3. Qaytish qirrali sirtlar (torslar). Yasovchi AB to`g`ri chiziqning
yo`naltiruvchi CD egri chiziqqa hamma vaqt urinma bo`lgan holda harakat
qilishidan hosil bo`lgan sirt qaytish qirrali sirt (tors) deyiladi.
8.18-chizma
CD egri chiziq torsning qaytish qirrasi deyiladi. Qaytish qirrasi –
torsning yo`naltiruvchisi berilgan bo`lsa, tors berilgan deb hisoblanadi.
Тоrs yasash uchun, qaytish qirrasi CD fazoviy egri chiziqning 1, 2,
3, ... nuqtalari orqali unga urinmalar o`tkazamiz. Bu urinmalarning yigindisi
tors sirtni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |