qat’iy fikrga keldi. Biroq, bu yo‘lning mamlakatimiz uchun o ‘ziga xos va
mos jihatlarining nazariy ta’limotini yaratish lozim edi. Bu qiyin nazariy
muammoga yechim aynan I. Karimov tomonidan topildi.
1. 0 ‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o ‘tishi
Insoniyat tarixi uchun «bozor iqtisodiyoti» deb atalayotgan yuksalish
yo‘li yangilik emas. Bir qancha davlatlar va xalqlar uchun bu yo‘l bir
necha asrdan beri davom etib kelmoqda. Bu yo‘l barqaror taraqqiyot,
yuqori o‘sish sur’atlari, farovon hayot va hamjihatlikyo‘li ekanligi tufayli
bo‘lsa kerakki, dunyo xalqlari bozor munosabatlarini shakllantirish va
rivojlantirish tomon tobora ko'proq intilmoqdalar. Jumladan, bizning
mamlakatimiz ham mustaqillik tufayli, bozor iqtisodiyotiga asoslangan
farovon, demokratik fuqarolar jamiyati qurish tomon dadil odimlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |