Yo. Abdullayev, T. Qoraliyev, sh. Toshmurodov, S. Abdullayeva


-bob. BANK FOIZI VA FOIZ STAVKALARI



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet403/500
Sana31.12.2021
Hajmi1,71 Mb.
#233999
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   500
Bog'liq
bank ishi

9-bob. BANK FOIZI VA FOIZ STAVKALARI 

 

9.1. Bank foizi va undan foydalanish mexanizmi 

 

 



[279]. Ssuda foizi vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan 

foydalanganligi uchun to‘lanadigan o‘ziga xos to‘lovdir. Uning 

to‘lovchisi ham, ta’minot manbayi ham mijoz va uning foydasi 

hisoblanadi. 

Ssuda foizi turli ko‘rinishlarda bo‘lib, ularni bir qator belgilar 

bo‘yicha tasniflash mumkin (60-jadval). 

 

60-jadval. 

Ssuda foizining turkumlanishi 

 

№ 

Tasniflash  

belgilari 

Ssuda foizi turlari 

1. 


Kredit shakllari 

bo‘yicha 

 

Tijorat krediti bo‘yicha foiz 



 

Bank foizi  

 

Iste’mol krediti bo‘yicha foiz 



 

Lizing shartnomalari bo‘yicha foiz 

 

Davlat krediti bo‘yicha foiz 



2. Kredit 

tashkilotlari 

bo‘yicha 

 

Markaziy bank hisobiga foiz 



 

Lombard krediti bo‘yicha foiz 

 

Bank foizi 



3. Investitsiyalar 

turi 


bo‘yicha 

 

Aylanma mablag‘lar uchun berilgan kredit 



bo‘yicha foiz  

 

Asosiy fondlar uchun berilgan kredit bo‘yicha 



foiz 

 

Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash uchun 



berilgan kredit bo‘yicha foiz 

4. Kreditlash 

muddatlari 

bo‘yicha 

 

Qisqa muddatli ssuda foizi  



 

Uzoq muddatli ssuda foizi 

 

o‘rta muddatli ssuda foizi 



5. Kredit 

tashkilotlarining 

operatsiyalari turlari 

bo‘yicha 

 

Depozit foizi 



 

Ssuda foizi 

 

Banklararo kredit foizi va boshq. 



 

Bank foizi kredit munosabatlariga kirishgan ikkita subyektning 

bittasi bank bo‘lsagina vujudga kelishi mumkin. 

Shuni ta’kidlash lozimki, kredit tashkiloti ssudani asosan o‘zining 

emas, balki jalb etilgan mablag‘lar hisobidan beradi. Vaqtincha bo‘sh 

bo‘lgan pul mablag‘larini qayta taqsimlashdagi vositachilik faoliyati 

uchun bankning olgan daromadi kompensatsiya rolini bajaradi. Bank 



 

446


aktivlari zimmasidagi majburiyatlarning bajarmaslik riski omonatchilar 

passivlari oldidagi majburiyatlarning bajarmaslik riskining oshishiga 

olib keladi. Shunday qilib bank ssudalar bo‘yicha to‘lay olmaslik riskini 

o‘z zimmasiga oladi. 

Foiz siyosati nafaqat pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirishda, 

shuningdek, kredit munosabatlarini boshqarishda ustuvor iqtisodiy 

vosita vazifasini bajaradi. 

[280].  Bank foizidan foydalanish mexanizmi deganda ssuda foizi 

siyosatini olib borishda va uni amaliyotga joriy qilishda qo‘llaniladigan 

vositalar, choralar to‘plami tushuniladi. Ularning ayrimlari quyidagilar 

hisoblanadi: 

 

foiz darajasini shakllantirish usullari; 



 

foiz stavkalarini tabaqalashtirish mezonlari; 

 

Markaziy bank tomonidan foiz me’yorlarini muvofiqlashtirish 



usullari; 

 

foizlar bo‘yicha o‘zaro to‘lovlar va undirishlar tartibi; 



 

foizni to‘lash manbalari;  

 

qarz oluvchilar manfaatlarini himoya qilish tizimi bilan foiz 



o‘rtasidagi bog‘lanish;  

 

kredit tashkilotining daromadi va xarajatini shakllantirishda 



foizning o‘rni.  

Bu mexanizm, bir tomondan, foizni tovar ishlab chiqarish iqtisodiy 

kategoriyasi sifatida ifodalasa, ikkinchi tomondan, uning foiz siyosatini 

olib borish maqsadiga bog‘liq ekanligini ifodalaydi. Amaliyotda 

aksariyat hollarda uning iqtisodiy tabiatiga qarama-qarshi subyektiv 

ustuvorlik namoyon bo‘ladi. Bozor munosabatlarigacha,  ya’ni xo‘jalik 

mexanizmi amal qilgan davrda bank foizidan foydalanish asosan 

davlatning xo‘jalik yuritish siyosatiga bo‘ysungan holda amalga oshgan. 

Bu siyosat o‘zgarishi bilan bank foizidan foydalanish mexanizmi ham 

o‘zgargan. 

Bugungi kunda bank foizining quyidagi mexanizmlaridan 

foydalanilmoqda: 

 

foiz darajasi kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifdan kelib 



chiqqan holda subyektlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida 

o‘rnatiladi; 

 

ssudalar bo‘yicha foiz stavkalarini o‘rnatishi kredit kelishuvlari 



amalga oshirilayotgan aniq sharoitlarga qarab, ya’ni: 

–  ssuda summasi va uni uzish muddati; 




 

447


–  ssuda ta’minotining mavjudligi; 

–  mablag‘larni jalb qilish sarflari; 

–  kreditni rasmiylashtirish va nazorat qilish xarajatlari; 

–  bankni rentabelli bo‘lishini ta’minlash zaruriyati; 

–  mijozning kreditga layoqatliligi kabilarni inobatga olgan holda 

bank va mijoz kelishuvlari asosida amalga oshiriladi. 

 

bankning passiv operatsiyalariga nisbatan foizning ahamiyati 



oshib borishi kuchayadi, bo‘sh pul mablag‘larini omonatga qo‘yish 

rag‘batlantirilib boriladi; 

 

foizlarni o‘rnatish va undirish o‘zaro kelishuv bitimi asosida 



amalga oshirilib, odatda har oy foiz o‘tkazib (to‘lab) turiladi; 

 

kredit jamg‘armalarining yo‘nalishiga qarab foizlarni to‘lash 



(o‘tkazish) turlicha bo‘lishi mumkin:  

– aylanma mablag‘lari uchun berilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlar 

mahsulot tannarxiga qo‘shiladi; 

–  asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aylanma mablag‘lari 

bo‘lmagan aktivlarni sotib olish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha 

xarajatlar korxona foydasiga qo‘shiladi.  

Bank kreditlaridan foydalanganligi uchun to‘langan foiz xarajatlari 

MB tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalari doirasida 

soliqqa tortiladigan bazani kamaytiradi. Ammo muddatdan o‘tgan 

kreditlar foizi soliq bazasini kamaytirmaydi.  

Foiz mexanizmidan foydalanish foizlar bo‘yicha daromad va 

xarajatlarning bankning pirovard moddiy manfaatdorligi bilan bevosita 

bog‘liqligida namoyon bo‘ladi.  

[281]. Ssuda foizida foydalanish mexanizmidagi asosiy unsurlaridan 

biri - bu ssuda foizi darajasini shakllanish usuli hisoblanadi. Bozor 

munosabatlarining rivojlanish sharoitida, kredit to‘lovlarining 

erkinligida, makroiqtisodiyot darajasida foiz uchun o‘rtacha foyda 

me’yoriga erishish ustuvor vazifa  hisoblanadi. Foizning o‘rtacha foyda 

me’yoridan u yoki bu tomonga og‘ishiga bir qator omillar ta’sir qiladi. 

Ularni ikki guruhga, ya’ni umumiy va xususiy omillarga bo‘lish 

mumkin.  




Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   500




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish