Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga odatlantirish. Bu odat, ayniqsa, hozirgi
zamondoshlarimiz uchun zarur. U kam harakat qilish, organizmga jismoniy yukning kamligi,
harakat tanqisligini engish muammosini hal qiladi, mustaqil jismoniy mashq bilan shug’ullanish
mashg’uloti uchun vaqt topishga o’rgatadi.
Jismoniy qiyinchiliklarni engish qobiliyatini tarbiyalash. Ko’pchilik harakat faoliyatlarini
o’zlashtirish ma’lum darajadagi tavakkalchilikni, maksimal jismoniy va psixik zo’riqishni talab
qiladi, katta yuklamani organizm sarflagan quvvatini tiklab ulgurmagan sharoitda bajara olishga –
chidashga o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |