Chizmachilik


Payvand choklarni xarakterlaydigan yordamchi belgilar (O‘zDst 2.312:2003)



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

Payvand choklarni xarakterlaydigan yordamchi belgilar (O‘zDst 2.312:2003) 
                                                                          19.1-jadval 
 
 


176 
 
19.11-rasm 
Agar  chokka  payvanddan so‘ng  mexanik ishlov  beriladigan  bo‘lsa  (masalan, 
19.1-jadvaldagi 4 va 5 belgilar bo‘yicha aniqlanadigan hollarda), u holda chokning 
shartli  belgisidan  so‘ng  chok  sirti  tozalagini  aniqlaydigan  zaruriy  g‘adir-budirlik 
belgisi  qo‘yiladi.  5  va  6  belgilar  chiqarish  chizig‘i  bilan  tokcha  chizig‘ining 
kesishgan joyiga qo‘yiladi. 
Chokni  belgilashda  faqat  uni  xarakterlaydigan  parametrlar  va  belgilar 
qo‘yiladi.  Standart  chokning  shartli  belgilari,  u  to‘g‘risida  to‘liq  ma’lumot 
berishini  hisobga  olib  payvand  choklarning  ko‘ndalang  kesimida  qirralarini 
payvandga  tayyorlashda  qiyalatib  kesilgan  joylar,  ular  orasidagi  tirqish  va  chok 
konturi  tasvirlanmaydi.  Payvand  qilinadigan  detallarning  kesimlari  qarama-qarshi 
yo‘nalishda shtrixlanadi (19.12-rasm, a,b). 
  19.12-19.14-rasmlarda  payvand  choklarining  o‘qilishini  ochib  beradigan 
shartli belgilarda O‘zDst 2.312:2003 ga muvofiq payvandlash usuli ko‘rsatilmaydi. 
 
Bu  chizmalarda  misol  tariqasida  old  va  orqa  tomondagi  choklarning  shartli 
belgilanishlari  berilgan.  Ish  chizmalarida  choklarning  shartli  belgilari  faqat  bir 
tomonga (iloji boricha old tomonga) qo‘yiladi. 
  19.12-rasm, a dagi chokning shartli belgisi quyidagicha o‘qiladi: 
      
 
19.12-rasm 
1) 
 
- chok montaj paytida bajariladi; 
2)  Uglerodli po‘latdan tayyorlangan detallarni biriktirishda qo‘lda elektr yoyi 
yordamida bajariladi (shartli belgida payvandlash usuli ko‘rsatilmaydi); 
3)  C18-payvandlanadigan ikkala qirrasi qiyalatib kesilgan va ikki tomonlama 
bajarilgan  uchma-uch  chok.  Qirralarining  kesiladigan  o‘lchamlari  va  kesilgan 
qirralarning shakli keltirilgan; 


177 
 
4)  4-belgilar  ikki  tomondan  payvand  kuchaytirgichlari  olib  tashlanganligini 
bildiradi; 
5)  Chok sirtining g‘adir-budurligi: old tomoni – R
z
20, orqa tomoni – R
z
80. 
8.13-rasm,  a  da  quyidagi  parametrlar  bilan  xarakterlangan  payvand  choki 
tasvirlangan: 
1) 
 – chok yopiq kontur bo‘yicha bajarilgan; 
2) 
alyuminiyni payvand qilingandagi chok; 
3) 
T5-payvandlanadigan  qirralar  kesilmagan,  ikki  tomonlama  shaxmat 
tartibida bajarilgan tavrli chok (bu chokning istalgan tomonini old tomon deb qabul 
qilish mumkin); 
4) 
PH3-himoya  gazi  muhitida  erimaydigan  elektrod  bilan  qo‘lda 
bajarilgan chok (bu belgini ko‘rsatmaslik ham mumkin); 
5) 
6-chok kateti 6 mm ga teng; 
6) 
payvand qilingan uchastka uzunligi 50 mm; 
7) 
qadami 100 mm. 
19.13-rasm, b da quyidagi xarakteristkali chok tasvirlangan va belgilangan; 
1) 
alyuminiyni payvand qilingandagi chok; 
2) 
H2-payvandlanadigan  kesib  tayyorlanmagan  bir  tomonlama  uzuq-
uzuq  bajarilgan  ustma-ust  chok.  Chok  himoya  gazi  muhitida  eriydigan  elektrod 
yordamida  yarim  avtomatik  bajarilgan  (payvand  chokining  belgisiga  payvandlash 
usuli kiritilmagan); 
3) 
 6-chok kateti 6 mm ga teng; 
4) 
payvandlangan uchastka uzunligi 100 mm; 
5) 
qadami 100 mm; 
6) 
     - chok ochiq kontur bo‘yicha bajarilgan. 
   
 
                               a)                    19.13-rasm                            b)  
 


178 
 
19.14-rasm,  a  da  polimer  (plastmassalar)ni  payvand  chokini  tasvirlash  va 
belgilash ko‘rsatilgan. Chokning parametrlari: 
1) 
viniplast va polietilenlar birikmalarini hosil qiluvchi payvand chok; 
2) 
C10-bitta detal qirrasi ikki tomondan simmetrik kesilgan ikki tomonlama 
bajarilgan  uchma-uch  chok;  qirralari  shaklini  belgilab  beradi  (19.14-rasm,  b);  old 
tomoni sifatida chokning istalgan tomonini qabul qilish mumkin; 
  19.14-rasm 
3) 
HGП-qizdirilgan  gazda  quymali  bajarilgan  chok  (bu  belgini 
ko‘rsatmaslik ham mumkin). 
Agar  payvand  birikma  bir  xil  choklarga  ega  bo‘lsa,  u  holda  payvand 
choklarini soddalashtirib belgilash mumkin. 
Choklar quyidagi hollarda bir xil hisoblanadi, agar: 
1)  ko‘ndalang kesimidagi konstruktiv elementlarining turi va o‘lchamlari bir 
xil bo‘lsa; 
2)  ularga bir xil texnik talablar qo‘yilgan bo‘lsa; 
3)  bir xil shartli belgilarga ega bo‘lsa. 
Agar  chizmada  bir  nechta  bir  xil  choklar  tasvirlangan  bo‘lsa,  bu    holda 
chokning  shartli  belgisi  bittasiga  qo‘yilib,  qolganlaridan  tokchali  chiqarish 
chiziqlari chiziladi xolos (19.15-rasm). 
Barcha  bir  xil  choklarga  bitta  tartib  raqamini  quyidagi  joylarga  qo‘yish 
mumkin: 
a)  chokning  shartli  belgisi  qo‘yilgan  tokchaning  chiqrish  chizig‘iga  (tartib 
raqamining oldiga bir xil choklarning sonini ko‘rsatishga ruxsat etiladi); 
b)  chok  tasvirining  old  tomonidan  chizilgan  chiqarish  chizig‘ining 
tokchasiga; 
c)  chok  tasvirining  orqa  tomonidan  chizilgan  chiqarish  chizig‘ining  ostiga 
(19.15-rasmda bu hol ko‘rsatilmagan). 


179 
 
   19.15-rasm 
Agar  chizmadagi  barcha  choklar  bir  xil  bo‘lib,  ularning  bir  tomoni 
tasvirlangan bo‘lsa (old yoki orqa tomoni), u holda tartib raqamlarini qo‘ymaslikka 
ruxsat  etiladi.  Bunda  belgilarga  ega  bo‘lmagan  choklar  faqat  tokchasiz  chiqarish 
chizig‘i bilan ko‘rsatiladi xolos (19.16-rasm). 
   19.16-rasm 
Simmetriya  o‘qiga  ega  bo‘lmagan  buyumlarning  tasvirida  choklarning 
chiqarish  chizigqlari  va  belgilarini  faqat  bitta  simmetrik  qismida  ko‘rsatishga 
ruxsat etiladi. 
Chizmalarda  payvand  chokli  birikmalarni  chiqarish  chizig‘i  bilan 
belgilamay,  balki  ularning  ko‘rsatmalarini  chizmalarning  texnik  talablarida  ham 
keltirish  mumkin.  Bunday  ko‘rsatmalar  payvandlash  joyini,  payvandlash  usulini, 
payvand  chokli  birikmalarning  turini,  ularning  konstruktiv  elementlari  va 
joylashishini aniqlab berishi kerak. 
Ayrim  hollarda  standart  orqali  konstruktiv  o‘lchamlari  berilmagan 
nostandart  choklar  ham  bajariladi.  Buday  paytlarda  chokning  o‘lchamlari,  uning 
ko‘ndalang 
kesimida 
ko‘rsatiladi. 
Nostandart 
oddiy 
(masalan, 
eritib 
payvandlangan) uzuq-uzuq choklar uchun shartli belgilarga quyidagilar yoziladi: 
a)  payvandlanadigan uchastka o‘lchami; 


180 
 
b) 2.1-jadvalning 2 yoki 3 belgisi;  
c)  qadamining o‘lchami 
d)  2.1-jadvaldagi 6 belgi. 
Nostandart  chokning  (unga  mexanik  ishlov  beriladigan  bo‘lsa)    chiqarish 
chizig‘i  tokchasidagi  shartli  belgilarining  joylashishi  standart  choklarga  o‘xshash 
amalga oshiriladi. 
Texnik talablarda nostandart chok hosil qiladigan payvandlash usuli berilishi 
zarur.  O‘quv  chizmalarida  standart  va  nostandart  choklarni  belgilashni,  ularning 
turini harfiy-sonli belgilar (masalan, T1, H2 va x. k.) hamda standarti va katetining 
qiymati (masalan, ∟7) ni ko‘rsatish orqali soddalashtirish mumkin. 
 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish