Muammolarni tashxis qilish – bu maqsad bilan rejalashtirishning
qandaydir davri uchun obyektning prognoz qilinayotgan holati haqidagi
tasavvur o’rtasidagi farqlarni aniqlash.
Muqobil variant – bu belgilangan maqsadga erishishning boshqa
ehtimoliy usullardan farq qiluvchi usuli.
Narxlar indeksi –ikki har xil vaqt oralig’ida tovar va xizmatlarga
narxning muvozanatini o’zgarishini aks ettiruvchi ko’rsatkich.
Narxlar korrektirovkasi –bozor vaziyati o’zgarishiga narxlarning
moslashuv jarayoni.
Normativ prognozning asosiy maqsadi – demografik
jarayonlarning ayrim ko’ngilli holatiga erishish uchun muayyan
tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Oldinga qo’yilgan mahsadlarga erishish – xo’jalik yuritish
obyekti xodimlarining shaxsiy va jamoaviy manfaatlarining qoniqishini
belgilab beradi.