Agar o’quvchi birga o’qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi,
bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi.
Bularning hammasi o’qishning yaxshilanishiga yordam beradi; o’zaro suhbatda
o’uvchilar bir-biriga kitobdan o’qib olganlari, kattalardan eshitganlarini hikoya
qiladilar;Bolalar birga to’planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar,
do’stlashadilar,
o’quv
materiallarini
o’zlashtirishda
bir-biriga
yordamlashadilar, bir-biridan yaxshi odatlarni qabul qiladilar.
Bilim olishda bolalarni maktabda o’qitish zarurligini qayd etar ekan, olim ta'limda
quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi:
- bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik;
- ta'limda engildan og’irga borish orqali bilim berish;
- olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;
- o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e'tibor berish;
- bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
- o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish.
Bu talablar hozirgi davr ta'Iim prinsiplariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir.
Yuqoridagi masalalarga o’zining «Tadbiri manzil» asarida maxsus bo’lim
bag’ishlaydi. «Bolani maktabda o’qitish va tarbiyalash» bo’limida ta'lim va tarbiya
jarayonini ochib beradi. Yuqoridagi prinsiplar esa bolalarni engil-elpi bilim olish
emas, balki hartomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi.
Talabaga bilim berish o’qituvchining ma'suliyat]i burchidir. Shunga ko’ra, Ibn Sino
o’qituvchining qanday bolishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo'1-yo'riqlar
beradi. Bular quyidagilardan iborat:
- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo’lish;
- berilayotgan bilimning talabalar qanday o’zlashtirib olayotganiga e'tibor berish;
- ta'limda turli metod va shakllardan foydalanish;
63
- talabalning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish;
- fanga qiziqtira olish;
- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olish;
- bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda
berish;
- har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasida boiishiga erishishi zarur.
Ibn Sino talimotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin - u og’zaki ifodami,
bilimlarni tushuntirishmi, turli ko’rinishdagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir,
talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish,
olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad
bolgan.
Shu jihatdan olimning «Hayy ibn Yaqzon» asari kishilarning did-farosatini o’stirishi,
fikr doirasini kengaytirishi bilan ta'lim-tarbiyada katta ahamiyatga ega. Uning nomi ham
shunga ishora qiladi: «Hayy ibn Yaqzon» (Uyg’oq o’g’li Tirik). Bu asar farosat ilmi
haqida ekanligini Ibn Sinonining o’zi ham ta'kidlaydi.
Mazkur asarni Ibn Sino 1023-yili Hamadonga yaqin bo’lgan Faradjon qa’lasi
qamoqxonasida yozgan deyishadi.
Ibn Sino bu asarida ilm-ma'rifatni o’rganishga kirishgani tufayli ko’zi ochilgani,
natijada Aql (Hayy ibn Yaqzon) ko’ziga ko’ringani va ilm unga o’z jamolini namoyon
etganini hikoya qilar ekan, ilm - aqlni oiim bilmaydigan Uyg’oq, qarimaydigan yosh,
beli bukilmaydigan - barvasta, nuroniy sifatida tasvirlaydi. Tafakkur qilib zarur bolgan va
bilishi mumkin bolgan narsalarni o’qishga kirishgani, bu yo’lda aqlni ishga solib,
o’zini yomonliklardan chetlashtiradigan turli xususiyatlarini bilib olganligini qayd
etadi.
Demak, «Hayy ibn Yaqzon» mantiq ilmiga bag’ishlangani bilan ham aqliy
tarbiyada katta ahamiyatga ega. Risola insondagi yomon illatlarni bartaraf etishda
ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql - tafakkur quvvatining yomon illatlardan
qutilishi, o’zligini anglash. vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asargina bo’lib
qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir.
Ibn Sino insonning kamolga etishida uning axloqiy kamoloti muhim ahamiyatga
ega ekanligini ta'kidlaydi.
Tadqiqotchilar uning falsafiy asarlarida axloqqa oid fikr yuritilganlari o’n ikkita
deydilar.
Ibn Sino axloqqa oid asarlarini «amaliy hikmat» (donishmandlik amaliyoti) deb ataydi.
Olimning fikricha, axloq fani kishilarning o’ziga va boshqalarga nisbatan xatti-harakat
me'yorlari va qoidalarini o’rganadi.
Dunyoda mavjud bo’lgan jami narsalar tabiatiga ko’ra kamolot sari intiladi.
Kamolot sari intilishning o’zi esa mohiyat e'tibori bilan yaxshilikdir, deydi.
Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini taxlil etadi va har biriga
ta'rif beradi. Masalan, adolatni rubiy lazzatning bosh mezoni sanaydi, Inson qanoat,
jasurlik, donolik bilan adolatga ega bo’ladi, yomon illatlardan o’zini tiyib, yaxshilikni
mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi olim. Insondagi ijobiy, axloqiy
xislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi-muhabbat, mo’tadillik, aqllilik,
ehtiyotkorlik,
qafiyatlilik,
sadoqat,
intilish,
uyatchanlik,
ijrochilikvaboshqalarnikiritadi.
64
Qanoat va mo’tadillikni insonning hissiy quvvatiga kiritadi, chidamlilik, aqllilikni
g’azab quvvatiga, donolik, ehtiyotkorlikni ziyraklikka, sadoqat, uyatchanlik,
ijrochilik, achinish, sofdillikni tafovut quvvatiga kiritadi.
Olim qanoatni hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o’zini ta'magirlik-dan tiysa,
mo’tadillikka rioya qilsa, o’zida hirsning namoyon bo’lishini engadi, inson yomon
illatlarni engishda o’z imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydiu.
Ibn Sino har bir axloqiy xislatning ta'rifini beradi:
- mo’tadillik - tan uchun zaruriy oziq va xulq me'yorlariga to’g’ri kelmaydigan
ishlarni qilmaslik;
- sahiylik - yordamga muxtoj kishilarga ko’maklashuvchi insoniy quvvat;
- g’azab - biror ishni bajarishda jasurlik;
- chidamlilik - inson o’z boshiga tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat;
- aqillilik – biror ishni bajarishda shoshma-shosharlikdan saqlovchi quvvat deydi.
Ziyraklikni narsalar va hatto harakatlarning haqiqiy ma'nosini tezlik bilan
tushunishga yordam beruvchi quvvat, achinish; kishilar baxtsizlik, azob-uqibatga
duchor boiganda, ular bilan xushmuomalada boluvchi insoniy quvvat; kamtarlikka esa
xudbin ishlar bilan shug’ullanishdan to’xtatuvchi kuch sifatida ta'rif beradi.
Ibn Sino insonning kamolga etishida to’siqlik qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik,
nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko’rsatib o’tadi. Johillikni - ilmga,
nodonlikni - zehni o’tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni - sevgi-
muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta'riflaydi, Alloma yuksak axloqiy xislatlarga
yana kishilarning bir-birlariga do’st bo’lib yashashi, hamkorlik qilishini ham kiritadi.
Chunki har bir kishi jamiyatda odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan do’stona
yashashga intiladi.
Modomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa birov bilan qo’shinchilik qilish uchun
uning uyi yoniga uy soladi, o’zining ehtiyojini qondirish uchun esa ishlab cbiqarish
mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o’zgalar bilan birlashadi.
Mana shu tariqa kishilarda birlik hissi, boshqalarga nisbatan sevgi-muhabbat va
umumiy axloqiy negizlar ishlab chiqiladi. U do’stlikni shunday ta'riflaydi:
- har qanday qiyinchiliklarga qaramay o’z do’stini xavf-xatarda yolg’iz
qoldirmaydigan do’stlik;
- manfaatlari o’xshash va g’oyaviy yaqin do’stlik;
- o’z
shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan do’stlik.
Ibn Sino birinchi va ikkinchi xil do’stlikni haqiqiy do’stlik deb e'tirof etadi.
Olim haqiqiy do’stlik natijasida sevgi-muhabbat paydo bolishi mumkinligini
aytadi. U «Risolai ishq» asarida sevgi-muhabbatning asl mohiyatini ham ijtimoiy,
ham fiziologik jihatdan yoritib beradi. Insonlarga ularning tashqi ko’rinishiga qarab
emas, balki ularning ichki, ma'naviy dunyosiga qarab baho berish kerakligini
uqtiradi. Har bir kishi tabiatan sevgi tuyg’usiga ega, u tabiiy zarurat sifatida namoyon
bo’ladi, lekin inson o’z tuyg’ularini boshqara olishi, aql va farosat bilan haqiqiy
sevgini hirs tuyg’usidan, ehtiros kuchidan ajrata oladi. Chunki haqiqiy sevgi, olim
fikricha, inson zimmasiga axloqiy, huquqiy burch yuklaydi. Bu esa olimning sevgiga
ijtimoiy omil sifatida ham qaraganligini ko’rsatadi.
Ibn Sinoning musiqaga oid asarlaridan biri «Musiqa bilimiga oid to'plam» deb
nomlangan. Unda tovushning sezgi a'zolariga ta'siri, uning yoqimli va yoqimsizligi,
65
tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo bolishi kabi masalalarga
to’xtalinadi; musiqaning kishi hayotida qanchalik zarurligi haqida fikrlar bayon
etiladi. Olimning fikricha, inson tabiatan yoqimli narsalar orqali engil tortsa, uning
aksida oromi yo’qoladi.
Ibn Sino aqliy tarbiya turli bilimlarni o’rganish natijasida amalga oshsa, axloqiy
tarbiya ko’proq yaxshi axloqiy xislatlarni mashq qildirish, odatlantirish, suhbat
orqali amalga oshadi, deb ta'lim beradi.
Inson hissiy va ma'naviy talablarni ajratib olish irnkoniyatiga ega ekan, bu imkoniyat
asta-sekin inson fe'1-atvoriga xos xislatga aylana boradi. Ibn Sino fikricha, insonning
shakllanishida uning atrofini o’rab olgan tashqi muhit, odamlar insonning atrof-dunyoni
bilishigina emas, balki uning hulqiga yaxshi yoki yomon jihatlar ham ta'sir etadi.
Shuning uchun bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor bo’lish kerak, bola yomon odatlarga
o’rganmasligi uchun, uni yomon odamlardan, yomon muhitdan uzoqroq saqlash zarur.
Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalari keng o’rin
olgan. Chunki inson avvalo oilada kamolotga etadi.
Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e'tibor beradi. Oila
munosabatlariga to’xtalar ekan, ayniqsa, ota-onaning oilada mehnatsevarligi bilan
farzandlarini ham kasb va hunarga o’rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi.
Ibn Sino inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini ham nazariy, ham
amaliy jihatdan tahlil etadi.
Ibn Sinogacha insonning kamolga etishida jismoniy tarbiyaning ta'siri haqida bir
butun, yaxlit talimot yaratilmagan edi. Ibn Sino birinchi bo’lib jismoniy tarbiyaning
ilmiy pedagogik jihatdan bir butun sistemasini yaratdi. Jismoniy mashqlar, to’g’ri
ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog’lig’ini saqlashda
muhim omillardan ekanligini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan asosladi.
Bolaga hali u tug’ilmasdan turib g’amxo’rlik qilish, go’dakligidan boshlab tarbiyani
boshlash zarurligini ta'kidlaydi. Bolaning etuk inson bo’lib shakllanishida unga
g’amxo’rlik, poklik, mas'uliyatni his etish, do’stona munosabatlar tuyg’usini singdirib
borish zarur, deydi olim. Chunki Ibn Sino merosinining asosiy qimmati uning kuchli
gumanistik mazmunidir.
Ibn Sinoning jahon fani va madaniyati rivojiga qo’shgan hissasini e'tiborga olib,
Jordano Bruno Ibn Sinoni qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi Aristotel, tabib
Galen bilan teng qo’yslasa, Dante o’zining «Ilohiy komediya»si-da olimni Ptolomey,
Yevklid, Gippokratrga tenglashtiradi. Nemis faylasufi L.Feyirbah uni «mashhur tabib va
faylasufdir desa, Hindistonning buyuk davlat arbobi J.Nehru o’zining «Hindistonning
ochilishi» asarida o’rta Osiyo olimlarini tilga olar ekan, Ibn Sino nomini alohida
ta'kidlab: «Ulardan eng mashhuri tabiblar podshohi» degan nomni olgan buxorolik
Ibn Sino(Avisenna)dir, - deydi.
Demak, ibn Sinoning shaxsiy faoliyati dunyoviy ilmlarni o’rganish haqidagi
talimotlari, talim-tarbiya haqidagi mulohazalari umuminsoniy pedagogik fkr
taraqqiyotida yuksak o’rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |