Niqoblash (imitatsiyalash). Uchinchi fodalanuvchi (V) foydalanuvchi (B)ga
foydalanuvchi (A) nomidan ma’lumot jo‘natadi. YUqorida sanab o‘tilgan:
modifikatsiyalash, soxtalashtirish, faol modifikatsiyalash, niqoblash kabi aloqa
tizimi qoidalarining buzilishini oldini olish maqsadida raqamli signaturadan –
raqamli imzo va uzatiladigan ma’lumotning biror qismini to‘la o‘z ichiga oluvchi
raqamli shifrmatndan iborat bo‘lgan ma’lumotdan foydalaniladi.
Takrorlash. Foydalanuvchi (V) foydalanuvchi (A) tomonidan foydalanuvchi
(B)ga jo‘natilgan ma’lumotni takroran (B)ga jo‘natadi. Bunday noqonuniy xatti–
harakat aloqa usulidan banklar tarmoqlarida elektiron hisob–kitob tizimidan
foydalanishda noqonuniylik bilan o‘zgalar pullarini talon-taroj qilishda
foydalaniladi. Ana shunday noqonuniy usullardan muhofazalanish uchun quyidagi
chora - tadbirlari ko‘riladi.
- imitatsiyalashga bardoshlilik – imitabardoshlilik;
- kriptotizimga kirayotgan ma’lumotlarni muhofaza maqsadlaridan kelib
chiqib tartiblash.
Elektron raqamli imzo aloqa tizimlarida bir necha tur qoida buzilishlaridan
muhofaza qilinishni ta’minlaydi, ya’ni:
- maxfiy kalit faqat foydalanuvchi (A)ning o‘zigagina ma’lum bo‘lsa, u
holda foydalanuvchi (B) tomonidan qabul qilib olingan ma’lumotni faqat (A)
tomonidan jo‘natilganligini rad etib bo‘lmaydi;
- qonun buzar (raqib tomon) maxfiy kalitni bilmagan holda
madifikatsiyalash, soxtalashtirish, faol modifikatsiyalash, niqoblash va boshqa shu
kabi aloqa tizimi qoidalarining buzilishiga imkoniyat tug‘dirmaydi;
- aloqa tizimidan foydalanuvchilarning o‘zaro bog‘liq holda ish yuritishi
munosabatidagi ko‘plab kelishmovchiliklarni bartaraf etadi va bunday
kelishmovchiliklar kelib chiqqanda vositachisiz aniqlik kiritish imkoniyati
tug‘iladi.
Ko‘p hollarda uztilayotgan ma’lumotlarni shifrlashga hojat bo‘lmay, uni
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash kerak bo‘ladi. Bunday holatlarda ochiq
matn jo‘natuvchining yopiq kaliti bilan shifrlanib, olingan shifrmatn ochiq matn
bilan birga jo‘natiladi. Ma’lumotni qabul qilib olgan tomon jo‘natuvchining ochiq
kaliti yordamida shifrmatnni deshifrlab, ochiq matn bilan solishtirishi mumkin.
Assimetrik shirflash algoritmlari yuqorida isbotlanganidek, katta hajmdagi
ma’lumotlarni shifrlash keng qo‘llanilmaydi. Assimetrik shifrlash algoritmlari
kriptografiya sohasida asosan elektron raqamli imzo tizimlarida keng
foydalaniladi.
ERI algoritmlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
- imzo chekilgan ma’lumot butunligini;
- elektron hujjatga raqamli imzo qo‘ygan sub’ektni mualliflikdan bosh
tortmasligini ta’minlaydi;
- elektron hujjat manbaaining haqiqiyligini aniqlash.
ERI tizimi quyidagi ikki jarayondan iborat (10.1, 10.2 - rasmlar):
- ERIni shakllantirish;
- ERI haqiqiyligini tekshirish.
10.1- rasm. Elektron raqamli imzoni shakllantirish jarayoni
10.2 - rasm. Elektron raqamli imzoni tekshirish jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |