Bir tarifli bir fazali hisoblagichlar
Bir tarifli bir fazali “Telekart-Asbob” hisoblagichlari maishiy sektorda
qo„llash uchun mo„ljallangan. Maksimal tokning yuqori qiymati tufayli ular elektr
energiyasini ko„p miqdorda iste‟mol qiladigan ko„p sonli elektr asboblar bilan
jihozlangan uylarda va xonadonlarda qo„llanilishi mumkin.
“Telekart-Asbob” MCHJ ishlab chiqaradigan barcha hisoblagichlar 1,0 dan
past bo„lmagan aniqlik sinflariga ega va ishchi harorat oralig„i -40 dan +55
0
C ni
tashkil etadi. Eng oddiy modifikatsiyalar mexanik indikatorga ega, lekin suyuq
kristalli indikator (SKI) o„rnatilgan, EHAT ga ulanish uchun interfeys chiqishiga,
himoyalash va ruxsat etilmagan ulanishlardan indikatsiya tizimiga ega bo„lgan
modellari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |