Gay Svetoniy Trankvill. Jizneopesanie bojestvennogo Avgusta
Rimlik yozuvchi Svetoniy ermizning I asri oxirida tug`ildi. U eramizning I asrida yashagan
12 imperator hayotini yozdi. Uning asari Yuliy Sezar va Oktavian Avgust tarjimai hollaridan
boshlanadi.
Avgustning tashqi ko`rinishi va xarakteri
U ko`rinishda chiroyli bo`lib, har qanday yoshda o`ziga tortar, hech qachon o`zini bezamas
edi. U o`z sochlariga nisbatan kam g`amxo`rlik qildi, tezlik uchun bir necha sartoroshlarga sochini
tarash uchun imkon berar edi. Uning yuzi har doim tinch va ochiq edi.
Dastlab u Rim forumi yaqinida, keyin esa Palatinda yashadi, bu uy kamtarin edi. O`zining
kattaligi, bezalishi bilan ko`zga tashlanmas edi-xonalarda marmar ham, parket pollar ham yo`q edi.
U 40 yildan ko`proq bir yotoqxonada qishda ham yozda ham uxladi. Qishni u hamma vaqt Rimda
o`tkazdi, lekin bu vaqtda shahar, uni sog`ligi uchun zararli ekanligiga ishonch hosil qilsa ham.
Agar u maxfiy yoki hech kim xalaqit bermasligi uchun shug`ullanishni istasa, unda alohida yuqori
xonacha bor edi, qaysiki uni o`zini “ustaxonachasi” deb atadi. U katta va hashamatli uylarni
yoqtirmas edi va qizini hatto juda katta pul turgan saroyini asosigacha buzishni buyurdi. Juda
kamtarona bo`lgan shaxsiy dachalarini u haykallar va kartinalar bilan bezamadi. Terrasa va
xiyobonlar bilan bezadi va u yerda qadimgi va juda nodir buyumlarni to`pladi... Aytivhlaricha u
past va qattiq to`shalgan to`shakda uxlar edi. Kiyimni faqat xonaki tayyorlanganini kiydi, xotini,
singlisi, qizi yoki nevara qizlari ishlov bergan kiyimlarni kiydi. Togani na tor, na keng bo`lmaganini
kiydi. Baland ko`rinish uchun oyoq kiyimiga qalin poshna qo`ydirdi.
Ziyofatlarni muntazam bermadi, dasturxonga u boshqalardan keyin kelib, boshqalardan
oldin ketdi, shuning uchun mehmonlar u kelgancha ovqat yeyishni boshlar edilar. U ketganidan
keyin ham, dasturxon atrofida qolar edilar. Dasturxonga 3 taom, eng ko`p 6 taom berilar edi, ularni
barchasi oddiy, lekin ulug`vor quvoch bilan taklif qilinar edi. Kim jim o`tirsa, yoki sekin
suhbatlashsa ularni umumiy suhbatga chaqirar edi, ko`ngil ochish uchun musiqachilar, aktyorlar va
hatto daydi raqqoslar, ko`proq ertak aytuvchilarni chaqirar edi.
U bayramlar va tantanalarni juda katta hasham bilan, ba’zida kulgi bilan o`tkazar edi.
Ovqatga kelganda esa u juda kam va oddiy yer edi. Dag`al nonni, kichik baliq, nam pishloq,
ko`k anjirni yaxshi ko`rar edi, vinoni juda kam ichar edi, ochligida faqat vovuq suvda ivitilgan non
yoki bodring bo`lagi, yoki vino ma’zasini beradigan quruq olmalar, yoki yangi olma yer edi.
H. H. Трухина. История древнего Рима. M., 1996. 188-191 стр
Do'stlaringiz bilan baham: |