Qiymat nazariyasi. «Qiymat» kategoriyasi iqtisodiyot nazariyasining
qiyin masalalaridandir. Ibn Xaldun ana shu kategoriya mazmunini ochish,
idrok qilish darajasiga ko‘tarilgan birinchi olim, deyish mumkin. U tovarlar
almashuvi asosida ijtimoiy zaruriy mehnat yotadi, mehnat qiymatning
substansiyasini (mazmunini) tashkil etadi degan g‘oyat muhim nazariyaga
birinchi bo‘lib asos soldi.
Mulkdor bo‘IishIik-insonning muqaddas huquqi. Ibn Xaldun ta’limotida
mulkdor bo‘lishning qonuniy, umuminsoniy huquqi ekanligi asoslab berilgan.
Mulkdor bo‘lishlik, xususiy mulk egasi bo‘lishlik kimlamingdir muruwati
emas, balki insonning qonuniy, obyektiv, huquqiy zaruratidir. Davlat ana
shu huquqni ro‘yobga chiqarishga va boshqarishga xizmat qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |