4.4.Bir tarifli uch fazali hisoblagichlar
Bir tarifli uch fazali elektron hisoblagichlar turkumiga kiruvchi CTK3-
10AN7.K4t va CTK3-10Q2N4.K4t turidagi hisoblagichlar uch fazali tarmoqlarda
elektr energiya iste‟molini hisobga olish uchun mo‟ljallangan. Ular maishiy va
kichik quvvatli kuch iste‟molchilari sektorida ishlatildi. Shunga qaramay, bu
guruhdagi hisoblagichlar tranformatorli ulanishda bo„lib, ular aktiv va reaktiv
energiyani generatsiyalash va iste‟molini hisobga olishni olib borish imkoniyatini
beradi. Ma‟lumotlarni masofadan olishni amalga oshirish uchun RS485
interfeysga ega. Shu bilan birga tarmoq hamda yuklamaning joriy kuchlanishi,
toki, cos φ, iste‟mol quvvati kabi parametrlarini monitoring qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |