Yordamchi ko’rinishlar.
Hozirgi paytgacha biz blokni to’rtta ko’rinishini tasvirladik. Ko’pgina
muhandislik chizmalarida shuning o’zi yetarli. Lekin ba’zi hollarda bu yetarli
bo’lmaydi. 10.8-chizma EE yoki FE ko’rinishlardan tashqari flanetsli truba va
kronshteyinning kerakli ko’rinishlari va elementlari tasvirlangan.
Bu ko’rinishlar -yordamchi ko’rinishlar deyiladi. Ular frontal(AE) va
gorizontal(AP) yordamchi ko’rinishlardir.
10.9-chizmada oldingi chizmalardagi blokning AE va AP ga
proyeksiyalanishi tasvirlangan. Ustidan ko’rinishi 30 burchak ostida, keyingisi esa
45 burchak ostida (old tomondan ko’rinishi) berilgan. Proyeksiyalanuvchi
chiziqlar shu burchaklar va balandlik ostida beriladi. H va h bilan balandliklar AE
da belgilanadi va eni W esa boshqa tomonda topiladi. Biz monolitli blok bilan
ishlayotganimizni esda tutishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |