Toshkent davlat iqtisodiyot


 Firmaning sotuv siyosati tushunchasi



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

17.3. Firmaning sotuv siyosati tushunchasi 

Sotuv  strategiyasi  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  quyidagi  masalalarni  hal 

qilishni nazarda tutadi: 

➢ sotuv kanalini tanlash; 

➢ optimal sotuv usulini asoslab berish; 

➢ vositachilarni tanlash va ular bilan maqbul keladigan ishlarni aniqlash; 

➢ servisni tashkil qilish. 

Sotuv  strategiyasini  shakllantirishda  firma  quyidagi  asosiy  omillarni  hisobga 

olishi lozim: 

➢ yakuniy  iste’molchilar  xususiyatlari  –  soni,  markazlashuvi,  o‘rtacha  xarid 

hajmi, moliyaviy holati, xarid paytidagi xulq-atvori; 

➢ firmaning  o‘z  imkoniyatlari  –  moliyaviy  holati,  raqobatbardoshligi,  bozor 

strategiyasi, ishlab chiqarish ko‘lami; 

➢ tovar  (xizmat)  tavsifnomalari  –  ko‘rinishi,  o‘rtacha  narxi,  ishlab  chiqarish  va 

talab mavsumiyligi, texnik xizmat ko‘rsatishga talablar, saqlash muddati va h.k.; 

➢ raqobatchilarning  sotuv  siyosati  va  raqobat  darajasi  –  soni,  markazlashuvi, 

sotuv tizimidagi o‘zaro munosabatlari; 

➢ bozor xususiyatlari va tavsifnomasi – amaldagi va potensial sig‘imi, urf-odatlar 

va savdo amaliyoti, xaridorlarning taqsimot zichligi; 

➢ turli sotuv tizimlarining qiyosiy qiymati. 

Xizmatlar  sohasida  taqsimot  tizimi  umumiy  va  xususiy  ko‘rinishda  xizmat 

ko‘rsatish  jarayonini  yaxshilash  va  optimallashga  ko‘maklashishi  lozim. 

Avvalboshdan  xizmatning  tabiati  xizmat  ishlab chiqaruvchi (ta’minotchisi)  va  xaridor 

o‘rtasida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  aloqa  bo‘lishini  talab  qiladi.  Xizmatlar  sohasida  taqsimot 

tizimi  yaratish  masalasi  ko‘pincha  faqat  ishlab  chiqaruvchi  va  ta’minotchi 

taqsimlanishi  mumkin,  xizmat  ko‘rsatish  jarayoni  esa  bir  mahalda  ro‘y  bermaydigan 

hollarda vjujudga keladi. 



 

294 


 

Tovarlar va xizmatlar taqsimoti o‘rtasida quyidagi farqlar mavjud: 

➢  xizmatlar  jismoniy  ob’ekt  hisoblanmaydi,  garchi  ayrim  xizmatlar  tovarlar, 

materiallar va boshqa jismoniy predmetlar uzatishni qamrab olishi mumkin bo‘lsada; 

➢  xizmatni  taqdim  etish  zaxiralar  yaratish  yoki  transport  vositasida  tashishga 

kamroq  ehtiyoj  sezadi.  Faqat  chakana  savdo  hamda  zaxiralar  yaratish  yoki  transport 

vositasida  tashish  hayotiy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  dam  olish  industriyasi 

tarmoqlarigina bundan mustasno; 

➢  xizmatlar  taqdim  etish  asosan  odamlar  bilan  chambarchas  bog‘liq  bo‘ladi, 

chunki  ko‘plab  xizmatlar  xizmatni  amalga  oshirish  yoki  taqdim  etish  uchun  bir 

kishining boshqa kishi bilan muloqotga kirishishini taqozo etadi. 

Taqsimot  kanallari  haqida  qaror  qabul  qilishda  quyidagi  jihatlarga  alohida 

e’tibor qaratish zarur: 

➢  xaridor  xizmat  uchun  mustaqil  murojaat  qilishi  kerakmi  yoki  xizmatni 

maxsus  ilgari  surish  va  uni  iste’molchiga  yetkazish  kerakmi?  Bitim  ko‘chada,  telefon 

orqali,  pochta  orqali,  uyda  yoki  iste’molchi  ofisida  yoxuda  ufda  yoki  firma  ofisida 

tuzilishi  mumkin.  Kompyuter  va telefon aloqa liniyalaridan  foydalangan  holda tobora 

ko‘po  sonli  xizmatlar  ko‘rsatish  tendensiyasi  vujudga  kelmoqda.  Bunday 

xizmatlarning ayrimlari hatto shaxsiy muloqotni istisno qiladi ham; 

➢  xizmatlar  sohasida  faoliyat  yurituvchi  firma  xizmatni  ko‘rsatish  joyi  va 

usulini  tanlashni  taklif  etmoqchimi?  Masalan,  banklar  hozirgi  paytda  turli  xizmatlar 

to‘plami, ularni ko‘rsatish usullari va joylarini taklif etmoqda; 

➢  xizmatni  taqdim  etish  uchun  agent  yoki  boshqa  vositachini  jalb  qilish 

kerakmi?  Sug‘urta  kompaniyalari  va  aviakompaniyalarning  katta  qismi  keng  agentlar 

tarmog‘idan foydalanadi, magazinlar faqat firma savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin; 

➢  agar  yangi  taqsimot  kanallaridan  foydalaniladigan  bo‘lsa,  boshqa  bozor 

segmentlariga  kirish  imkoniga  ega  bo‘lish  mumkinmi?  Turli  taqsimot  kanallaridan 

turli bozor segmentlariga kirishda foydalanish strategiyasi o‘rinli bo‘ladimi? 

Xizmat  ko‘rsatish  jarayonida  taqsimotning  o‘rni  (sug‘urta  xizmatlari  misolida) 

17.1-rasmda ko‘rsatilgan. 

 




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish