaliy statistik tadqiqotlar so‗rovlarini
tayyorlash va kiritish dasturi.
«Olimp» ADP ma‘lumotlarning statistik taxlil qilinishi va bashoratlanishi
bo‗yicha tadqiqotlarning dastlabki ma‘lumotlarini kiritish, ularni tekshirish va
ko‗zdan o‗tkazishdan boshlab to amaliy statistika zamonaviy usullarining keng
majmuasi asosida hisoblash va natijalarni tahlil qilishni o‗tkazish bilan tugovchi
to‗liq davriyligini tashkil qilishga imkon beradi.
Vazifaviy nuqtai nazardan ADPga quyidagilar kiradi: ma‘lumotlar muharriri,
ma‘lumotlarni grafik ko‗rinishida aks ettirish vositalari va o‗zgartirish utilitalari
hamda statistik tahlil usullarini amalga oshirish dasturlari.
Ma‘lumotlar muharriri dastlabki ma‘lumotlarni kiritish, ko‗rib chiqish va
tahrir qilishni (shu jumladan operator tomonidan amalga oshiriladigan
kuzatishlarni) ta‘minlaydi.
Ma‘lumotlarni grafik usulida aks ettirish vositalari ekranga turli grafiklarni
chiqarish hamda ularni bundan keyin foydalanish uchun magnit diskda saqlashga
imkon beradi.
Ma‘lumotlarni
o‗zgartirish
utilitalari
ma‘lumotlarning
arifmetik
o‗zgarishlarini, navlarga ajratishning har xil turlarini (shu jumladan bir necha