hosil berish darajasida mehnat qilinmasligi ya’ni yerlaming imkoniyaticha
hosil olinmasligidadir1 »,-deb ko‘rsatdi. A. Fitrat Turkiston qishloq xo‘jaligida
ehtiyojlarni qoplash darajasida hosil olinmaslik sabablarini o ‘rgandi va
uning uchta asosiy sababi borligini aniqladi:
Birinchi sabab-amlakdorlar (amaldorlar)ning dehqonlarga nisbatan
adolatsiz munosabatlarda bo‘lishlaridir. Bu adolatsizlik raiyatdan soliq
yig‘ishda namoyon bo‘ladi;
Ikkinchi sabab-aishloq xo‘jaligida unumdorligi past asbob-uskunalardan
(ishlab chiqarish vositalaridan) foydalanib kelinayotganligidir. Bu olingan
daromad texnikadan foydalanish harajatlarini ham qoplamasligida
namoyon bo‘ladi;
Uchinchi sabab-Yerga quvvat beradigan sanoat dori-darmonlarining
(mineral o ‘g‘itlar, gerbidsitlar, ximikatlar kabilar) yetarli ishlatilmayot-
ganidir2.
Do'stlaringiz bilan baham: |