Rubobning sozlanishi
Rubobning kosasiga asosan baliq terisi ba‟zi hollarda buzoqning yurak terisi
ham qoplanadi. Rubob notasi yozilishidan ko‟ra bir oktava past sozlanadi (ovoz
beradi). Rubob besh tordan iborat. Uning birinchi tori juft bo‟lib, fortepianoning
yoki changning birinchi oktavadagi lya pardasiga va ikkinchi tori ham juft bo‟lib,
mi pardasiga, oxirgi ichakdan eshilgan yo‟g‟on tori bitta bo‟lib, u chalinadigan
kuyining mohiyatiga qarab, si yoki lya pardasiga sozlanadi.
Rubob xalq ansambli va orkestrda yetakchi vazifani bajaradi. Uning yoqimli
tovushi mayin, serjilo, ohangi boshqa sozlardan ajralib turadi. Rubobning bir necha
turlari bo‟lib, ular rubob prima, rubob sekunda, rubob tenor deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |