Ipuser so`zlari.
Papirus Memfis yaqinidagi Sakkara sog`onasidan topilgan, hozir Leyden muzeyida saqlanadi,
to`la saqlanmagan. Tili bo`yicha uni O`rta podsholik davriga, yozuv va orfografiyasi bo`yicha
Yangi podsholik (er. avv. 1300 yillar atrofida) davriga tegishli deyish mumkin. Olimlar shunga
asoslanib Yangi podsholik kotibi O`rta podsholik matnidan nusxa olgan deb taxmin qiladilar.
Matn- adabiy asar, she`riy tarzda yozilgan. Matn mazmuni bo`yicha olimlar turlicha fikr
yuritadilar. Yirik olim V.V. Struve papirusda O`rta podsholik so`ngidagi (er. avv. 1750-yillar
atrofi) ijtimoiy kurash aks etgan degan fikrni ilgari suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |