Amaldagi namlik — materialning sinash paytidagi namligi. Bu namlik
materialdan ketgan suv massasining materialning mutlaq quruq massasiga nisbati
sifatida aniqlanadi. Konditsion namlik normalangan shartli namlik bo‗lib, normasi
standartda belgilab qo‗yiladi.
4.3. Paxta Xomashyosiga birlamchi ishlov berish (quritish, tozalash, tola
ajratish operatsiyalari)
Terib olingan chigitli paxta tayyorlov punktlariga yuboriladi. Bu yerda u
dastlabki tozalanadi va quritiladi. Paxta yopiq omborlar yoki bostirmalarda
saqlanadi. Bunday joylar yetishmagan taqdirda paxta g‗aramlarga to‗kilib, ustiga
brezent yopib qo‗yiladi. Juda iflos paxta UPX-1.5-A tipidagi paxta tozalagichlarda
tozalanadi.
Tayyorlov punktlari chigitli paxtani o‗zlari biriktirilgan paxtani dastlabki
ishlash zavodlariga jo‗natadi. Bu zavodlarda quyidagi operatsiyalar bajariladi:
dastlabki tozalash, tolalarni ajratish, tolalarni tozalash, tolalarni joylash, shuningdek
momiqni (lintni) ajratish va chigitlarni tozalash
15
.
15
Yo‘ldoshev N., Kadirxodjayeva N. Ishlab chiqarish tehnologiyalari. Darslik. –T.: Faylasuflar, 2014, 80-b.
50
Agar paxtani dastlabki ishlash zavodiga keltirilgan chigitli paxtaning ma‘lum
massasini 100 % deb olsak, undan 30 ... 40 % paxta tolasi, 3 ... 5 % paxta momig‗i,
55 ... 65 % tozalangan chigit va 2 % tola chiqindilari olinadi.
Katta aralashmalar (toshlar, shoxlar, tayoqchalar) va mayda aralashmalar (barg
hamda ko‗sak bo‗laklari va hokazo) dan tozalash uchun chigitli paxtani dastlabki
tozalanadi.
Yirik va mayda begona (iflos) aralashmalarni ajratib olish uchun turli tipdagi
tozalagichlardan foydalaniladi.
Yirik aralashmalarni tozalash uchun qoziq-arrali ChX-ZM-2 tozalagichlari,
mayda aralashmalardan tozalash uchun qoziq-barabanli XChYe tozalagichlari va
shnekli 6A-12M tozalagichlari ishlatiladi. 4-rasmda besh barabanli, qoziqli XChYe
tozalagichining sxemasi ko‗rsatilgan. Yuklash bunkeri 1 ga tushgan chigitli paxtaga
shpagat tutgich 2 ning ish organlari ta‘sir etadi. So‗ngra qoziqli titish barabanlari 3
ta‘sirida paxta bo‗shatish bunkeri 4 ga o‗tadi, iflos aralashmalari esa kolosnikli
panjara 5 orqali iflosliklar kamerasiga tushadi.
5-rasmda shnekli 6A-12M tozalagichining sxemasi ko‗rsatilgan. Mashinaga
tushgan chigitli paxta ikki mustaqil oqimga ajraladi va unga ustki qoziqli shneklar 1
ta‘sir etadi.
Chngitli paxta dastlabki quritish va tozalash operatsiyalaridan o‗tgandan so‗ng
tola ajratish operatsiyasi boshlanadi. Bu operatsiya chigit sirtidagi tolani mexannk
usulda ajratib olishdan iborat. Tolalarni chigitga yopishtirib turuvchi kuch
tolalarning pishiqligidan 2 ... 3 marta kichik bo‗lgani uchun bu operatsiya oson
ko‗chadi.
Tola ajratish operatsiyasiga quyidagi talablar qo‗yiladi: tolalar chigitdan to‗liq
ajratib olinishi, tola va chigitlar shikastlanmasligi, tola, chigit hamda chiqindilar
aralashib ketmasligi lozim.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |