Muddati o‘tgan kreditlar (aktivlar) – qarzdor tomonidan kredit
shartnomasida ko‘zda tutilgan to‘lash shartlari va jadvali buzilgan
hamda asosiy qarz va unga doir foizlarning navbatdagi to‘lovi to‘lov
muddati yetib kelganidan so‘ng to‘lanmagan kreditlar.
Restrukturizatsiya qilingan kreditlar (aktivlar) – qarzdorning
moliyaviy ahvoli yomonlashishi sababli to‘lovning dastlabki shartlari
o‘zgargan kreditlar. Agarda bank tomonidan quyidagi amallarning hech
bo‘lmaganda bittasi bajarilsa, kreditlar (aktivlar) restrukturizatsiyalan-
gan hisoblanadi:
– foiz stavkasining kamaytirilishi yoki hisoblangan foizlarning
undirib olinmasligi;
– jami asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan voz kechilishi;
– kreditni to‘lash muddatining kechiktirilishi yoki uzaytirilishi;
– foizlarga doir to‘lovlarning bir qismi yoki umumiy miqdoridan
voz kechish;
– oddiy sharoitlarda qarzdorga berilmay, balki kreditni restrukturiza-
tsiyalash zarurligi natijasida qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa yon
berishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |