Yig‘ish chizmasi - buyumning tasviri, uni tayyorlash, yig‘ish va nazorat
qilish uchun kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat. Yig‘sh
chizmalariga gidromontaj, pnevmomontaj, elektromontaj kabi chizmalarni ham
kiritish mumkin (7.17-rasm).
Umumiy ko‘rinish chizmasi — buyum konstruksiyasi asosiy tarkibiy
qismlarining o‘zaro bog‘lanishi va buyumning ishlash prinsipini aniqlovchi
hujjat.
Nazariy chizma - buyumning geometrik shakli va tarkibiy qismlarini
aniqlovchi hujjat.
121
Gabarit chizma - buyumning (soddalashtirilgan) kontur tasviri va uning
gabarit, o‘rnatish va biriktirish o‘lchamlari ko‘rsatilgan hujjat.