Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

Bilik birla bili nur saodat yo’li, Bilik bil saodat yoiini bula. 
(Bilim bilan saodat yoli ochiladi, shunga ko’ra, ilmli bo'1, bax tyo’lini izla). 
Ahmad  Yugnakiy  bilimli  kishilarni  mukammal  kishilar  sanaydi.  Chunki 
bilimlilik  barcha  yaxshi  ishlar  va  ezguliklarning  omili  bo’lsa,  bilimsizlikka,  yoki 
razolatga yo'1 ochadi. 
Ahmad  Yugnakiyning  «Hibat  ul-haqoyiq»  asarida,  boshqa  talimiy-axloqiy 
asarlardagi kabi, insonning barkamolligidan dalolat beruvchi ikkinchi belgi - uning 
xushxulqliligidir,  degan  g’oya  ilgari  suriladi.  Shuning  uchun  adib  asarda 
axloqlilikning  asosiy  mezonlari  bo’lgan  ijobiy  xislatlar  va  inson  qiyofasida  ularning 
qay  darajada  aks  etishi  yuzasidan  fikr  yuritar  ekan,  mol-dunyoga  muhabbat  qo’yish 
salbiy xislat ekanligini alohida ta'kidlaydi; insonda ushbu xislatlarni shakllanishiga 
ta'sir  etuvchi  muhit,  shart-sharoitlar,  baxillik,  jamiyat  va  atrofdagi  kishilarning 
manfaatlariga zarar etkazishdan saqlanish, harom va halolni bir-biridan farqlay olish, 
ularning farzlari haqida to’xtalib o’tadi. 
Ahmad  Yugnakiyning  ta'kidlashicha,  insonning  ma'naviy-axloqiy  qiyofasini 
ko’rsatuvchi muhim belgilardan birinchisi - til odobidir. 
Allomaning  fikricha,  tilni  tiymaslik,  huda-behuda  so’zlarni  aytaverish  boshga 
balo  keltiradi.  Shu  bois  u  tilni  tiyishni,  har  bir  so’zni  o’ylab  so’zlashni  maslahat 
beradi. Xususan: 
Tiling bekta tutg’il, tishing sinmasun, G’oli chiqsa bekta tishing siyur. 
Ya'ni, tilingni tiy, tishing sinmasin, agar (so’zlab yuborsang) tishing  chiqib qolsa, 
tishingni sindiradi, deya behuda so’zlashning yomon oqibatlari xususida o’z qarashlarini 


 
80 
ilgari suradi.  
Asarning  to’rtinchi  bo’limida  saxovat  va  baxillik  kabi  sifatlarning  mohiyati 
hamda  ularning  oqibatlari  yoritib  berilgan.  Ahmad  Yugnakiy  saxovatni  eng  ezgu 
insoniy  xislatlardan  biri  deb  biladi.  Saxiylar  hamma  tomondan  ulug’lanishi,  faqat 
yaxshi  va  nuqsonsiz  nom  qoldirishi  mumkinligini ta'kidlar ekan, qollar ichida in'om 
beruvchisi baxtli (qo’l)dir, o’zi olib, boshqalarga bermagan (qo'1) qo’llarning qutsizidir, 
deydi. Baxillik xislatini esa alloma davolab bo’lmaydigan kasallikka qiyoslaydi. 
Ahmad  Yugnakiy  saxiylikni  kamolot  belgisi  deb  tushunadi.  Saxiylik  xislatiga 
nisbatan  baxillik  va  ochko’zlik  kabi  illatlar  qarama-qarshi  qo’yiladi,  boylik  to’plab, 
emay-ichmay,  boshqalarga  bermay  yashagan  ki-shining  mol-dunyosi  oxiri  do’stga 
emas, dushmanga buyurishi xususidagi fikrlarni quyidagicha yoritadi: 
Taturmas oshinda tuz do’stina, Oiur qolur axir eyur dushmani. 
Ahmad  Yugnakiy  kamtarlik  ham  insonning  etuklik  darajasini  ko’rsatuvchi 
belgilardan biri bo’lib, kibrli va xasis bo’lish insonni ruhan  tubanlashtiradi, degan 
fikrni ilgari suradi. 
Kimki  kibru  havoga  berilib,  boshqalardan  o’zini  baland  tutsa,  uni  hech  kim 
hurmat qilmaydi, aksincha, tavoze'li, kamtar va muloyimlik  sifatlariga ega bo’lishni 
esa insonning husni deb hisoblaydi. 
U  yaxshi  xulq-odobni  shakllantirish  va  yomon  illatlardan  soqit  bo'lish  yo’llarini 
ham  tavsiya  etadi.  Masalan,  boylik  to’plashga  mukkasidan  ketgan  kiishlarga 
mo’tadil hayot kechirishni maslahat beradi: 
Agar yig’ding ersa umurluq tavor, Burun boshqa bo’rkni kiyar bosh kerak. 
Harislik ma erga yovuz xislat bul, Harislik so’ngig’am o’kunch hasrat ul. 
Alloma  sabr-toqat,  qanoat  insonga  sharaf  va  xotirjamlik  olib  kelishiga  ishonadi, 
shu  bois  u  kishilarni  sabr-toqatli  hamda  qanoatli  bo’lishga  undaydi.  Ularni  tinchlik 
va totuvlikda hayot kechirishga chaqiradi: 
Balo kelsa sabr et, farrahqa kutib, Kutib turfarahqa balo-ranj yutup. 
Hchar mehnat o’ti, kechar navbati, G’olur sabr idish savobin tutub. 
Ahmad  Yugnakiy  kishi  gunoh  qilsa  kechirish,  g’azab  o’tini  iloji  boricha  o’chirish 
zarur, deydi. 
Shoir  boshliqlar  bilan  ehtiyot  bo’lib  muomalada  bo’lish,  foydasiz  tortishuvlar 
ulug’larning g’azabini keltirsa, kichiklarning xulqini buzadi, deydi. Xususan: 
G’udazgil, ayo do’st, ulug’lar aqin, Osiqsizjadal ham mizojtin soqin. 
Ulug’larni bushrub senga bu mijoz, Kichiklarni gustoh qilur bilyaqin. 
 
U  kishilarni,  ayniqsa,  martabaga  erishgach,  kamtar,  samimiy  bo’lishga 
chaqiradi, mavqeini suiste'mol qilmaslikni maslahat beradi: 
 
Ulug’liqqa tegsang engilma o 'zing, G’oli keysang atlas unutma bo’zing. 
 
Ya'ni,  ulug’likka  etsang  yanglishma,  agar  atlas  kiysang,  bo’z  kiyganingni 
unutma. 
 
Ulug’ bo’ldug’ungcha tuzunrak bo’lub, Ulug’qa, kichikka siliq tut so’zung. 
Insonlarga  boshchilik  qilayotgan  amaldor,  mansabdor  kishilarning  o’z 


 
81 
mavqelariga  yarasha  ish  tutishlari,  kattaga  ham,  kchikka  ham  birdek  muruvvat 
ko’rsatishlari,  so’zlarini  muloyim  qilishlari  maqsadga  muvo-fiq  ekanligiga  alohida 
ta'kidlaydi: 
Ya'ni,  ulug’liginga  yarasha  yaxshiroq  bo’lib,  kattaga,  kichikka  so’zin-gni  silliq, 
muloyim qil. 
Adib  do’st  hamda  dushmanning  farqiga  borish,  yaxshi  kishilarni  do’st  tutish, 
badxulq  kishilardan  uzoqroq  yurish,  do’st  tanlashda  xato  qilmaslik  kerakligini 
ta'kidlaydi. 
Ayo edgu umgon esizlik qilip, Tikan eylagan er uzum bichmas ul. 
Ya'ni:  Ey,  yomonlik  qilib  yaxshilikdan  umidvor  bo’luvchi,  tikan  izgan  (qidirgan) 
kishi hech vaqt uzum uzmaydi. 
Ayrim  tadqiqotchilar  Ahmad  Yugnakiy  asarlarida  zamondan  norozi-lik 
kayfiyatlari mavjudligini aytadilar. Lekin adibning asarlaridagi  quyidagi misralar 
mazmuni  uning  zamondan  emas,  ba'zi  kishilardan,  ularning  xatti-harakati  va 
xulqidan norozi ekanligini ko’rsatadi. Chunonchi: 
Yirarsan zamonangni xalqin qo’dib, Zamonangni yirma, kishisin yir. 
Ya'ni: Xalqingni qo’yib zamonangni ayblama, zamonangni emas, bal-ki kishilarni 
aybla. 
Shuning uchun ham alloma kishilarga yaramas ishlar qilmaslik, tinch va farog’atda 
yashash,  halol  bolish,  ochko’z  -  suq  bo’lmaslik,  haromdan  saqlanish  kabi  hayotiy 
pand-nasihatlar beradi. 
Ahmad  Yugnakiy  ham  o’zining  insonni  kamolga  etkazish  borasidagi  qarashlari 
bilan  pedagogik  fikr  taraqqiyotida  o’z  o’rniga  ega.  U  «Hibat  ul-haqoyiq»  asarida 
komil insonni shakllantirishning o’ziga xos sistemasini yaratdi. 
Ahmad  Yugnakiy  tomonidan  asoslangan  barkamol  insonni  shakllantirish 
sistemasi  o’zida  quyidagilarni  aks  ettiradi:  yuksak  darajada  nazariy  va  amaliy 
bilimlarni  egallash,  til  va  so’z  odobiga  rioya  etish,  o’zida  halollik,  rostgo’ylik, 
kamtarlik,  qanoatlilik,  samimiylik  kabi  xislatlarni  namoyon  eta  olish,  vafodor  do’st 
bo’lish. Allomaning nuqtai nazariga ko’ra, o’zgalar sirini saqlay olish, kamgaplik har bir 
so’zni o’z  o’rnida va  lozim  topilgandagina  so’zlash,  yuqori  mansab  yoki  mavqega 
ega  bo’lganda  kattalarga  hurmat,  kichiklarga  izzat  ko’rsata  olish  kishining 
obro’siga  obro'  qo’shuvchi  sifatlar  bo’libgina  qolmay,  ayni  vaqtda,  ijtimoiy 
munosabatlarni  tashkil  etish  jarayonida  yuzaga  kelish  ehtimoli  bo’lgan  salbiy 
holatlarning oldini oladi. Insonda baxillik, ochko’zlik, yolg’onchilik, ikkiyuzlamachilik, 
takabburlik,  zolimlik,  jaholat,  tanballik,  shoshqaloq-lik,  bilimsizlik,  sabrsizlik,  ko’p 
gapirish  va  hokazo  xislatlarning  mayjud-ligi  esa  kishilar  o’rtasida  adovat,  o’zaro 
urush-janjallarning  kelib  chiqishida  asosiy  omil  bo’lib  xizmat  qilishini  Ahmad 
Yugnakiy alohida qayd etadi. 
 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish