F. Kene bo`yicha ijtimoiy takror ishlab chiqarish
A.Smit erkin savdo (ing. «free trade») konsepsiyasini ilgari surdi (Fritrederlik).
Xalqaro tashqi savdoda qaysi mahsulotlarni chiqarish (eksport) va keltirish
(import) masalasi qo'yiladi.
8.2-chizma. Adam Smit buyicha milliy boylikni ko’paytirish omillari
Agar biror bir davlat bizni biz ishlab chiqara oladiganga qaraganda nisbatan
arzonroq tovar bilan ta'minlay olsa, uni sotib olish ancha qulayroqdir, uning o'rniga
ba'zi sohalardagi afzallikka ega bo'lgan tovarni chiqarish yaxshi natija beradi. Bu
holat A.Smitning mutlaq afzallik prinsipi asosida yotadi. Bunda tabiiy sharoit,
iqlim, er-suv, qazilma boyliklar ko'zda tutiladi.
QISQACHA XULOSALAR
XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to'la
shakllandi, bu britaniyalik olim A.Smit tomonidan amalga oshirildi. Bu tasodifiy
voqea bo'lmay shu davrda Angliyada ob'ektiv shart-sharoitlar mavjud edi: burjua
inqilobi manufakturadan fabrikaga o'tilishi, agrar islohot, kapitalning dastlabki
jamg'arilishi, sinfiy va mulkiy differensiasiya va boshqalar.
Mantiqiy abstraksiya uslubi asosida iqtisodiy voqea va jarayonlarning
mohiyati asosan to'g'ri talqin etib berildi. Yangi burjua jamiyati har tomonlama
ob'ektiv asosda tahlil qilinib, uning progressiv tomonlari ko'rsatib berildi. Xususiy
mulkning abadiyligi va dahlsizligi qo'llab-quvvatlandi. Klassik maktab vakillari
inson xohishiga bog'liq bo'lmagan ob'ektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini tan
oladilar. Bu qonunlar iqtisodiy tizimda tabiiy turg'unlikni ta'minlashga, o'z-o'zini
boshqarishga qodir ekanligi tan olinadi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi iloji boricha inkor etiladi va erkin savlo-sotiq qo'llanadi. «Ko'rinmas
qo'l» yordamida avtomatik iqtisodiyot erkin bozor munosabatlari doimo rivojlanish
qobiliyatiga egadir.
Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy tamoyillari
aniqlab berildi. Mehnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to'g'ri ko'rib
Davlat
aralashuvining
kamayishi
shaxsiy
tashabbusi
rivoji
Ichki va tashqi
bozorlarning
kengayishi
Savdo
erkinligini
cheklashni
Shaxsiy
tashabbusi
rivoji
Mexnat
unimdorligi-
ning o’sishi
Mexnat
taqsimotining
chuqurlashuvi
Puldan
foydalanish
Unumli mexnat
bilan
shug’ullanuvchi-
dar sonining
o’ishi
Axoli sonining o’sishi
Axoli umumiy sonida unumli ishchilar
xissasini ko’paytirish
Kapital miqdorini
ko’paytirish
Milliy
jamg’arma-
ning o’sishi
chiqilgan. Mehnat taqsimoti faqat tarmoqlararo emas, balki mamlakatlar o'rtasida
ham katta naf keltirishi isbotlab berildi (D.Rikardo), mutlaq va nisbiy ustunlik
prinsiplari ishlab chiqildi.
Ishlab chiqarish sohasidan qat'iy nazar (sanoat, qishloq xo'jaligi, savdo va
xizmat...), mehnat jamiyat boyligining asosi ekanligi aniqlandi. Jamiyatning sinfiy
tuzilishi asosan to'g'ri ko'rib chiqildi, ular o'rtasida keskin qarama-qarshilik yo'qligi
ko'rsatilgan, bu jamiyatda iqtisodiyot avtomatik boshqarilgani tufayli iqtisodiy
inqirozlar inkor etildi. Iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo'lgan qiymat, pul,
baho, foyda, ish haqi, renta, kapital va boshqalarga asosan to'la va to'g'ri ta'rif
berilgan.
Yangi
jamiyatning
progressiv
tomonlari
bilan
birga
bozor
iqtisodiyotining bekamu-ko'st emasligi, uning bir qancha jiddiy kamchiliklari
borligi ham qayd etilgan. Quyidagi A.Smitning mamlakat milliy boyligini
ko'paytirish omillari chizmasi keltirilgan.
Asosiy tushuncha va iboralar
A.Smit; «Xalqlar boyligi»; mehnat taqsimoti; «iqtisodiy odam»; egoizm;
«ko'rinmas qo'l»; «muomalaning buyuk g'ildiragi»; qiymatning mehnat nazariyasi;
sinflar; ishlab chiqarish omillari va daromadlar to'g'risidagi nazariya; unumli va
unumsiz mehnat; milliy boylik va Smit dogmasi; iqtisodiyotning rivojlanish
bosqichlari; mutlaq afzallik nazariyalar.
Nazorat va muloxaza uchun savollar
1. Klassik iqtisodiy maktabning Angliyada vujudga kelishi qanday ijtimoiy va
iqtisodiy sharoitlarda ro'y berdi?
2. Sanoat to'ntarilishi bilan bog'liq bo'lgan siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar
nimalardan iborat?
3. A.Smitning bosh iqtisodiy asari qachon yozib tugallandi va undagi asosiy
iqtisodiy g'oyalar nima? Olimning tadqiqot metodologiyasi nimaga asoslanadi?
4. Nima uchun A.Smit manufaktura ishlab chiqarishining mafkurachisi bo'lib
qoldi?
5. Mehnat taqsimotining ustunlik tomonlari nima va kamchiligi nimada?
6. A.Smitning pul, qiymat, daromadlar, ish haqi, kapital va takror ishlab chiqarish
to'g'risidagi ta'limotlariga qisqacha izoh bering.
7. «Smit dogmasi» nima? Uning kamchiligi nima?
8. «lassez faire» va «ko'rinmas ko'l» tamoyillari nimani anglatadi?
9. Xalq boyligi qanday omillarga bog'liq?
10. Nochor ahvolga tushgan iqtisodiyotni rivojlantirish uchun nima qilmoq kerak?
Mutlaq afzallik prinsipi nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: