VIII bob KLASSIK SIYOSIY IQTISOD
1. Klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining tarixiy sbart-
sharoitlari
XV-XVII asr oralig‘ida Yevropadagi asosiy mamlakatlar merkantilizm
iqtisodiy nazariyasining ta’sirida edilar. XVII asiga kelib vaziyat bir muncha
o‘zgardi. Merkantilizm o‘rniga yangi klassik iqtisodiy maktab vujudga keldi.
Har qanday yangi g‘oya, yangi fikr, yangi ta’limotlar o‘z-o‘zidan,
tasodifan yuzaga kelmaydi. Yangi ta’limotni vujudga kelishiga m a’lum bir
sabablar, davr o'zgarishlari, o‘sha davrdagi muhit, shart-sharoitlar sabab
bo‘ladi. Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishiga sabab, merkantilizm
ta’limotining sanoatlashayotgan sohibkorlar talablariga javob bermay
qo‘yganlari bo‘ldi. Paydo bo‘l,ayotgan yangi muammolami hal
etish yangi
yo'nalish tarafdorlari zimmasiga to ‘g‘ri keldi. XVI asming o‘rtalarida
boshlangan manifaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim
tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni vaqtda, qishloq xo‘jaligida
ham bozor munosabatlariga vujudga kela boshladi. Angliya dunyoda
iqtisodiyoti eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib, bu-
yerda tovar ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki
sanoat va qishloq xo‘jaligida ham g‘alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning
sotsial iqtisodiy taraqqiyotiga yo‘l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning
rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga harakat
qilgan yangi iqtisodiy tizimning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab
beradigan iqtisodiy ta’limotlar yuzaga kela boshladi.
Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlami rivojlantirish uchun,
ya’ni iqtisodiyotni obyektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi.
Mana shu sharoitda yashab, ijod qilgan U. Petti, P. Buagilber, A. Smit, D.
Rikardo va klassik siyosiy iqtisod maktabning boshqa vakillari iqtisodiyotni
ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qildilar. Haqiqatan ham mazkur davr yangi
klassik siyosiy iqtisod maktabining boshlanganini bildiradi. Uning «klassik»
deb atalishining sabab, ko‘plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam
ilmiy bo‘lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etadi.
Klassik siyosiy iqtisod namoyandalari birinchi marotaba mehnatning
qiymat nazariyasiga asos solganlar, tovarlar qiymati uni ishlab chiqarishga
sarf etilgan mehnat sarflari bilan o ‘lchanishini asoslab berdilar. A. Smit,
D. Rikardolar tarmoq xususiyatlarini hisobga olmagan holda ishlab
chiqarish va moddiy boylikni taqsimlash qonuniyatlarini o‘rgandilar.
99
Ularning ilmiy tadqiqotlari ko‘proq tovar, pul, ish haqi, foyda kabi
kategoriyalami mohiyatini ochishga qaratilgan edi. Birinchi marotaba ular
ijtimoiy xo‘jalik taraqqiyotida bozoming o‘mini belgilab berdilar.
Klassik iqtisodchilar boylik faqat qishloq xo'jaligidagina emas, sanoat,
transport, qurilish va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida ham yaratilishini
isbotlab berdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: