10
2. Mehnat shartnomasini tuzishning umumiy tartibi
Mehnat shartnomasini tuzish paytida xodimlarning qonunlar va boshqa
normativ hujjatlar bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlar darajasi
pasaytirilishi mumkin emas.
Mehnat shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Mehnat shartnomasining shakli O„zbekiston Respublikasi Hukumati
tomonidan 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Namunaviy
mehnat shartnomasini xisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Mazkur yozma holdagi
mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalar tasdiqlangan.
Mazkur Tavsiyalar va Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, ya'ni
ish beruvchilarga va xodimlarga mehnat shartnomalari (kontrakt) tuzishda amaliy
yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan.
Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo„lgan kamida ikki nusxada tuziladi
va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi.
Mehnat shartnomasida taraflarning manzillari ko„rsatiladi.
Mehnat shartnomasi xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega bo„lgan
mansabdor shaxsning imzolari bilan mustahkamlanib, uning tasdiqlangan muddati
ko„rsatiladi. Bunday tasdiqlash imzoning haqiqiy va vakolatli ekanligini ko„rsatadi.
Mehnat shartnomasi (kontrakt) sanasi ko„rsatilgan holda imzolar bilan
tasdiqlanadi. Korxona, muassasa, tashkilot ishga qabul qilish huquqi berilgan
mansabdor shaxsning imzosini gerbli muxr bilan tasdiqlaydi (gerbli muxr
bo„lmagan taqdirda imzoning haqiqiyligi va vakolatliligini tasdiqlovchi boshqa
muxr bilan tasdiqlanadi).
Mazkur tavsiyalarda ko„rsatilganidek, xodimning talabiga ko„ra, mehnat
shartnomasi (kontrakt) u biladigan tilda tuxiladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma
(kontrakt) bilan bil xil kuchga ega bo„ladi.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) ishga qabul qilish
to„g„risida buyruq chiqarish uchun asos bo„lib hisoblanadi.
Buyruq tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mazmuniga zid bo„lmasligi
kerak.
Mehnat shartnomasining muddatlari Mehnat kodeksining 75-moddasida
ko„rsatilgan. Bunga ko„ra: mehnat shartnomalari; nomuayyan muddatga; besh
yildan ortiq bo„lmagan muayyan muddatga; muayyan ishni bajarish vaqtiga
mo„ljallab tuziladi.
Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati ko„rsatilmagan
bo„lsa, bunday holda mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb
hisoblanadi.
Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz
muayyan muddatga mo„ljallab qayta tuzilishi mumkin emas.
Muhimi shundaki, Mehnat kodeksining 76-moddasida muddatli mehnat
shartnomasi tuzishga yo„l qo„yilishi mumkin bo„lgan holatlar alohida ta'kidlab
o„tilgan.
11
Muddatli mehnat shartnomalari bajarilajak ishning xususiyatlari, uni bajarish
shartlari yoki xodimning manfaatlarini xisobga olib, nomuayyan muddatga
mo„ljallangan mehnat shartnomalarini tuzish mumkin bo„lmagan hollarda, korxona
rahbari, uning o„rinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxona bosh buxgalter
lavozimi bo„lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi xodim bilan,
shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda tuziladi.
qonunga binoan, ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo„l qo„yiladi. 15 yoshga
to„lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o„rnini bosuvchi shaxsning yozma
ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta'lim maktablari, xunar-
texnika bilim yurtlari va o„rta maxsus o„quv yurtlarining o„quvchilarini 14 yoshga
to„lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o„rnini bosuvchi shaxsning
roziligi bilan bolalarning sog„lig„iga va kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan va
ta'lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni o„qishdan bo„sh vaqtlarida
bajarish uchun ishga qubul qilishga yo„l qo„yiladi.
18 yoshga to„lmagan shaxslarni ishga qabul qilish Kodeksning 241-
moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Kodeksning 78-moddasiga binoan, ishga qabul qilishni g„ayriqonuniy
ravishda rad etishga yo„l qo„yilmaydi. Ishga qabul qilishni g„ayriqonuniy ravishda
rad etish deb quyidagilar hisoblanadi:
ushbu Kodeksning 6-moddasi talablarini buzish;
ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart bo„lgan
shaxslarni (belgilangan kvota xisobidan ishga yuborilgan nogironlar va 18 yoshga
to„lmagan shaxslarni, xomilador ayollar va 3 yoshga to„lmagan bolalari bo„lgan
ayollarni tegishincha ularning xomiladorligi yoki bolasi borligini vaj qilib) ishga
qabul qilmaslik;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar.
Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bilan ish beruvchi 3
kun muddat ichida rad etishning sababini asoslab yozma javob berishi shart. Bu
javob ishga qabul qilish huquqiga ega bo„lgan mansabdor shaxs tomonidan
imzolangan bo„lishi lozim. Ishga kiruvchining bunday asoslantirilgan javobni
berish haqidagi talabni qondirishni rad etish xodimning ishga qabul qilish
g„ayriqonuniy ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilishiga to„siq bo„lmaydi.
Kodeksning 79-moddasiga muvofiq, qarindosh-urug„larning bir davlat
korxonasida birga xizmat qilishlari cheklangan.
Bu qoidaning mazmuni shundan iboratki, o„zaro yaqin qarindosh yoki quda-
anda bo„lgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o„g„il va qizlar,
er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va
bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bo„ysunib yoki uning nazorati
ostida xizmat qiladigan bo„lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari
ta'qiqlanadi.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi
133-sonli qarori bilan davlat (aksiyadorlik) korxonalarining birga xizmat
12
qilishlarini cheklash qoidalaridan istisno etilishi mumkin bo„lgan xodimlari ro„yxat
tasdiqlangan.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni ish
beruvchiga taqdim etishi lozim:
pasport yoki uning o„rnini bosadigan boshqa hujjatni, 16 yoshgacha bo„lgan
shaxslar esa tug„ilgan to„g„risidagi guvohnoma va turar joydan ma'lumotnomani;
harbiy xizmatga majburlar yoki harbiy xizmatga chaqiriluvchilar tegishli
harbiy bileti yoxud harbiy xisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
qonun hujjatlariga muvofiq, maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka
ega shaxslargina bajarishi mumkin bo„lgan ishlarga kirayotganda oliy va o„rta
maxsus o„quv yurtini tamomlaganligi to„g„risidagi diplomni yoxud mazkur ishni
bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni.
Masalan, O„zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog„lig„ini saqlash
to„g„risida” 1996 yil 26 avgustdagi qonunga muvofiq, tibbiyot hamda
farmatsevtika faoliyati bilan shug„ullanish uchun oliy va o„rta maxsus o„quv
yurtini tamomlaganlik to„g„risida diplom talab qilinadi.
Qonunchilikda ayrim lavozimlarda ishlash uchun bulardan tashqari soxa
bo„yicha muayyan mehnat staji hamda shu sohada ishlash huquqini beruvchi
litsenziya talab qilinadi.
O„zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda tasdiqlangan Xavo
kodeksining 49-moddasiga ko„ra, xavo kemalari parvaozini amalga oshirish va bu
parvaozlarni ta'minlash bilan bevosita aloqador aviatsiya xodimlari tegishli
faoliyatni amalga oshirish guvohnomasiga ega bo„lishlari lozim.
Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida
ko„rsatilmagan hujjatlarni talab qilish ta'qiqlanadi.
Mehnat kodeksining 81-moddasiga binoan, ish beruvchi korxonada besh
kunlan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart,
o„rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.
Xozirgi kunda O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 29
yanvarda 402-raqam bilan ro„yxatga olingan Mehnat daftarchasini yuritish tartibi
to„g„risida Yo„riqnoma mavjuddir.
Mehnat daftarchalari xodimlarning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat
bo„lib, mulkichilik va xo„jalik yuritish shaklidan qat'iy nazar, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarda besh kundan ortiq ishlagan, shu jumladan, muayyan
muddatga yollanganlarga, shuningdek davlat ijtimoiy sug„urta qilinishi ko„zlangan
taqdirda, shtatlar jadvalidan tashqari xodimlarga ham yuritiladi.
Ish beruvchilar har bir xodim uchun mehnat daftarchalari ochishlari, zarurat
bo„lganda ish davrini ish stajiga kiritish uchun xodimlarni ish davri to„g„risida
ma'lumotnomalar berishlari shart.
Mehnat daftarchalari O„zbekiston Respublikasining davlat tilida,
Qoraqalpog„iston Respublikasida esa qoraqalpoq yoki O„zbekiston Respublikasi
davlat tillarida ish beruvchi tomonidan xodimning ishtirokida to„ldiriladi.
Mehnat daftarchasiga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi.
Xodim to„g„risida: familiyasi, ismi va otasining ismi, tug„ilgan sanasi,
ma'lumoti, kasbi, mutaxassisligi va lavozimi.
13
Ish to„g„risida: ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o„tkazish (jamoa
shartnomasida ko„rsatilgan hollarda ishlab chiqarish zaruriyati bilan vaqtincha
boshqa ishga o„tkazish bundan mustasno), mehnat shartnomasini bekor qilish
to„g„risida.
Shuningdek, xodimning iltimosiga ko„ra, mehnat daftarchasiga o„rindoshlik
asosida ishlaganlik va vaqtincha boshqa ishga o„tkazilgan davrlari haqidagi
yozuvlar ham kiritiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari),
mehnat daftarchasida yozilmaydi.
Mehnat daftarchasiga ishga qabul qilinishi, boshqa doimiy ishga o„tkazilishi
kabi barcha turdagi yozuvlar ish beruvchi tomonidan buyruq berilgandan so„ng
kiritiladi va bu yozuv buyruqning mazmuniga mos bo„lishi shart.
Belgilangan tartibda Yagona tarif-malaka ma'lumotnomasida va xizmat
mansablarining yagona ro„yxati, yoxud lavozimlar jadvalida ro„y bergan
o„zgarishlar yoki qo„shimchalar to„g„risidagi ma'lumotlar xodimlar e'tiborlariga
yetkazilib, so„ng ularning mehnat daftarchalariga ish beruvchining buyrug„i
asosida tegishli o„zgartirish yoki qo„shimchalar kiritiladi.
Bordiyu, xodimga ishlab turgan davrida yangi malaka darajasi berilgan
bo„lsa, unda bu haqda belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritilishi shart. Xodim
ikkinchi va undan keyingi kasblarni o„rgangan taqdirda, bu to„g„rida mehnat
daftarchasiga ushbu kasblarning malaka darajalari ko„rsatilib qayd qilinadi.
Xodim yangi o„rgangan kasbi bo„yicha ish bajargan taqdirda, mehnat
daftarchasiga bu to„g„rida tegishli yozuv kiritiladi.
Mehnat daftarchasida mehnat shartnomasi bekor bo„lganligi to„g„risidagi
yozuv amaldagi qonun talablariga mos bo„lishi, mehnat shartnomasini bekor qilish
asoslari (sabablari) to„g„risida yozuv kiritilmasligi shart.
Xodim bilan ish beruvchi o„rtasidagi mehnat shartnomasi bekor qilinganda
xodimning mazkur tashkilotda ishlagan davrida mehnat daftarchasiga ishi
to„g„risida ma'lumot (yozuvlar) korxona rahbari yoki uning tomonidan maxsus
vakolat berilgan shaxsning imzosi va korxona yoki xodimlar bo„limining muhri
bilan tasdiqlanadi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimga uning mehnat daftarchasi
va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqida buyruqning nusxasi berilishi
shart. Ish beruvchi aybi bilan mehnat daftarchasini berish kechiktirilsa, u holda
butun kechiktirilgan davr uchun xodimga o„rtacha oylik ish haqi to„lanadi.
Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug„i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq
chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo„ladi.
Korxona rahbarini, uning o„rinbosarlari, bosh buxgalterni ishga qabul qilish
korxona mulki egasining huquqi bo„lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek o„zi
vakil qilgan organlar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona
kengashi, boshqaruvi, boshqa organlar orqali amalga oshiradi.
Korxona rahbari mulkdor unga bergan vakolatlar doirasida xodimlar bilan
mehnat shartnomalari tuzadi.
Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining
mazmuniga to„la muvofiq ravishda chiqarilishi kerak.
Buyruq xodimga ma'lum qilinib, tilxat olinadi.
14
Ishga qabul qilish huquqiga ega bo„lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki
uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan bo„lsa, ishga qabul
qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat'iy
nazar, ish boshlangan kundan e'tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb
hisoblanadi.
qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi u imzolangan
vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Xodim shartnomada belgilab qo„yilgan kundan
boshlab o„zining mehnat vazifalarini bajarishga kirishmog„i kerak.
Agar
mehnat
shartnomasida
ishning
boshlanish
kuni
haqida
shartlashilmagan bo„lsa, xodim mehnat shartnomasi imzolangan ish kunining
(smenaning) ertasidan kechikmay ishga tushmog„i lozim.
Xodim o„ziga yuklatilgan mehnat vazifalari bilan tanishtirilishi shart
(Mehnat kodeksining 178-moddasi).
Mehnat shartnomasi dastlabki sinov belgilash sharti bilan tuzilishi mumkin.
Bundan ko„zlangan maqsad xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini
tekshirib ko„rish hamda xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom
ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishini aniqlashdan
iboratdir.
Dastlabki sinovni o„tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan
bo„lishi lozim. Bunday shartlashuv bo„lmagan taqdirda, xodim dastlabki sinovsiz
ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.
Ayrim toifa xodimlar, jumladan, xomilador ayollar, uch yoshga to„lmagan
bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan kvota hisobidan ishga yuborilgan
shaxslar ishga qabul qilinganda, shuningdek olti oygacha muddatga ishga qabul
qilish haqida xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzilganda dastlabki sinov
belgilanmaydi.
Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz davri va xodim uzrli sabablarga ko„ra ishda
bo„lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.
Dastlabki sinov davrida xodimlarga mehnat qonunchiligi va korxonada
o„rnatilgan mehnat shartlari to„liq tadbiq etiladi. Bu davr mehnat stajiga kiritiladi.
Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni 3 kun oldin
yozma ravishda ogohlatirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Taraflar
kelishgan taqdirda ogohlantirish muddati qisqartirilishi mumkin.
Ogohlantirish muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi mehnat
shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo„lsa, shartnomaning amal qilishi
davom etadi, mehnat shartnomasi bundan keyin faqat umumiy asoslarda bekor
qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |