8530 – "Imtiyozli aktsiyalar" hisobvarag’i imtiyozli aktsiyalar qismida ularning
nominal qiymati bo’yicha aktsiyadorlik kapitalining holati va harakati haqidagi
ma’lumotlarni jamlaydi. Imtiyozli aktsiyalarning taxliliy hisobi xuddi oddiy aktsiyalar
hisobi kabi amalga oshiriladi.
8530 – "Pay va qo’yilmalar" hisobvarag’i aktsiyadorlik jamiyatlaridan tashqari
boshqa hamma tashkiliy-huquqiy shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar: davlat va xususiy
korxonalar, shirkatlar va sherikchilikda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun ustav
kapitalining holati va harakati haqidagi ma’lumotlarni jamlashga mo’ljallangan.
Davlat korxonalarida esa bu ustav fondi deb nomlanadi, u davlat tomonidan xo’jalik
yurituvchi sub’ektga ajratilgan asosiy va oborot vositalar majmuidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |