[38]. «Buyuk depressiya» nomi bilan tanilgan 1929-1933-yil-
lardagi jahon iqtisodiy tangligi pul tizimlarining yangi turi – kredit va
qog‘oz pullar tizimining shakllanishiga asos soldi. Bu tizimning vujudga
kelishi quyidagi zaruriyatlar bilan izohlanadi:
– oltinning muomaladan to‘la chiqib ketishi;
– banknotlarni oltinga almashtirishni to‘xtalishi va ular qadrining oltin
bilan o‘lchanishini bekor qilinishi;
– davlat tomonidan tadbirkorlik sohasini keng kreditlash maqsadida pul
emissiyasining ko‘paytirilishi;
– naqdsiz aylanmaning sezilarli kengayishi.
Bundan tashqari qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi tovar ishlab chi-
qarishning rivojlanishi hamda metall pullarning edirilishi, ishdan chi-
qishi va yo‘qolishi tufayli ularning haddan ziyod qimmatga tushishi hol-
lari bilan bog‘liq.
U yoki bu davlatda ishlab chiqarish kuchlari rivojlangani sayin
muomaladagi qog‘oz pullar tobora kamayib, ularning o‘rnini kredit
pullar egallay boshlaydi.
Kredit pullarning besh asosiy turi bor (8-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |