Imperator Pindi boshqaruvi xronikasi (168-169 yillar) …Chjunpinning boshqaruvini birinchi yilida (184-yil) ikkinchi oyda Chjan Szyao, Szyuyli
(Xubey provinsiyasidagi u`yezd) da tug`ilgan, o`zini “ Sariq osmon” deb atadi. Unga uch yuz
oltmish ming kishidan iborat qo`shin bo`ysundi. Ularni hammasi sariq peshonabog` o`rab bir
kunda qo`zg`olon ko`tardilar. Ularnin chaqirig`iga javoban An`pin (Xubey provinsiyasidagi u`yezd) va Gan`lin (Xubeayni janubidagi uyezd) da aholi o`z knyazlarini ushlab oldi. Uchinchi
oyda lashkarboshi Xe Szin Xenan provinsiyasi hokimini bosh qo`mondon etib tayinladi. Shahar
minoralari yonida qo`shin to`plandi. Sakkiz muhim zastavalarga komendantlar belgilandi.
Qamoqqa olingan olimlarga katta amnistiya e`lon qilindi, surgun qilinganlarni barchasi qaytarildi.
Faqat Chjan Szyao amnistiya olmadi. Barcha zodagon va a`yonlarga otlar va o`q otuvchi
qurollarni quyish, komandir va amaldorlarni jang taktikasini biladigan o`g`illarini ko`tarish va
askar oladigan amaldorlarga yuborish farmoni e`lon qilindi. Lashkarboshi Lu Chji Chjan Szyaoga
qarshi yurishga yuborildi. Lashkarboshilar Xuanfu Sun va Chju Szyuin In`chuan (Xenan provinsiyasi) viloyatiga “Sariq peshonabog`lilar” ga qarshi yurishga jo`nadilar. (184 – yil boshida qo`zg`olonchilar muvaffaqiyatli harakat qildilar. Ular viloyat hokimlarini o`ldirdilar,lashkarboshi Chju Szyunni tor- mor qildilar. Keyinchalik qo`zg`olonchilar yengila boshladilar. Chjan Szyao qo`zg`olon boshlanganiga yarim yil o`tgach vafot qildi. Uning aka- ukalari 184- yil oxirida halok bo`ldilar). … Xuanfu Sunga Chjan Syoga qarshi piyoda borish farmoni berildi. Qishda, o`ninchi oyda
Xuanfu Sun “Sariq peshonabog`lilar” bilan Guanszunda urushdi. Chjan Szyaoni kichik ukasi Chjan
Lyanni qo`lga oldi. Kasallikdan vafot qilgan Chjan Szyaoni boshini kesdilar. Xuanfu Sunni
suvoriylarning katta lashkarboshisi unvoniga ko`tardilar. O`n birinchi oyda Xuanfu Sun yana “Sariq
peshonabog`lilar”ni Syatsyuyyan (Xubey provinsiyasi)da tor-mor qildi. Chjan Szyaoni kichik
ukasi Chjan Baoni qatl qildi. O`lja yuz ming boshdan ko`proqni tashkil qildi. Xuan Fu ulardan
shaharni janubida minora qurdi. Chju Szyun Van (Xubey provinsiyasi) shahrini bosib oldi va “Sariq
peshonabog`lilar”ni yana bir qo`mondoni Sun Syani boshini kesdi. Chjunxin (185-yil) ni
bovhqaruvini ikkinchi yilida ikkinchi oyda “Sariq peshonabog`lilar”dan qolgan qaroqchi Go Da
boshqalar bilan birga Sixe (Shansi provinsiyasi)da “Oq to`lqinlar” vodiysida ko`tarildi.