liberalizmdir. U 1920-1930- yillarda, awalroq, Angliyada (F. Xayek),
so‘ngra M. Fridman va V. Oyken tomonidan ishlab chiqildi. «Liberalizm»
- erkinlik, erkin faoliyat ma’nolarida qo‘llaniladi, u o ‘z nomiga monand
erkin iqtisodiy faoliyatga keng yo‘l berish, iqtisodiyotda bozorning
boshqaruv-chilik roliga yo‘l qo‘yib iqtisodiy muvozanatga erishishni maqsad
qilib qo‘yadi. Bu nazariya ilmiy jihatdan keynschilikka muholifat,
monetarizmga monandroq, yaqinroq turadi.
Liberalizm ta’limoti uning yirik vakili F. Xayek asarlarida rivojlantirildi.
U o ‘z tadqiqotlarini iqtisodiyot muammolari bilan birga falsafiy, tarixiy,
huquqiy, psixologik masalalari doirasida olib bordi. U o ‘z e ’tiborini
iqtisodiyot sohasida pul muomalasi, iqtisodiy sikl, ishsizlik, davlatning
iqtisodiyotdagi o‘mi kabi masalalarga qaratdi. U faqat bozor mexanizmigina
Do'stlaringiz bilan baham: |