Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. Q. Yo‘ldoshev, D. T. Yusupova sifat menejmenti toshkent – «iqtisodiyot» – 2019



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/214
Sana31.12.2021
Hajmi2,18 Mb.
#230891
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   214
Bog'liq
sifat menejmenti adabiyoti

 
 


76 
 
2-BOB. METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA 
SERTIFIKATLASH 
 
2.1. Metrologiya.  O‘lchovlarga bo‘lgan ehtiyojning paydo bo‘lishi 
 
Metrologiya  fan  sifatida  o‗lchashlar,  ularga  bog‗liq  va  tegishli  bo‗lgan  qator 
masalalarni  o‗z  doirasiga  oladi.  Metrologiya  aslida  yunonchadan  olingan  bo‗lib, 
o‗lchash,  o‗lcham,  nutq,  mantiq,  ilm  yoki  fan  ma‘nolarini  bildiradi  Umumiy 
tushunchasini oladigan bo‗lsak, metrologiya-o‗lchashlar haqidagi fan. 
Inson  aql-idroki,  zakovati  bilan  o‗rganayotgan,  shakllantirayotgan  xamda 
rivojlantirgan  qaysi  fanni,  uning  yo‗nalishini  olmaylik,  albatta  o‗lchashlarga,  ularning 
turli usullariga, o‗zaro boshlanishlariga duch kelamiz. Bu o‗lchash usullari va vositalari 
yordamida  ularning  birligini,  yagona  O‗lchashni  talab  etilgan  Aniqlikda  ta‘minlash 
metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. SHu sababdan xozirdagi qaysi bir fan, 
ilmiy  yo‗nalish,  u  xox  tabiiy,  xox  ijtimoiy  bo‗lmasin,  albatta  u  yoki  bu  darajada 
metrologiya  bilan  bog‗liq.  Inson  qo‗li  etgan  faoliyati  doirasiga  kirgan  ammo 
o‗lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o‗rganilgan, izlangan hamda ko‗zlangan 
maqsadlarga erishish mumkin bo‗lgan birorta yo‗nalish yo‗q.. 
XXI  asrning  ikkinchi  yarmida  xalq  xo‗jaligining  barcha  soxalaridagi  ilm-fan, 
madaniyatning  gurkirab  rivojlanishini  bejiz  ilmiy-texnikaviy  inqilob  deb  atalmaydi. 
Ilg‗or  ilmiy  yutuqlar  fanga,  bizning  kundalik  xayotimizga  kirib  kelib,  shu  darajada 
odatiy  bo‗lib  qolganki,  aksariyat  xollarda  biz  ularga  e‘tibor  bermaymiz  yoki 
sezmaymiz.  Bazan  esa,  bizga,  korxona  yoki  laboratoriyaga  etib  kelguncha  ularning 
qanchalik murakkab, notekis yo‗llardan o‗tganligini ko‗z oldimizga keltirmasdan, 
fikr  yuritmagan  xolda  ulardan  foydalanamiz.  YUqoridagilarning  hammasi 
to‗la ma‘noda zamonaviy axborotli o‗lchash texnikalariga xam tegishlidir. 
O‗lchashlar xaqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. O‗lchashlarga 
bo‗lgan  extiyoj  qadim  zamonlarda  yuzaga  kelgan.  Inson  kundalik  xayotida  xar  xil 
kattaliklarni:  masofalarni,  er  maydonlarini,  yuzalarini,  jismlarning  o‗lchamlari 


77 
va  massalarini,  vaqtni  va  xokazolarni  bu  jarayonlarning  yuzaga  kelish  sabablarini, 
manbalarini bilmasdan, o‗zining sezgisi va tajribasi asosida o‗lchay boshlagan. 
Eng  qadimga  o‗lchash  birliklari  -  antropometrik,  ya`ni  insonning  muayyan 
a‘zolariga  muvofiqlikka  yoki  moyillikka  asoslangan  xolla  kelib  chiqqan  o‗lchash 
birliklari  hisoblanadi.  Masalan:  Ladon-bosh  barmoqni  hisobga  olmaganda  qolgan 
to‗rtgasining  kengligi;  fut  -  oyok  tagining  uzunligi;  pyad  -  yozilgan  bosh  va 
ko‗rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, quloch, qadam va xokazolar, 
Asrlar  o‗ta  bizga  etib  kelgan  ba‘zi  o‗lchov  birliklari  xozirda  xam  ishlatiladi. 
Masalan,  qadimgi  janubi-sharqda  "loviya  doni",  "no‗xotcha"  ma‘nosini  bildirgan, 
turli qimmatbaxo  toshlarning o‗lchov birligi sifatida ishlatilgan karat: dorishunoslikda 
og‗irlik  birligi  qilib  qo‗llanilayotgan,  ingliz,  fransuz,  lotin  va  ispan  tillarida  "bug‗doy 
doni" ma‘nosi bildiruvchi - gramm va hakozolar. 
Ba‘zi bir tabiiy o‗lchovlar xam uzoq o‗tmishga ega. Ularning dastlabkilaridan biri, 
hamma erda ishlatiladigan vaqt o‗lchovlaridir. Munajjimlarning ko‗p yillik kuzatishlari 
natijasida  qadimgi  Vavilonda  vaqt  birligi  sifatida  yil,  oy,  soat  tushunchalari 
ishlatilgan.  Keyinchalik  erning  o‗z  o‗qi  atrofida  to‗la  aylanishiga  ketgan  vaqtning 
1

86400  qismi  sekund  nomini  olgan.  Qadimgi  Vavilonliklar  bizning  eramizgacha 
bo‗lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda o‗lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat 
vaqt  oralig‗iga  teng  bo‗lib,  bu  vaqt  mobaynida  Vavilonda  rasm  bo‗lgan  suv  soatidan 
massasi taxminan: 500 grammga teng bo‗lgan "mina suv" oqib ketgan. Keyinchalik 
mina o‗zgarib, biz o‗rganib qolgan minutga aylandi. 
Vaqtlar  o‗tishi  bilan  suv  soatlari  o‗z  o‗rnini  qum  soatlariga,  ular  xam  vaqti  kelib 
mayatnikli mexanizmlarga bo‗shatib berdilar. 
Insoniyat  taraqqiyot  rivojlanishining  ilk  davrlaridanoq  "moddiy"  O‗lchashlar  va 
o‗lchov birliklarining katta axamiyatini tushunib bilganlar. 
Fan  va  texnikaning  rivojlanishi  xar  xil  fizikaviy  kattaliklarning  o‗lchamlarini 
muayyan  o‗lchovlarga  qiyoslab  kiritishni  taqozo  eta  boshladi.  Bunday  faoliyat 
jarayoni  va  rivojlanishi  davomida  O‗lchashlar  xaqidagi  fan,  ya`ni  metrologiya  yuzaga 
keldi. 


78 
Ishlab  chiqarish  munosabatlarining  rivojlanishi  o‗lchash  vositalari  va  usullarini 
mukammallashtirishni  talab  eta  boshladi. 
O‗lchashlar  nazariyasi  hamda 
vositalarining  rivojini  aniqlab  bergan  texnika  yutuqlarining  uchta  asosiy  bosqichini 
ajratib ko‗rsatish mumkin: 
-  ishlab  chiqarish  jarayonida  katnashaligan  va  stanoklarga  biriktirilgan  O‗lchash 
vositalarining  yaratilishini  talab  qiluvchi  texnologik  bosqich  (manufaktura  va 
mashina ishlab chiqarishning yuzaga kelishi); 
Ishlab  chiqarish  jarayonlarini  kuchaytirish  sharoitida  foydalanilayotgan  o‗lchash 
vositalarining Aniqligi, ishonchliligi va unumdorligini keskin oshirishpi talab qiluvchi 
energetik  bosqich  (bug‗  energiyasini  ishlatish,  ichki  yonuv  dvigatellarining  ishga 
kelishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish va ishlatish); 
-  zamonaviy  fan  yutuklarining  barchasini  o‗lchash  vositalarining  tarkibiga 
kiritishni talab qilgan ilmiy-texnikaviy inqilob (fanni ishlab chiqarish bilan bog‗lash va 
uni  bevosita  ishlab  chiqaruvchi  kuchga  aylantirish)  bosqichi.  Bu  bosqichning  aloxida 
xususiyatlaridan biri obyektlar va jarayonlar xolatini muayyan parametrlar yordamida 
umumiy  baxolovchi  o‗lchash  tizimlarini  yaratish  bo‗lib,  olingan  natijalarni  bevosita 
texnik tizimlarni avtomatik boshqarish uchun foydalanishdan iboratdir. 
Amaliyot juda keng ko‗lamdagi fizikaviy kattaliklar qiymatini, ko‗pincha juda 
tez  sekundning  milliarddan  bir  ulushlarida),  yuqori  Aniqlikda  (xatolik 
o‗lchanayotgan  qiymatning  10  %  idan  kichik)  va  nafaqat  inson  sezgi  organlari 
to‗g‗ri  ilg‗ay  olmaydigan,  balki  xayot  uchun  sharoit  bo‗lmagan  xolatlarda  xam 
Aniqlashni  talab  qiladi.    SHu  kunlarda  fanga  yuzdan  optiq  xar  xil  fizikaviy 
kattaliklar  ma‘lum  bo‗lnb,  ularning  70dan  ortig‗ini  O‗lchash  mumkin.  Xozirgi 
kunlarda  Fan  va  texnikaning  rivojlanishi  tufayli  ilgari  o‗lchab  bo‗lmaydi  deb 
hisoblangan  kattaliklarni  o‗lchash  va  baxolash  imkoni    yaratilmoqda.  Masalanb, 
Sankt  Peterburg  aloqa  instituti  olimlari  xidni  o‗lchash  borasida  birmuncha  yutuqlarni 
qo‗lga  kiritganlar.  Bu  xususda  buyuk  italiyalik  olim  Galileo  Galileyning  quyidagi 
so‗zlarini  eslab  o‗tish  o‗rinli  bo‗ladi:  -  "O‗lchash  mumkin  mumkin  bo‗lganini 
o‗lchang, mumkin bo‗lmaganiga esa imkon yarating". 


79 
Kondensatorning elektr sig‗imi, nurlanish oqimi, erigan metallning temperaturasi 
va atomning maxsus maydoni kuchlanishi kabi kattaliklarni maxsus texnikaviy vositalar-
o‗lchash  o‗tkazgichlari,  asboblari  va    tizimlaridan  foydalanmasdan  o‗lchashni  amalga 
oshirish  mumkin  emas.  Bularning hammasi  ongimizga,  xayotimizga  shunchalik  singib 
ketganki,  aksariyat  xollarda  biz  ularning  atrofimizda  mavjud  ekanligini  sezmaymizx. 
Hamma joyda: uy-ro‗zg‗or va ishlab chiqarishda, dalada va kasalxonada, avtomobilda 
va ilmiy laboratoriyada ular bizning beg‗araz va tengsiz yordamchilarimizdir. 
Ishonch  bilan  aytish  mumkinki,  o‗lchash  inson  ongli  xayotining  asosini 
tashkil  etadi.  Bu  borada  ko‗plab  olimlar  O‗lchash  texnikasining  rivojiga  munosib 
xissa qo‗shganlar.  Ular  ichida birinchi navbatda quyidagilarni: Ahmad  Farg‗oniy,  Abu 
Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ulug‗bek, Mixail Lomonosov, Dmitriy Mendeleev 
va boshqalarni aloxida ko‗rsatib o‗tish o‗rinli bo‗ladi. Axmad Farg‗oniyning "Miqyosi 
Nil",  ya`ni  Nil  daryosining  satxini  tutash  idishlar  qonuniyati  asosida  o‗lchash  va  uning 
natijasiga  ko‗ra  yilning  yog‗ingarchiligi  va  uning  ekin  xosiliga  ta‘siri  to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlari,  Ulug‗bekning  "Zij  jadvallari"da  keltirgan,  hozirgi  kunlarda  eng 
zamonaviy  o‗lchash  qurilmalarida  olingan  natijalardan  juda  oz  tafovut  qiluvchi 
ma‘lumotlari  aloxida  taxsinga  sazovordir.  Bundan  tashqari,  Forobiyning  astronomik 
kuzatishlar  va  o‗lchashlar  uchun  maxsus  asbob  -  usturlob  yasash  sirlari  xususidagi 
qimmatli ma‘lumotlari juda katta xam ilmiy, ham falsafiy ahamiyatga egadir, 
O‗lchash texnikasi extimollar nazariyasi, boshqarish nazariyasi va boshqa ilmiy 
yo‗nalishlar  bilan  birgalikda  informatsion  O‗lchash,  ya`ni  o‗zida  asosiy  informatsiya 
olish imkonini beradigan vositalarni jamlagan (o‗lchash, nazorat qilish, hisoblash, 
tashxis,  umumlashtirish  va  tasvirlarni  aniqlash)  texnikasining  rivojiga  asos  bo‗ldi. 
+o‗yilgan  muammolarning,  ularni  echish  usullari  va  olingan  natijalarning  xar 
xilligidan  qat‘iy  nazar,  informatsiya  olish  mobaynida  asosiy  O‗lchash,  ya`ni  qayta 
ishlash, qabul qilish va biror jarayon yoki manba xaqidagi ma‘lumotni tasavvur qilish 
amallarini  bajarish  ko‗zda  tutiladi.  Bugungi  kunda  ham  olimlarimiz  o‗lchash 
nazariyasi va texnikasi rivoji ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. 
Metrologiyani  o‗rganish  dastlab  quyidagi  tushunchalarni  o‗rganishni  talab 
qiladi:  


80 

  "metrologiya"  -  o‗lchovlar,  ularning  yagona  birlikda  bo‗lishini  ta‘minlash 
usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‗llari haqidagi fan;  

  "yagona  o‗lchov  birligi"  -  o‗lchovlarning  natijalari  qonunlashtirilgan 
birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma‘lum bo‗lgan o‗lchov 
holati;  

  "o‗lchov  vositasi"  -  o‗lchovlar  uchun  foydalaniladigan  va  normalangan 
metrologik xususiyatga ega bo‗lgan texnika vositasi;  

  "birlik  etaloni"  -  fizik  o‗lcham  birligini  boshqa  o‗lchov  vositalariga  o‗tkazish 
maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun mo‗ljallangan o‗lchov vositasi;  

  "davlat  etaloni"  -  vakolat  berilgan  milliy  organning  qarori  bilan  O‗zbekiston 
Respublikasi hududida o‗lchov birligining o‗lchami sifatida e‘tirof etilgan etalon;  

  "metrologik  xizmati"  -  davlat  organlari  va  yuridik  shaxslarning  metrologiya 
xizmatlari  tarmog‗i  hamda  ularning  o‗lchovlar  yagona  birlikda  bo‗lishini 
ta‘minlashga qaratilgan faoliyati;  

  "davlat  metrologiya  nazorati"  -  metrologiya  qoidalariga  rioya  etilishini 
tekshirish  maqsadida  davlat  metrologiya  xizmati  organlari  amalga  oshiradigan 
faoliyat;  

  "o‗lchov  vositalarini  tekshiruvdan  o‗tkazish"  -  o‗lchov  vositalarining  belgilab 
qo‗yilgan  texnik  talablarga  muvofiqligini  aniqlash  va  tasdiqlash  maqsadida  davlat 
metrologiya  xizmati  organlari  (vakolat  berilgan  boshqa  organlar,  tashkilotlar) 
tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;  

  "o‗lchov vositalarini kalibrlash" - metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini 
va  o‗lchov  birliklarining  qo‗llashga  yaroqliligini  aniqlash  hamda  tasdiqlash 
maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan operatsiyalar majmui;  

  "o‗lchov  vositalarini  metrologik  attestatsiya  qilish"  -  yagona  namunalarda 
ishlab  chiqariladigan  (yoki  O‗zbekiston  hududiga  yagona  namunalarda  olib 
kiriladigan)  o‗lchov  vositalarining  xossalarini  sinchiklab  tadqiq  etish  asosida  ular 
qo‗llanish  uchun  haqqoniy  ekanligining  metrologiya  xizmati  tomonidan  e‘tirof 
etilishi; 


81 

  "metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish" - 
o‗lchovlarning  yagona  birligini  ta‘minlash  ishlarini  akkreditatsiya  qilishni 
belgilangan 
sohada 
o‗tkazishga 
metrologiya 
xizmatlari, 
markazlari, 
laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e‘tirof etilishi;  

  "o‗lchov  vositalarini  kalibrlash  huquqiga  ega  bo‗lishi  uchun  yuridik  shaxslar 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish