“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
--
o`tish mumkin. Ulardan biri hozirda judayam ommalashgan Portal texnologiyasi,
ikkinchi texnologiya bu web – dizayn sohasidagi yangi va ancha istiqbolli Mashup
texnologiyadir.
Bugungi kunda web-saytlarni tuzishda ananaviy va keng tarqalgan texnologiya bu
— Portal texnologiyasidir. Bu texnologiyani rivojlanishi uchun juda ko`p
izlanishlar amalga oshirilgan. Bu izlanishlar natijasida Portal texnologiyasining
keng yoyilishiga erishildi. Shunga qaramay web – sayt yaratishning Portal modeli
bir qancha kamchiliklarga ega.
Portal texnologiyasida web-sayt tuzish va uni Internetga joylashtirish uchun ko`p
vaqt va mablag` talab etiladi. Masalan, biror tashkilotning web – saytini tuzish
uchun ushbu sohada yetarlicha bilimga ega bo`lgan mutaxasisga murojaat etish
kerak. U web – saytni ma`lum muddatda tayyor holatga keltiradi, uni Internetga
joylashtiradi, bu orada ancha vaqt, mehnat va mablag` sarflanadi. Saytni Internetga
joylashtirgandan keyin uni boshqaruvchi administrator kerak bo`ladi, buning
uchun yangi ishchi kuchi kerak bo`ladi, agar sayt judayam murakkab bo`lsa bu
ishlarni bir shaxs emas, balki guruh bo`lib amalga oshiriladi. Bu guruhning har bir
a`zosini oylik maosh bilan ta`minlash kerak bo`ladi. Portal texnologiyada tuzilgan
web – saytlarni o`zgartirish ham murakkab jarayon hisoblanadi, bundan tashqari
ushbu saytdagi ma`lumotlarni yangilab turish zarur.
Web browser — inglizcha so‗z bo‗lib, "vebni ko‗zdan kechiruvchi‖, "vebni ko‗rib
chiquvchi‖ ma‘nolarini beradi. Bizga bu so‗z rus tilidan kirib kelganligi, rus tilida
esa "brauzer‖ kabi aytilishini hisobga olib(hozircha) biz ham "brauzer‖ so‗zini
ishlataqoldik. Turk tilida "Ağ tarayıcısı‖ kabi tarjimasi mavjud. "web‖ so‗zi esa
"World Wide Web‖(butunjahon to‗ri — WWW) ning qisqa ma‘nodagi ko‗rinishi.
Veb brauzer butunjahon to‗rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni
ko‗rsatish, sahifalararo o‗tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Veb
brouzer biror sahifani yuklash va sahifaga ma‘lumotlar yuborish uchun HTTP
protokolidan foydalanadi. Ko‗pchilik brouzerlar FTP protokoli bo‗yicha ham
ishlashadi: fayllar ro‗yxatini sahifa ko‗rinishida chop etadi.
Veb brouzer veb-sahifani(butunjahon to‗rida joylashgan sahifa) siz uchun qulay
ko‗rinishda chop etadi — ma‘lum qoidalar bo‗yicha rasmlarni, matnlarni(ularning
ko‗rinishi, rangi, kattaligi va h.k.), ovoz yoki video ma‘lumotlarini, turli
animatsiyalarni mos tavishda joylashtirib chiqadi. Bundan tashqari, sahifadagi siz
kiritgan ma‘lumotlarni kerak joyga jo‗natish, boshqa sahifaga o‗tish, JavsScript
kodlarini ishlatish kabi vazifalarni ham bajaradi.
Veb brauzerlarning qisqacha tarixi
Birinchi eng keng tarqalgan brauzer Mosaic bo‗lgan. Undan so‗ng Netscape
Navigator brauzeri yetakchilik qildi. 1995-yili Microsoft kompaniyasi Windows 95
tarkibida Internet Explorer brauzerini chiqarish orqali Netscape Navigatorning
yetakchiligiga katta xavf sola boshladi va bir necha yillardan so‗ng Netscape
Navigator brauzeri deyarli foydalanishdan chiqib ketdi. Internet Explorer esa 95%
ulush bilan dunyoning eng keng tarqalgan brauzeriga aylandi. Netscape Navigator
kodini ommaga havola qilingandan so‗ng, u asosida Mozilla va Mozilla Firefox
brauzerlari yaratildi. Hozirda foydalanuvchilar uchun juda ko‗p alternativ
brauzerlar mavjud
.
Do'stlaringiz bilan baham: |