Yo. Abdullayev, T. Qoraliyev, sh. Toshmurodov, S. Abdullayeva


Tasdiqlangan cheklanishlar



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet345/500
Sana31.12.2021
Hajmi1,71 Mb.
#233999
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   500
Bog'liq
bank ishi

Tasdiqlangan cheklanishlar mijozlardan, kelishilganiga ko‘ra, 

vaqti-vaqti bilan moliyaviy hisobotlarni bankka taqdim qilish, har 

qanday ta’minotni sug‘urtalash, likvidlilik va kapitalning yetarlilik 

darajalarini saqlab turishni talab qiladi. 



Taqiqlangan cheklanishlarga asosan mijozlar bankning ruxsatisiz 

boshqa moliyaviy faoliyatlarni amalga oshirmasliklari, qarz hajmini 

orttirmasliklari, aktivlarini sotmasliklari, o‘zlarining aksiyadorlariga 

yuqori darajada dividendlar to‘lamasliklari lozim va boshqalar. 

Mijoz kredit arizasidagi ma’lumotlarning barchasini kafolatlashi 

lozim. Kredit shartnomasiga asosan mijozga kafillik bera oladigan 

tashkilot, firma yoki jismoniy shaxsning nomi, mijoz tang ahvolda 

qolganda uning qarzini to‘lashga kafolat berishi to‘g‘risida to‘liq 

ma’lumot bo‘lishi kerak. 

Kredit shartnomasida «Kredit shartnomasini bajarmaslik hollari» 

bo‘limi bo‘lib, mijoz shartnomani buzgan hollarda bank kreditni 

qaytarib olish uchun qanday huquq va vakolatlarga ega ekanligi yoritib 

beriladi. Bu bo‘limda shartnoma bajarilmagan hollarida kreditni 

qaytarib olish maqsadida ijro organlariga murojaat qilingan vaqtdagi sud 

va advokatlarga to‘laydigan barcha sarf-xarajatlar va chiqimlarni kim 

to‘lashi ko‘rsatiladi. 



[245]. Qarz shartnomasi deb shunday shartnomaga aytiladiki, bunga 

asosan bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul 

yoki unga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib 

beradi. Qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, 

o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati 

va miqdoriga barobar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish 

majburiyatini oladi (FK, 732-modda).  

Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab 

tuzilgan hisoblanadi. Agar qarz summasi eng kam ish haqining o‘n 

barobaridan ortiq bo‘lsa, u holda fuqarolar o‘rtasidagi qarz shartnomasi 

oddiy yozma shaklda tuziladi. Shartnomadagi taraflardan biri yuridik 

shaxs bo‘lganida esa summasidan qat’iy nazar yozma shaklda tuzilishi 

shart. 



 

391


Qarz shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning 

haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni 

bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning 

ko‘rsatmalari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi. 

Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan 

muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini 

tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma 

shaklda tuzilgan hisoblanadi. 



[246]. Qarz shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilardan 

iborat: 


 

Bu shartnoma real shartnoma sanaladi, chunki taraflar o‘rtasida 

huquq va burchlar shartnoma predmeti bo‘lgan pul yoki ashyoning 

topshirilishi paytidan e’tiboran vujudga keladi va shartnoma ham shu 

paytdan e’tiboran tuzilgan hisoblanadi. 

 

Qarz bir tomonlama shartnomalar guruhiga kiradi, chunki bu 



shartnoma yuzasidan bir taraf qarz beruvchi huquqlar olsa, ikkinchi 

tarafda - qarzdorda burchlar bo‘ladi, jumladan, qarz beruvchi qarzning 

qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lsa, qarzdor olingan qarzini 

qaytarishga majbur bo‘ladi (FK, 735-modda). 

 

Qarz shartnomasi fuqarolar o‘rtasida agar bu qarzning summasi 



eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda 

tuzilishi, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganida esa, 

qarz summasidan qat’iy nazar, yozma shaklda tuzilishi shart (FK, 733-

modda). 


 

Qarz mulkka nisbatan bo‘lgan egalik huquqini yoki mulkni 

operativ boshqaruv huquqini o‘tkazishga qaratilgan. Binobarin, qarzdor 

qarzga olingan narsaning aynan o‘zini qaytarmasdan, balki olgan pulni 

yoki o‘sha qarzga olingan narsaning xili, sifati va miqdori baravarida 

boshqa narsani qaytarishga majbur bo‘ladi. 

 

Qarz shartnomasi agar qonunda yoki qarz shartnomasida bosh-



qacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki 

fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan 

miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo‘ladi. 

Qarz shartnomasini bajarish muddatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, 

agar qarz summasini qaytarish muddati shartnomada belgilangan 

bo‘lmasa, qarz oluvchi uni qarz beruvchi qarzni qaytarish haqida talab 

qo‘ygan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida qaytarishi kerak. 

[247]. Qarz va kredit shartnomalari o‘rtasidagi umumiylik bilan 



 

392


birga jiddiy farqlar ham mavjud. 


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   500




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish