21
4-§. Diniy e’tiqod. Tibbiyot
Hayvonlarga sig`inish, mo`miyolash
Qadimgi Misrliklarni hayvonlarga e`tiqod qilishlari va mo`miyolashni birinchi yunon
tarixchisi, Kichik Osiyodagi Galikarnas shahrida tug`ilgan Gerodot (er. avv. 484-425 yillarda
yashagan) tasvirlagan: U to`qqiz kitobdan iborat “Tarix” asarini yozgan.
Gerodot Afinadan quvg`in qilingandan keyin (er. avv. 445-yil atrofida) Suriya, Falastin,
Bobil, Shimoliy Qoradengiz bo`yida sayohat qilgan. U sidqidildan shaxsan ko`rganlarini yozdi,
boshqa sayohatchilarni to`plamlaridan, boshqalarni hikoyalari, o`z ko`zi bilan ko`rganlardan,
xalq rivoyatlaridan foydalandi.
11. 65. … Misr Liviya bilan chegaradosh bo`lsada, unda hayvonlar uncha ko`p emas, lekin u
yerda bor bo`lgan barcha hayvonlar xonaki hamda yovvoyi, muqaddas hisoblanadi … Har bir
turdagi jonivorlarni parvarish qilish uchun, misrliklarda alohida xizmatchilar, erkak va ayollar
belgilangan, va bu lavozimlar otadan o`g`ilga o`tadi. Shaharning har bir aholisi quyidagi tarzda
muqaddas jonivorlar oldiga o`zini iltifotini ko`rsatadi. Ma`lum jonivor bag`ishlangan xudoga
ibodat qilib bo`lgandan keyin, ular o`zlarini bolalarini boshidagi sochini to`la, yoki boshini
yarmini, uchdan bir qismini sochini oladi va keyin sochni kumushga o`lchaydi. Sochlar
kumushni qancha og`irligiga tortsa shunchasini xodimaga beradi, u buning evaziga jonivorlarga
yemish uchun baliq kesadi. Bu jonivorlar uchun ovqatlanish shunday usulda. Agar kimdir bu
jonivorlardan qaysi birini ataylab o`ldirsa, uni o`lim bilan jazolaydilar; agar ataylab bo`lmasa -
kohinlar belgilagan jarimani to`laydi. Kim agarda ibis yoki kalxatni o`ldirsa, har ehtimolga qarshi
o`lishi lozim.
66. Agar uyda mushuk o`lib qolsa, uyda barcha yashovchilar faqat qoshlarini qiradilar, agar
it o`lsa, hammalari o`zlarini badanidagi va boshidagi sochlarini oladilar.
67. Mushuklarni jasadini Bubastisga olib boradilar u yerda mo`miyolab muqaddas joyda
dafn qiladilar. Itlarni esa har bir kishi o`z shahrida muqaddas sog`onalarda dafn qiladilar …
69. Misrning ayrim viloyatlarida timsohlar muqaddas hisoblanadi, boshqa viloyatlarda ular
muqaddas hisoblanbmaydi, hatto ularga dushman kabi munosabatda bo`ladilar. Fiva aholisi va
Meridov ko`li viloyati timsohni muqaddas hisoblaydi. U yerda bittadan qo`lga o`rgatilgan
timsohni saqlaydilar. Bu timsohni qulog`iga shisha, oltin bilan baldoq taqadilar, oldingi oyoqlariga
halqa o`tkazadilar. Unga alohida belgilangan ovqat beradilar, u tirik ekan uni g`amxo`rlik bilan
parvarish qiladilar, o`limidan keyin mo`miyolab, muqaddas joyda dafn qiladilar. Elefantina
shahri aholisi aksincha timsohlarni muqaddas hisoblamaydi va hatto ularni ovqatga
ishlatadilar…
22
Do'stlaringiz bilan baham: |