To’liqlik darajasi. Kompleks muammolarni shakllantirish alohida
muammolarga bo’linadi va ular o’rtasidagi munosabatlar muammolar
ierarxiyasini aniqlash uchun tahlil qilinishi kerak. Ushbu holatda
rejalashtirish bilan, bir tomondan, faqat mazkur ierarxiyadagi eng
ahamiyatli muammolarni aniqlash maqsadida, shug’ullanish mumkin,
bunda qolgan muammoli sohalar ularga moslashtiriladi. Ikkinchi
tomondan, rejalashtirish Funksional sohalar o’rtasidagi intensiv
uchastkalarga yoki surunkali «tor joylarga» nisbatan qo’llanilishi
mumkin. Rejalashtirishning hozirgacha muhokama etilayotgan ushbu
turlari to’liqsiz hisoblanadi va «asosiy holatlarni rejalashtirish» sifatida
belgilanadi. Va, aksincha, to’liq rejalashtiriladigan barcha muammolarni
qamrab oluvchi rejalashtirish munosabati bilan «to’liq ko’lamli
rejalashtirish» haqida gap ketadi.
81
Do'stlaringiz bilan baham: |