2.5.
Xaridlarni boshqarish va xaridlar strategiyasi
Xarid haqida qaror qabul qilish jarayoni odatda xaridlar bo‘limi mutaxassislari
tomonidan boshqariladi va nazorat qilinadi.
Funksional-qiymat tahlili xarid qilinayotgan mahsulotni uning bajaradigan
funksiyalari va iqtisodiy qimmati, shuningdek, xuddi shu funksiyani bajaradigan
muqobil usullar nuqtai-nazaridan o‘rganishni taqozo etadi. Funksional-qiymat
tahlilining maqsadi harajatlarni qisqartirish, bunda mahsulot sifati va ochiqlik
darajasini saqlab qolish hisoblanadi. Funksional-qiymat tahlili narx va mahsulot
tavsifnomalarini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.
Bu tahlil xarid bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilishi yoki boshqa
bo‘limlardan texnik ekspertlar, jumladan, muhandislar, ishlab chiqarish va sifat
nazorat bo‘limi xodimlarini jalb qilish talab qilinishiga to‘g‘ri kelishi ko‘rib
chiqilayotgan mahsulot turiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan bir necha yil oldin AQShning
Milliy xaridlar bo‘yicha agentlar assotsiatsiyasi o‘z a’zolari uchun funksional-qiymat
42
tahlili o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma chiqardi. Yo’riqnomaga quyidagi nazorat
savollari kiritildi:
1. Bu mahsulotga ahamiyat bermaslik mumkinmi?
2. Agar mahsulot nostandart bo‘lsa, standart mahsulotdan foydalanish
mumkinmi?
3. Agar mahsulot standart bo‘lsa, u qo‘llanish uchun to‘liq mos keladimi?
4. Mahsulot talab qilinganidan ko‘proq imkoniyatlarga egami?
5. Mahsulot vaznini kamaytirish mumkinmi?
6. Ushbu mahsulotni shunga o‘xshash boshqa mahsulot bilan almashtirish
mumkinmi?
7. Keragidan ko‘ra qattiqroq shartlar belgilanmaganmi?
8. Mahsulotga keragidan ortiq ishlov berilmaganmi?
9. Mahsulotga tozalash borasida keragidan ortiq ishlov berilmaganmi?
10. Mahsulotning sanoat sifati ko‘zda tutilganmi?
11. Mahsulotni mustaqil ishlab chiqarish, uni xarid qilishdan arzonga
tushmaydimi? Agar u o‘z kuchlari bilan ishlab chiqarilsa, uni arzonroq sotib olish
mumkin bo‘ladimi?
12. Mahsulotlar transport vositasida tashish harajatlarini maksimal darajada
pasaytirishga imkon beradigan tarzda saralanganmi?
13. O‘rab-qadoqlash harajatlarini qisqartirish mumkinmi?
14.
Harajatlarni
qisqartirish
masalasi
borasida
ta’minotchilar bilan
maslahatlashasizmi?
Narx tahlili – funksional-qiymat tahlilining ikkinchi qismidir. Narxlarni tahlil
qilishda xaridor-tashkilot xodimlari ta’minotchiga uni ishlab chiqarish qanchaga
tushishini bilib olishga harakat qiladi. Sotuvchi harajatlarini aniq baholash xaridlar
bo‘yicha agent tomonidan sotuvchi bilan narxlarni muhokama qilishda foydalanilishi
mumkin.
Shubhasizki, funksional-qiymat tahlili – yuqori darajada ijodkorlik talab etadigan
jarayon; shu sababli ayrim mualliflar ijodkorlikni rag‘batlantirish texnikasidan,
masalan, «aqliy hujum»dan foydalanish zarurati haqida gapiradilar. Funksional-qiymat
43
tahlilining mohiyati shundan iboratki, mahsulot funksiyalarini amalga oshirishning
yangi usullarini ko‘rish lozim, buning uchun esa an’anaviy fikrlash qoliplaridan xalos
bo‘lish talab etiladi. Pirovard natijada, funksional-qiymat tahlili muvaffaqiyatlari
sotuvchilarning javob tariqasidagi harakatlariga va ularning mijozlar so‘rovlariga
javob berishga tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘plab tashkilotlar ta’minotchini baholashning qandaydir formal sxemasidan
foydalanadi. Baholashning ikki xil asosiy turi mavjud:
1) ta’minotchilar malakasini mazkur xarid bo‘yicha savdo qatnashchilari sifatida
baholash;
2) mavjud ta’minotchilarni doimiy tahlil qilish.
Ta’minotchini baholash tobora total sifat boshqaruvi bo‘yicha mijoz dasturining
bir qismiga aylanib bormoqda.
Ta’minotchini baholash standart jarayoni uchun xaridlar bo‘limi rahbarlarining
fikrini, ko‘pincha raqamlar bilan ifodalangan holda bilish talab etiladi. Mezonlarning
har biri ma’lum bir muhimlik koeffitsiyentiga ega bo‘lib, alohida mezonlarda baholar
bu mezonlar muhimlik koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi, shundan keyin yig‘indisi
chiqariladi va natijada ta’minotchining umumiy bahosi olinadi.
Ta’minotchini tahlil qilishda eng ko‘p foydalaniladigan ko‘rsatkichlar qatoriga
mahsulot sifati, ishonchlilik, narx, xizmat ko‘rsatish va texnik kompetensiya kiradi.
Boshqa ko‘rsatkichlar ta’minotchi-korxonalarning menejment sifati, ichki ishlab
chiqarish
munosabatlari,
mehnat
intizomi,
ishlab
chiqarish
harajatlarini
minimallashtirishga intilish, asbob-uskunalar va ishlab chiqarish bazasining yangiligi
va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishda asosiy vositalarni, shuningdek, xomashyo, detallar va asbob-
uskunalarni xarid qilishni rejalashtirish xaridlar bo‘yicha menejerning muhim
funksiyasidir. Xorijiy kompaniyalar tomonidan raqobatning o‘sishi, sifatni oshirish va
harajatlarni pasaytirish zarurati, shuningdek, muhim xomashyoning ochiqligi va
iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq tashqi muhitning noaniqligi materiallarga ehtiyojni
strategik rejalashtirishni yaxshilashga undaydigan asosiy stimullar sanaladi. Bu
majburiyat yuklatilgan tahlilchi yangi mahsulotlar ishlab chiqish va ishlab chiqarish
44
rejalariga tayangan holda tashkilotning kelajakdagi ehtiyojlarini aniqlashi lozim. U
bozor sharoitlarini prognoz qilishi lozim, chunki ular narxga ham, mahsulot
ochiqligiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Bunday tahlilning natijasi eng muhim materiallarni chayqov narxlari bo‘yicha
yoki kelajakda foydalanish uchun xarid qilish haqida qaror bo‘lishi mumkin. Odatda
korxona narxlarning o‘sishi kutilgan hollarda materiallarni chayqov narxlarida xarid
qiladi, biroq bunda tovardan foydalanish bo‘yicha belgilangan rejalar tuzmaydi.
Kelajakda foydalanish uchun xarid qilish esa, aksincha, korxona mahsulotga
ehtiyojning o‘sishi, tovar taqchilligi yoki narxlarning o‘sishiga tayyorgarlik ko‘rgan
hollarda amalga oshiriladi. Kelajakda foydalanish uchun xaridlar shunday afzallikka
ham egaki, xomashyo qiymati oldindan ma’lum bo‘lib, buning asosida narx
shakllantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish mumkin, xarid qiluvchi firma esa o‘z
mijozlariga majburiyatlar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Materiallarga ehtiyojlarni diqqat bilan rejalashtirish xarid qiluvchi tashkilot
uchun qator ustunliklarni, chunonchi, xarid bahosining pastligi va jarayon
samaradorligining yuqoriligini hadya etadi. Boshqa ko‘riladigan foyda – ta’minot
uzluksizligi, doimiy sifat darajasi va ta’minotchi bilan yaxshi munosabatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |