5.3. Yangi mahsulot ishlab chiqish
Har bir yangi mahsulot g‘oyadan boshlanadi va potensial mijozga taklif etiladigan
xizmatlar va tabiiy tavsifnomalar to‘plamiga aylanadi. G‘oyalar tug‘iladigan,
baholanadigan va mahsulotlarga aylantiriladigan jarayon yangi mahsulot ishlab chiqish
deb ataladi. Yangi mahsulot ishlab chiqishning quyidagi yetti bosqichi ketma-ket
bo‘lishi shart emas:
1) yangi mahsulotga nisbatan strategiya ishlab chiqish;
2) yangi mahsulot g‘oyasini yaratish;
3) g‘oyalarni birlamchi tanlash;
4) biznes-tahlil;
5) bevosita mahsulotni ishlab chiqish;
6) mahsulotni bozorda sinab ko‘rish;
92
7) tijoratlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |