Қадимги юнон-рим тарихи



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/245
Sana31.12.2021
Hajmi1,7 Mb.
#237148
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   245
Bog'liq
qadimgi dunyo tarixi xrestomatiyasi 95147

 
 
 
2-mavzu. Rim respublikasining qulashi. Rim imperiyasi 
1-§. Respublikaning tushkunligi 
Provinsiyalarni talanishi 
Mark Tulliy Sitseron. Gay Verresga qarshi nutq 
Mark Tulliy Sitseron (er. avv. 106-43-yillar) ajoyib notiq, huquqshunos, er. avv. 66 yil pretor, 
er.  avv.  65-yil  konsul.  Uning  nutqlari,  xatlari,  traktatlari  Rim  davlati  va  jamiyatining  turli 
sohalarini  o`rganish  uchun  Rim  respublikasining  qulashi  davrini  fojeali  voqealari  to`g`risida 
qimmatli  ma’lumotlar  beradi.  Sitseronning  Gay  Verresga  qarshi  nutqi  er.  avv.  73-71  yillarda 
Sisiliyada  noibligi  davrida  uning  provinsiyani  boyish  maqsadida  surbetlarcha  talaganini  fosh 
qiladi.  Mark  Tulliy  Sitseron  er.  avv.  106-yilda  Rimga  yaqin  Arpin  shahrida  tug`iladi.  Uning  ota-
onasi  shahar  fuqarosining  badavlat  suvoriylar  toifasiga  mansub  kishilar  edi.  Sitseron  o`z 
faoliyatini Sulla hukmronligi yillarida (81) boshlaydi. U birinchi marta Publiy Kvintsiy degan oddiy 
bir  dehqonning  g`ayri  qonuniy  yo`l  bilan  tortib  olingan  yeri  to`g`risidagi  da’vo  yuzasidan 
himoyachi sifatida so`zga chiqib, ishning muvaffaqiyatli tugallanishiga erishadi.  
Sitseron  falsafa  hamda  notiqlik  san’atini  chuqurroq  o`rganish  bahonasi  bilan  Yunoniston 
safariga jo`naydi va bu yerda o`tkazilgan ikki yillik sayohat davomida Afina bilan tanishadi. Kichik 
Osiyoning  turli  shaharlarida  bo`ladi  va,  nihoyat,  bir  qancha  vaqt  Rodosda    yashab,  mashhur 
faylasuflardan, ulug` notiqlardan ta’lim oladi.  
Verres  ustidan  qozonilgan  g`alaba  xalq  o`rtasida  Sitseronning  mavqeini  g`oyat  darajada 
oshirib  yuboradi  va  bundan  buyon  uning  davlat  mansablarida  tobora  yuqori  ko`tarilishiga    keng 
yo`l ochadi. 
Sitseron nihoyat 63-yilda eng oliy davlat lavozimi konsullikka saylanadi va shu kundan boshlab 
Rim jamiyati davlatmand doiralarining rahnamosiga, demokrat guruhlarning ashaddiy dushmaniga 
aylanadi. 
44-yilda,  Sezar  o`ldirilganidan  keyin,  respublika  tuzumining  yangitdan  tiklanishiga  chuqur 
umid  bog`lagan  Sitseron  yana  siyosiy  faoliyatga  qaytadi.  Antoniyga  qarshi  ayovsiz  kurash 
boshlaydi;  Antoniyga  qarshi  yozilgan  va  Demosfenga  taqlidan  “Filippiklar”  deb  atalmish  o`n 
to`rtta maxsus nutqida yangidan bosh ko`tarib kelayotgan istibdod da’vogarining kirdikorlarini va 
yovuz niyatlarini fosh etadi. Shu nutqlar uchun Sitseronning nomi proskriptsiya ro`yhatiga kiritilib, 
er. avv. 43-yilda Antoniy odamlari tomonidan kallasi kesiladi. 
Qadimgi  zamonlarda  Sitseronning  150  ga  yaqin  nutqi  nashr  etilgan    bo`lsa,  bizga  qadar 
shulardan 58 tasi yetib kelgan. Bulardan tashqari falsafa mavzularida yozilgan 12 ta asar, notiqlik  
nazariyasi va tarixiga doir 7 ta risola va 800 ga maktub asrlar to`foniga  chap berib omon qolgan. 
IV.  …  U  eng  ko`p  sonli  va  o`zining  ayblarining  eng  muhim  dalillari  va  izlarini    Sitsiliya 
provinsiyasida  qoldirdi,  qaysiki  u  uch  yil  davomida  shunday  qiynadi  va  talon-taroj  qildiki,  uni 
avvalgi  holatida  qayta  tiklash  mutlaqo  mumkin  emas  edi  va  uni  faqat  ko`p  yildan  keyin  sotilmas 
pretorlar yordami bilan biroz qayta tiklash mumkin. 
(13)  Verres    pretor  bo`lgan  vaqtda  sitsiliyaliklar  uchun  ularni  o`zlarini  qonunlari  ham,  bizni 
senatni qarorlari ham, umuminsoniy huquqlar ham yo`q edi. Sitsiliyada har bir kishiga bu odamning 
cheksiz  ochko`zligi  va  su’istemolidan  chetda  qolgan  narsagina  tegishli,  -  shuning  uchunki  buni  u 
ko`rmadi, yoki u to`ygan edi.  


 
 280 
 
 
4.  To`rt  yil  davomida  biror-bir  sud  ishi,  uni  qosh  qoqishisiz  hal  qilinmadi:  ota  yoki  bobodan 
meros qolgan biror-bir  mulk yo`qki, Verresning amri bilan  sud hukmi bilan begonalashtirilmagan 
bo`lsa.  U  tomonidan  joriy  qilingan  yangi  jinoiy  qoidalar  asosida  yer  egalaridan    katta  miqdorda 
pullar undirildi;  bizning eng sadoqatli ittifoqchilarimiz dushmanlar qatoriga kiritildi Rim fuqarolari 
go`yoki  qullar  kabi  qiynoq  va  o`lim  hukmiga  duchor  qilindilar;  eng  jinoyatkor  odamlar  sud 
javobgarligidan  pul  uchun  ozod  qilindilar,  …  hurmatli,  beg`araz  kishilar  ish  ko`rilmasdan  sirtdan 
hukm  qilindilar  va  quvg`in  qilindilar;  ajoyib  mustahkamlangan  gavanlar  va  ulkan  yaxshi 
himoyalangan shaharlar,  piratlar va  qaroqchilarga ochib qo`yildi; Sitsiyalik matroslar va askarlar, 
bizning  do`stlarimiz  va  ittifoqchilar    ochdan  o`limga  mahkum  qilingan  edilar;  bizga  o`ta  kerakli  
bo`lgan  ajoyib  flot  Rim  xalqining  buyuk  sharmandaligi  uchun    biz  tomondan  yo`qotilib  yo`q 
qilindi. 
(14)  Bu  manfur  pretor  qadimgi  barcha  yodgorliklarni    bitta  qolmay  taladi,  ularni  bir  qismi 
shaharlarni bezatishni istagan boy podsholardan olingan edi, bir qismi bizning imperatorlarimizdan 
o`z g`alabalaridan  keyin,  yoki sovg`a qildilar yoki ularni Sitsiliyani shahar jamoalariga qaytardilar. 
U buni faqatgina shahar jamoalariga tegishli bo`lgan  haykallar va bezaklargagina nisbatan amalga 
oshirmadi;  u  muqaddas  marosimlarni  amalga  oshirish  uchun  xizmat  qiladigan  barcha 
ibodatxonalarni  taladi;  U,  agarda      uning  fikricha,  yetarlicha  mohirona,    shu  bilan  birga  qadimgi 
ustani qo`li bilan qilingan bo`lsa,  ma’budlarni biror-bir tasvirini sitsiliyaliklarga qoldirmadi.  
Хрестоматия по истории  древнего мира. М., 1991. 226-227 стр 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish