Ishni bajarish tartibi
Mandriva Linux operatsion tizimidan xavfsizligini ta'minlash
1. Mandriva Linux operatsion tizimining xavfsizligini ta'minlash maqsadida
ishchi oynasidan system→configuration→Configure your desktop bo’limiga
murojaat etamiz.
2. Configure your desktop oynasi ochilgandan keyin uning xavfsizlik
bo’limi ya’ni security bo’limiga murojaat etamiz. Bu bo’lim orqali biz Mandriva
Linux operatsion tizimini xavfsizlik yechimlarini topishga harakat qilamiz.Bu
yerda foydalanuvchi malumotlarini qo’shish va parollarini o’zgartirishi mumkin.
3. Ishchi stol orqali home papkasiga murojaat etamiz. Linuxda xavfsizlikni
taminlashda har bir foydalanuvchi o’zining ma’lumotlari uchun katalog ajratiladi.
/home/. Odatda har bir foydalanuvchi faqatgina o’zining
katalogidan foydalanadi boshqa katalogga kirishga huquqi yo’q. Tizim
boshqaruvchisi yani root foydalanuvchi huquqlariga o’zgartirishlar kiritishi
mumkin.
27
Rasm 4.1. Xavfsizlik bo’limi
Bu bo’lim 3 qismdan iborat. Bular: himoyani davriy tekshirish va tizim
xavfsizligini sozlash darajasi, tizimni sozlash huquqi, kompyuter va tarmoqni
himoyalashda shaxsiy fayrvolni sozlash.
Rasm 4.2. Himoya va daraja bo’limi
Bu bo’lim 4 ta qismdan iborat: asosiy xususiyatlari, tarmoq hususiyatlari,
tizim hususiyatlari, davriy tekshirish.
Asosiy hususiyatlar bo’limida 5 ta daraja mavjud:
28
Низкий: Bu umuman xavfsiz bo’lmagan ammo foydalanishga oson daraja
hisoblanadi. Undan faqat tarmoqqa ulanmagan va hamma uchun ruhsat
etilmagan kompyuterlarda foydalanish mumkin.
Стандартный :Internetga klient sifatida ulangan kompyuter uchun standart
xavfsizlik darajasi hisoblanadi.
Высокий: Ba’zi cheklashlar va avtomatik tekshirishlarning birnechtasi
bajariladi.
Повышенный: Ko’plab klientlardan bog’lanishlarni qabulqiluvchi server
uchun yetarlicha baland xavfsizlik tizimi.
Параноидальный :Bu oldingi bosqichga o’xshamaydi, lekin to’liq yopiq
va xavfsizlik hizmatlari o’zining maksimal holatida.
Rasm 4.3. Kirish huquqi bo’limi
Bu bo’limda tizim resurslariga ‘ruxsatlar’ ko’rsatilgan. Qanday huquqqa
egaligik kodi orqali berilgan masalan (755,644,700,400,200,…..)
29
Rasm 4.4. Fayervol bo’limi
Bunda internet hizmatlarga ruxsat beriladi. Fayl papka larga ishlatuvchilar
tomonidan ko'rish, bajarish hamda ko'chirish huquqlarini quyidagi ketma-ketlikda
bajariladi.
Rasm 4.5. Ruxsat berish oynasi
Bu erdan Добавить правило (ruxsat qo’shish) bo’limiga o’tiladi va
ushbu oyna ochiladi. Bunda Найти tugmasiga bosilib huquq bermoqchi bo’lgan
papkani yo'li ko’rsatiladi.
30
Rasm 4.6. Yo’nalishini (ishlatuvchilarni) tanlash oynasi
Bu oyna yangi papka yaratish, faylni o’chirish, fayl nomini o’zgartirish,
papkalar va fayllar bo’limlaridan iborat. Bu yerda bizga huquq bermoqchi bo’lgan
papka yoki faylni tanlash talab etiladi. Huquq bermoqchi bo’lgan papka yoki fayl
tanlangandan keyin ok tugmasi bosiladi.
Rasm 4.7. Papka huquqlarini o'zgartirish
Bu yerda huquq bermoqchi bo’lgan papkani chaqirib oldik. Keyin
foydalanuvchi va guruhni ko’rsatamiz. Keyin shu papkaga qanday huquqlar
bermoqchi bo’lsak o’sha bo’limni tanlab ok tugmasi bosiladi.
31
Rasm 4.8. foydalanuvchi huquqlari
Bu yerda yo’nalishi, foydalanuvchi, guruh va papka haqida ma’lumotlar
hamda huquqlari keltirilgan. Bu oynada biz faqat o’zini foydalanuvchisiga
o’qishga ruxsat berdik ya’ni 400.
Do'stlaringiz bilan baham: |