3.2-topshiriq
Fevral oyida korxona depozit hisob raqamiga 4 mln. so‘m pul
mablag‘lari kelib tushdi. Ish kunlar soni – 20, shartnomada zaruriy
ehtiyojlar uchun o‘rtacha kunlik tushumning 5% miqdorida limit ko‘zda
tutilgan. Mart oyiga zaruriy ehtiyoj uchun limit summasini hisoblang va
amaliyot bo‘limiga topshiriq bering.
3.3-topshiriq
Ulgurji savdo firmasining depozit hisob raqamiga I chorak uchun
18600 ming so‘m, qurilish tashkilotining hisob raqamiga 8680 ming
so‘m pul mablag‘lari kelib tushdi. I chorakda ish kunlari soni 62,
zaruriy ehtiyojlar uchun limit firma uchun 2% belgilangan, qurilish
tashkiloti uchun-5% (o‘rtacha kunlik tushumdan).
II chorakda mablag‘larni berish limitini hisoblang va amaliyot
bo‘limiga topshiriq bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |