Rim imperiyasida (er. avv. III-V asrlari) qullar va kolonlar qo`zg`oloni
Sal’vian. Ilohiy hukmdorlik to`g`risida. V, 16-45
Sal’vian - Galliyadagi Massiliya
1
ning yepiskopi. O`zining “Ilohiy hukmdorlik to`g`risida”
asarida Rim imperiyasining so`nggi davrida soliq-to`lovlar va har xil majburiyatlarni ko`payishi,
hokim-noiblarning su’istemollari natijasida hamda boy magnatlar tomonidan dehqonlar-shahar
aholisini ezilishini qoralaydi. Rim fuqarolarining mavjud tuzumdan norozi bo`lib, german
qabilalari yashagan hududlarga ommaviy ravishda ko`chib ketishga majbur bo`lganliklari va
qachonlardir sharafli bo`lgan Rim fuqaroligidan hamda Rim hokimiyatidan voz kechishga
intilganlarihini ko`rsatadi.
Ozgina kishilar uchun, davlat soliqlari-o`zining o`ljasi bo`lsa, boshqalarni xonavayron
qiladi. Fiskka
2
tegishli soliqlarni undirishni, ular o`z shaxsiy daromadlari manbaiga aylantiradilar.
Va, buni na faqat oliy, balki eng quyilar ham, na faqat hokimlar, ularga bo`ysunuvchilar ham
qiladilar. Faqat shaharlargina emas, shunday munitsipiy va qishloqlar ham borki, u yerda shuncha
tiran va kuriallar bo`lmasa? Shuningdek, ular bu unvondan tasodifan foydalanadilar, chunki kuchli
unvonga egadek bo`lib ko`rinishi ham kerak… Shu bilan birga kambag`allarni talaydilar, beva va
yetimlarni ta’qib qiladilar – bu shunday darajadaki, ularning ko`pchiligi kelib chiqishi urug`i
noma’lum bo`lmaganlardan va mo`l-ko`lchilikda tarbiyalanganlar, davlat ta’qibi g`azabidan
o`lmaslik uchun, va varvarlarda rim insonparvarligini qidirgandek, chunki rimliklar orasida
varvarcha insonni taxqirlashga chiday olmaganlari uchun dushmanlarga qochib ketmoqdalar. Va
ular qochib ketayotganlardan urf-odatlari va tillari bilan ajralib tursalarda, hatto men aytishim
mumkin, ularga varvar, badani, kiyimlari hidi nafratli bo`lsada rimliklar o`rtasidagi shafqatsiz
adolatsizlikdan ko`ra, biroq endi varvarlar ichida o`zlariga yot turmush tarziga chidashni afzal
ko`radilar. Shuning uchun, ular hamma joyda yoki gotlarga yoki bagaudlarga yoki qandaydir
viloyatlarda hokimiyatga ega bo`lgan boshqa varvarlarga ko`chib bormoqdalar: asir hisoblanadilar,
asir erkin bo`lish, erkin hisoblanishni ma’qul ko`radilar. Shuning uchun, ozod bo`lib asir
bo`lgandan ko`ra ular o`zlarini asir hisoblanishini, lekin ozod bo`lishni afzal ko`radilar. Shuning
uchun ilgari rimlik fuqarolarni nomi na faqat yuqori baholangan, shu bilan birga qimmat narxda
sotib olingan, rim fuqarolari nomi bilan, endilikda mensimaydilar va uni chetlab o`tadilar va na
faqat kam qiymatli, balki jirkanch hisoblaydilar.
Rim zulmini og`irligini shunday dalilidan yaxshisi yo`q. Rimlik mavqesi hashamat va faxr
keltirish mumkin bo`lgan ko`pgina obro`li odamlar va zodagonlar, Rim talablarining
shafqatsizligidan shunday ahvolga tushdilarki, rimlik bo`lishni xohlamay qo`ydilar…
Endi men bagaudlar to`g`risida so`z yuritaman, qaysiki ezilgan, tahqirlangan, ahmoq,
qonxo`r hokimlar tomonidan halok qilinganlar, Rim erkinlik huquqidan mahrum bo`lib, hatto
rimlik deb atalish sharafini yo`qotdilar. Va biz ularni o`zlarini baxtsizliklarida ayblaymiz, ularning
kulfatlari tug`dirgan ism bilan ataymiz, o`zimiz yaratgan ismni berib, ayb qo`yamiz: isyonchilar deb
ataymiz, bo`lmag`ur odamlar deb, o`shalarni biz, o`zimiz jinoyatga majbur qilamiz. Boshqa nima
bagaudlarni tug`dirdi, bu bizning haddan tashqari jazolarimiz, hokimlarning buzuqligi,
proskripsiyalar va talonchiliklarni amalga oshirgan odamlar, majburiyatlar yig`imini o`z shaxsiy
daromad manbalariga, soliqlarni – o`z o`ljalariga aylantirganlari emasmi? Ular yirtqich hayvonlarga
o`xshab, ularni hokimiyati ostiga berilgan odamlari ustidan boshqarmadilar, lekin ularni yedilar va
boyidilar, odatda qaroqchilar qilganidek na faqat bu odamlarni talab, va ularni qiynab, ularni qonini
so`rdilar. Va shunday bo`ldiki hokimlarning, talonchiligi bug`gan va halok qilgan odamlar go`yoki
varvarlarga yalandilar, chunki ularga rimlik bo`lishga yo`l qo`yilmadi.
Qayerda va kimda rimliklardan boshqa shuncha bunday yovuz ishlar mavjud? Bizdan
boshqa yana kimda shunday qonunsizlik hukm so`radi? Franklar bu jinoyatni bilmaydilar, gunnlar
bu jinoyatlardan xoli, vandallarda ham, gotlarda ham bunday hech nima yo`q. Gotlardan bo`lgan
varvarlar bundan shunday uzoqdalarki, bunday sinovlarga gotlar orasida yashaydigan rimliklar ham
1
hozirgi Marsel shahri.
2
davlat xazinasi.
330
duchor qilinmaydilar. Shuning uchun, u yerda barcha rimliklarda bitta intilish: Rim huquqiga
o`tishdan abadiy qutulish. Rim plebsida u yerda bir umumiy yolvorish: ularga varvarlar bilan birga
hozirgi vaqtda hayot kechirishga ruxsat berilish edi. Va biz gotlarni yenga olmaymiz deb yana
hayron qolamiz, bu vaqtda rimliklar bizdan ko`ra gotlarda bo`lishni afzal ko`radilar. Bizning
birodarlarimiz nafaqat ulardan bizga qochib o`tishni mutlaqo istamaydilar, balki bizlarni qoldirib
ularga qochib ketadilar.
Хрестоматия по истории древнего мира. М., 1991. 282-283 стр
Do'stlaringiz bilan baham: |