Qimmatli qog’ozlar quyidagi baholarda baholanadi:
Nominal qiymati - qimmatli qog’oz blankasida ko’rsatilgan qiymat. Aktsiyalarning
nominal qiymatidagi umumiy summasi tashkilotning ustav kapitalini hajmini ko’rsatadi.
Emissiya qiymati - qimmatli qog’ozlarni birlamchi joylashtirishdagi sotish narxi bilan
nominal qiymati orasidagi farqi emissiya daromadini tashkil etadi.
Kurs (bozor) qiymati - qimmatli qog’ozlarni bozorda sotiladigan bahosi.
Likvidatsiya (hisobdan chiqarish) bahosi – tugatilayotgan tashkilotlarning mulklarini
sotishdan olinadigan pullarni bir aktsiyaga to’g’ri keladigan qiymati.
Aktsiyaning balans qiymati — bu balans bo’yicha aniqlanadigan o’z mablag’lar
manbaini chiqarilgan aktsiyalar miqdoriga to’g’ri keladigan qiymati.
Hisob qiymati – xozirgi vaqtda tashkilotning balansida aks ettiriladigan qiymatdagi
summa.
Nominal qiymatidan kat’iy nazar boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav
kapitaliga ulushlar, shuningdek, olinadigan aktsiyalar uchun to’lovlar taraflarning
kelishuviga binoan har qanday mol-mulkni bozor yoki shartnoma bahosida berilishi
shaklida kiritilishi mumkin.
Baholash mustaqil ekspert xulosasi bilan tasdiqlanadi. Xalqaro andozalar bo’yicha
nazorat mavjud bo’lgan hollardagi investitsiyalar hisobi quyidagicha kurib chiqiladi:
1. Aktsiyalarga oid investitsiyalar haqiqatdagi chiqimlar bilan birgalikdagi qiymat
asosida hisobga olinadi;
2. Dividendlardan olingan foyda ularning olinishi chog’ida ishlatiladi;
3. Balans qiymati:
•
qiymat bo’yicha;
•
qayta baholangan qiymat bo’yicha yoki;
142
•
birjadan aylanuvchi aktsiyalar bilan bo’lgan holatda.
Jami paketning hajmlari bo’yicha aniqlanadigan xarid qilish bahosining yoki joriy
narxlar qiymatlarining eng kichigi bo’yicha hisobga olinadi.
Uzoq muddatli investitsiyalarning balans qiymati, agar hisobot davri vaqtiga kelib
qimmatli qog’ozlarning (vaqtinchalik tusga ega bo’lmagan) kotirovkasi pasayishi yuz
bergan bo’lsa, kamaytirilishi kerak.
1. Qayta baholash qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha foyda va zararlar hisobvarag’iga
uzoq muddatli investitsiyalar bo’yicha rezerv kapitaliga kiritiladi.
2. Aktsiyalar savdosi xarajatlar chiqarib tashlangan holdagi sotish bahosi bilan balans
qiymati o’rtasidagi ayirmalar xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risidagi hisobotda
daromadlar va xarajatlar sifatida ko’rsatiladi.
Xalqaro andozalar bo’yicha sezilarli ta’sir mavjud bo’lgan chog’idagi (sho’’ba
kompaniyalariga oid) investitsiyalar hisobi aktsiyadorning xo’jalik yurituvchi sub’ekt
kapitalidagi ulushi hajmini hisobga oluvchi usul bo’yicha amalga oshiriladi, bundan
quyidagi holatlar mustasno:
•
agar kapital qo’yilmalar faqat yakin kelajakda keyingi navbatdagi sotilishi uchun amalga
oshirilsa va saqlansa;
•
investor sezilarli ta’sirda boshqa foydalanmaganda;
•
shu’ba kompaniya o’z faoliyatini qat’iy cheklashlar sharoitida amalga oshirganida.
Foizlarni to’lashning navbatdagi muddati kelgan vaqtda xaridor ularni to’liq jami davr
uchun oladi. Misol uchun: nominal qiymati 100 ming so’m va e’lon qilingan foiz stavkasi
10 foiz bo’lgan obligatsiyalar "O’zmevasanoatsotish" Davlat aktsiyadorlik uyushmasi
tomonidan 2001 yil 30 aprelda sotib olingan. Foizlar yiliga ikki marta 30 iyun va 31
dekabrda to’lanadi. Xaridor ushbu obligatsiyalarni 103,333 ming so’mga sotib olgan (100
ming so’m + 3,333 ming so’m – 4 oy uchun hisoblab yozilgan foizlar). Xaridorni
buxgalteriya hisobida investitsiyalar 100 ming so’m qiymat bo’yicha aks ettiriladi.
Dt 0610 - "Qimmatli qog’ozlar" 100 ming so’m, Dt 9610 "Foiz ko’rinishidagi
xarajatlar" 3,333 ming so’m, Kt 5110 "Hisob-kitob varag’i" 103,333 ming so’m Foizlar
bo’yicha 1999 yil 1 yanvaridan 30 apreligacha bo’lgan davr uchun hisob-kitoblar:
100 ming so’m x 0,1 x 4/12 = 3,333 ming so’m 1 yanvardan 30 iyulgacha xaridor
foizlarni oldi.
100 ming so’m x 0,1 x 6/12 = 5 ming so’m.
1 yanvardan 30 iyungacha bo’lgan foizlarning olinishini aks ettirilishi:
143
Dt 5110 - "Hisob-kitob varag’i" Kt 9530 - "Foizlar ko’rinishidagi daromadlar" 5 ming
so’m.
Unda foizlardan olingan daromad 5 - 3,333 = 1,667 ming so’mni tashkil etadi.
Qarzga oid qimmatli qog’ozlarga investitsiyalarning xarid qilish qiymati bilan
so’ndirish qiymati o’rtasidagi farq (diskont yoki xarid qilish chog’idagi mukofot) odatda
investor tomonidan qimmatli qog’ozning xarid qilish vaqtidan boshlab so’ndirish
vaqtigacha hisobdan chiqariladi, ya’ni amortizatsiya qilinadi.
Diskontga oid misolni kurib chiqamiz: Qiymati 20 ming so’m bo’lgan obligatsiyalar 21
ming so’mga sotib olingan. Obligatsiyalarning sotib olish muddati 10 oydan keyin keladi,
Obligatsiyalar qiymatining 1000 so’mga ortib ketishi 10 oy mobaynida 100 so’mdan
amortizatsiya qilib boriladi.
Dt 5810 Kt 5110 = 21000 so’m, obligatsiyalarni sotib olish. 6920 - "To’lanadigan
foizlar" hisobvarag’i;
9610 - "Foiz ko’rinishidagi xarajatlar" hisobvarag’i;
1 oy Dt 6920, 9610 Kt 5810 = 100 so’m
2 oy Dt 6920, 9610 Kt 5810 = 100 so’m
3 oy Dt 6920, 9610 Kt 5810 = 100 so’m
Shu tariqa 10 oyning hammasida.
10 oyga kelib 5810 – balans hisobvarag’ining debetida obligatsiyalarning 20 ming
so’mdan iborat nominal qiymati aks ettiriladi.
Endi boshqa (mukofotli) misolni kurib chiqamiz: qiymati 18 ming so’mlik
obligatsiyalar 17 ming so’mga sotib olindi. Ularni sotib olish (so’ndirish) muddati 8 oy
mobaynida keladi. Mukofot 1000 so’mni tashkil kildi. Bu summa 8 oy mobaynida
amortizatsiyalanadi:
1000/8 oy = 125 so’m
Dt.5810 Kt 5110 = 17000 so’m obligatsiyalar sotib olindi.
4830 - "Olinadigan foizlar" hisobvarag’i;
9530 - "Foiz ko’rinishidagi daromadlar" hisobvarag’i;
1 oy Dt 5810 Kt 4830, 9530 = 125 so’m
2 oy Dt 5810 Kt 4830, 9530 = 125 so’m
3 oy Dt 5810 Kt 4830, 9530 = 125 so’m.
Shu tariqa barcha 8 oy va 8 oyda 5810 – balans hisobvarag’i debeti bo’yicha 18 ming
so’mgacha bo’lgan nominal qiymatdagi summa qo’shimcha hisoblab yozilgan. Obligatsiya
nominal qiymat asosida sotib olinadi (so’ndiriladi). Keltirilgan ikkala misollarda ham sotib
olish kunida ular uchun quyidagi buxgalteriya yozuvlarida aks ettiriladigan 38 ming so’m
(20000 + 18000) olinadi:
Dt 5110 Kt 9220 = 38000 so’m
144
Dt 9220 Kt 5810 = 38000 so’m
9220 - "Boshqa aktivlarning sotilishi" qisqa muddatli obligatsiyalar va boshqa shunga
o’xshash qimmatli qog’ozlar uchun pul summalarining haqiqatda olinguniga kadar foydaga
nisbatan foizlarning hisoblab yozilishiga yul qo’yilishi mumkin.
Uzoq muddatli obligatsiyalarga oid operatsiyalarda bu kabi hisoblab yozishlarga yul
qo’yib bo’lmaydi, chunki shu tariqa moddiylashtirilmagan fond hosil qilinadi. Ehtiyotkorlik
qoidasiga muvofiq moliyaviy natijalarning aks ettirilishi chog’ida ularni kelgusi davrlar
daromadlari sifatida aks ettirishi zarur. Aniq misolda bu narsa bunday ko’rinishni kasb
etadi: nominal qiymati 400 ming so’m bo’lgan obligatsiyalar 348 ming so’mga sotib olindi.
Vositachiga komissiya haqi 2 ming so’mni tashkil etdi. Obligatsiyalarni so’ndirish muddati
20 oydan sung keladi. Foizlar bo’yicha hech qanday oraliq to’lovlar ko’zda to’tilmagan.
Binobarin, foizlar sifatida bir tekisda har oyda amortizatsiya summasi hisoblab yozib
borilishi zarur:
400 - 348 - 2 = 50/20 = 2,5 ming so’m
Obligatsiyalar sotib olingan Dt 0610 Kt 5110 = 35000 so’m
har oyda (20 oy mobaynida) obligatsiyalar bo’yicha amortizatsiya summasi hisoblab
yoziladi. 20 oydan keyin obligatsiyalar qiymati nominal qiymatiga k;adar etkaziladi. 2500 x
20 oy = 50000so’m.
20 oydan keyin obligatsiyalarni so’ndirishga 400 ming kelib tushadi.
Dt 5110 Kt 9220 = 400000 so’m.
So’ndirilgan obligatsiyalarning balans qiymati hisobdan chiqarilgan.
Dt 9220 Kt 0610 = 400000 so’m.
So’ndirilgan obligatsiyalarni sotishdan olingan foyda buxgalteriya hisobida u xo’jalik
yurituvchi sub’ektga haqiqatda kelib tushgan hisobot davrida aks ettirilishi kerak. Xarid
qilishgi oid haqikatdagi xarajatlar nominal qiymatdan ortib ketgan holda uzoq muddatli
investitsiyalarga oid operatsiyalar bo’yicha zararlar jami muomala muddati mobaynida
taqsimlanadi va teng qismlarda har oyda xo’jalik yurituvchi sub’ekt zararlari hisobiga
hisoblab yozib boriladi. Biroq bunday operatsiyalar manfaat keltirmaydi va ular amaliy
hayotimizda bo’lishi ham gumon.
Uzoq muddatli obligatsiyalar ko’proq obligatsiyalarning muomalada bo’lishi muddati
mobaynida ular bo’yicha foizlar vaqti-vaqti bilan to’lanib kelinadigan yirtma talonlar
(ko’ponlar) bilan birgalikda chiqariladi. Bunday hollarda, obligatsiyalarning xarid va
nominal qiymatlari o’rtasidagi farqning bir qismi xo’jalik yurituvchi sub’ektga tegishli
bo’lgan daromad (foiz) larning har bir hisoblab yozilishi chog’ida hisobdan chiqarib
boriladi. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektning 35
ming so’mlik nominal qiymatga ega obligatsiyalar 37500 so’mga sotib olingan. Yirtma
ko’ponlar bo’yicha yiliga ikki marta (har 6 oydan keyin) to’lanadigan obligatsiyalar foizi
145
yiliga 16 foizni tashkil kiladi. Obligatsiyalarning so’ndirish muddati 5 yildan keyin keladi,
ya’ni foizlar 10 marta kelib tushadi. Xarid va nominal qiymatlar o’rtasida farq 37500 -
40000 = 2500 so’mni tashkil kiladi va har gal foizlar ko’rinishidagi (2500 : 10 = 250)
to’lashi lozim bo’lgan daromadning hisoblab yozilishi chog’ida amortizatsiya qilib boriladi:
Obligatsiyalarning sotib olinishi Dt0610 Kt5110 = 37500 so’m
Yarim yildan sung obligatsiyalar yuzasidan yillik 16 foizlik stavkaning yarmi 8 foiz
miqdorida daromad to’lanadi:
Dt 4830, 5110 Kt 9530 = 2800 so’m;
Dt 9610 Kt 0610 = 250 so’m.
35000 x 8 foiz = 2800 so’m bir vaqtning o’zida obligatsiyalarning haqikatdagi va
nominal qiymatlari o’rtasidagi farqni amortizatsiya qilish kerak (2500/10) = 250 so’m, va
shu tariqa har yarim yilda va besh yilda.
Shunday qilib, 0610 – schyotdagi obligatsiyalar qiymati yarim yildan sung 37250
so’mga, bir yildan sung 37000 so’mga baholanadi, 5 yildan sung 35000 so’mni so’ndirish
muddati etib keladi.
Deylik, bir yildan so’ng fond birjasida aylantirilayotgan obligatsiyalar kotirovkasi
keskin tushib ketdi. Kotirovka muvofiq bizning aktsiyalar paketimiz 36150 so’mga
baholanadi. Hisobot sanasiga obligatsiyalarning balans qiymatining ularning haqiqatdagi
birja qiymatidan 850 so’m miqdorda ortib ketishi holati yuzaga keldi (36150 - 37000 = -850
so’m). Hisobot davri oxiriga borib bu summa quyidagi tarzda hisobdan chiqariladi.
Dt 9430- "Boshqa operatsion xarajatlar"
Kt 0610 = 850 so’m
Qolgan 4 yil uchun (yiliga ikki marotaba 2 x 4 = 8) obligatsiyalar qiymatidagi farqning
hisobdan chiqarish summasi qayta ko’rib chiqilishi lozim bo’ladi, u quyidagilarni tashkil
qiladi:
1150 : 8 = 143,75 so’m
Bir yildan sung hisobdan chiqarish bizning misolimizda quyidagi ko’rinishda kasb
etadi:
Dt 9430 Kt 0610 = 143,75 so’m
Dt 5110, 4830 Kt 9530 = 2800 so’m.
Uzoq muddatli obligatsiyalar kotirovka kursini ortib ketishi hollarida ularning balans
qiymatidan ortiq bo’lgan ularning yangi orttirilgan qiymati bo’yicha qayta baholashlar
amalga oshirilmaydi. Obligatsiyalarning kotirovka kursining ortishidan olingan foyda
buxgalteriya hisobida faqatgina ularning balans qiymatidan ortiq bo’lgan baho asosidagi
sotilishi dalili bo’yicha aks ettiriladi.
Misol uchun: birjada 295300 so’mga obligatsiyalar paketi sotilgan. Sotish qiymati
yuzasidan brokerga oid komission haqi 5666 so’mni tashkil kildi. Obligatsiyalarning ushbu
146
paketiga bo’lgan uzoq muddatli investitsiyalarning balans qiymati – 225400 so’m. Endi
buxgalteriya hisobi schyotlariga oid yozuvlarni keltiramiz:
Aktsiyalar paketidan tushgan tushumning broker orqali hisoblab yozilishi. Dt 4890 Kt
9220 = 295300 so’m.
Brokerdan komission haqi (295300 - 5666 = 289634 so’m) ayirib tashlangan holdagi
pullar kelib tushdi. Dt 5110 Kt 4890 = 289634 so’m.
Brokerga to’langan komission haq sotishda ko’rilgan xarajatga hisobdan chiqarildi. Dt
9220 Kt 4890 = 5666 so’m.
Sotilgan 225400 so’mlik obligatsiyalar paketi balans qiymati xarajatlarga hisobdan
chiqarildi. Dt 9220 Kt 0610 = 225400 so’m.
Obligatsiyalar paketini sotishdan olingan foyda:
Dt 9220 Kt 9320 - "Boshqa aktivlarning tugatilishi" = 64234 so’m.
Kirim va chiqimini to’g’ri aks ettirish bo’yicha quyidagilar amalga oshiriladi:
Sotishdan olingan daromad bilan balans qiymati o’rtasidagi farq, xarajatlar chiqarib
tashlangan holda, daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi;
8531 - "Aktivlarni qayta baholash bo’yicha to’zatishlar" hisobvarag’ida hisobga
olinadigan uzoq muddatli investitsiyalarning qayta baholanishidan olingan summalar chiqib
ketish natijasida qabul qilingan hisob siyosatidan kelib chiqkan holda daromad yoki
taqsimlanmagan daromad sifatida tan olinadi. Misol uchun: xo’jalik yurituvchi sub’ekt
balans qiymati 10 ming so’m bo’lgan, ko’payish tomoniga oid ming so’mdan iborat qayta
baholash avvalgi summasi 8531 — hisobvarag’ida hisobga olingan qiymati 50 ming so’m
bo’lgan uzoq muddatli investitsiyalarni sotish bilan shug’ullanadi:
Dt 5110 Kt 9220 = 50 ming so’m
Dt 9220 Kt 0610 = 10 ming so’m
Dt 9220 Kt 9320 = 40 ming so’m Dt 8531 Kt 9320 = 2 ming so’m.
Sub’ektlar investitsiyalarni bir toifadan boshqasiga o’tkazishi huquqiga ega.
Uzoq muddatli investitsiyalarning qisqa muddatlilar toifasiga o’tkazilishi quyidagicha
amalga oshirilishi kerak:
A) agar ular xarid va joriy qiymatlar yuzasidan eng kam baxolashlar bo’yicha hisobga
olinadigan bo’lsalar, xarid va balans qiymatlari yuzasidan eng kam baholash asosida. Bunda
agar investitsiyalar avval qayta baholangan bo’lsa, u holda o’tkazish chog’ida ularning
qayta baholanishidan olingan summa hisobdan chiqarilishi kerak. Misol uchun:
"O’zgushtsutsanoat" Davlat aktsiyadorlik uyushmasining uzoq muddatli investitsiyalari
portfeli ularning qisqa muddatlilar toifasiga o’tkazilishi vaqtida quyidagilardan tashkil
topadi:
147
Do'stlaringiz bilan baham: |