Men harakatni boshlayman.
Men harakat qilishdan qo'rqar edim va shuning uchun
sustkashlik qilar edim. Endi esa mard odamlarning yuragiga olib
boradigan sirli yo'lakni topdim. Qo'rquvni yengish uchun
ikkilanmasdan harakat qilish kerak ekan va shundan keyin yurak
botir bo'ladi. Kattaligi arslonday keladigan qo'rquvni, harakat
kichkina chumoliga aylantiradi.
Men harakatni boshlayman.
Bundan keyin men yaltiroq qo'ng'izning sabog'ini unutmayman.
Yaltiroq qo'ng'iz faqat uchayotgan vaqtida tovlanadi. Men yaltiroq
qo'ng'izga aylanaman va mening nurlanishim hatto kunduzi,
quyosh nurida ham namoyon bo'ladi. Mayli boshqalar chiroyli
qanotli kapalak bo'lsinlar, ammo ularning hayoti gulning
sahiyligiga bog'liq. Men esa yaltiroq qo'ng'iz bo'laman.
Va mendan taralayotgan nur olamni yoritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |