4. Mijozning bandlik darajasi va yashash sharoiti iste’mol
krediti talabnomasini qondirishning yana bir muhim omilidir. Mijoz
mazkur ish bilan faqatgina bir necha oy band bo‘lsa va yashash joyda
qisqa vaqt ichida turgan bo‘lsa, kredit mutaxassisi bunday mijozga
kredit berishni rad qilishi mumkin.
5. Qarzni to‘lash bosqichlari tahlil qilinganda, mijozning yillik va
oylik daromadi aniqlanadi. Buning ma’nosi shuki, kredit mutaxassisi
qarzning har bir qismini o‘z vaqtida to‘liq qaytarilishini ta’minlash
uchun mijozning xatti-harakatini nazorat qiladi va bu bilan mijozning
o‘z mablag‘larini boshqarish qobiliyatini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |