Aylanali grafiklar – ma‘lum bir parametr ayrim qismlarining nisbatini
tavsiflash maqsadida qo‗llaniladi.
50
40
30
20
10
0
1.13.-rasm. Mahsulotning sotib olinishini rag‘batlantirish.
Masalan, mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarning mahsulot
tannarxidagi ulushini ifodalashda yoki ayrim mahsulot turlari bo‗yicha olingan
daromadlarning korxonaning umumiy daromadidagi ulushini ifodalashda qo‗llanishi
mumkin.
Pareto diagrammasi. Firma, korxonalar faoliyatida diagrammalarni qo‗llash
orqali hal qilinadigan juda ko‗p muammolar yuzaga keladi. Pareto: kredit
miqdorining aylanuvchanligidagi qiyinchiliklar, buyurtmalar qabul qilishning yangi
qoidalarini o‗zlashtirish, yaroqsiz mahsulotning yuzaga kelishi, dastgohlarning
nosozligi, mahsulot ishlab chiqarish bilan uning sotilishi orasidagi vaqtning cho‗zilib
ketishi, omborxonalarda mahsulotning turib qolishi, reklamatsiyalarning kelib
tushishi, xom ashyo va materiallarning vaqtida kelib tushmasligi va boshqalar.
Pareto diagrammasi yuqoridagilarni aksi, ya`ni ayrim sex yoki bo‗limlarning
ijobiy tajribasini butun korxonaga tatbiq etish kerak bo‗lgan holatlarda ham
qo‗llaniladi. Pareto diagrammasi yordamida erishilgan yutuqlarning sababini aniqlab,
samarali ishlash usullarini keng tatbiq etish mumkin.
1
2
3
4
5
6
Ҳ
оди
са
ла
р с
он
и
60
Pareto diagrammasini muhim omillarni nazorat qilishda qo‗llaganda eng keng
tarqalgan uslub – AVS-tahlili uslubidan foydalaniladi. Faraz qilaylik, omborxonada
1.000, 3000 va undan ortiq sondagi detallar bo‗lsin. Detallarni bir xilda birma-bir
nazorat qilish juda ko‗p mehnat sarfini talab qiladi va samarasiz hisoblavnadi. Agar
bu detallarni guruhlarga ajratsak, masalan, omborxonadagi hamma detallarning 20-
30% ini tashkil etuvchi eng qimmat detallarga uning umumiy qiymatining 70-80%i,
jami mahsulotning 40-50%ini tashkil etuvchi eng arzon detallarga esa mahsulot
qiymatining 5-10%igina to‗g‗ri keladi.
Birinchi guruhni A, ikkinchi guruhni V deb ataymiz. qiymati umumiy
qiymatga nisbatan 20-30 %ni tashkil etuvchi oraliq guruhni esa V deb ataymiz. Agar
omborxonadagi A guruhga tegishli mahsulotlarning sifati kuchli nazorat qilinib, S
guruhga tegishli mahsulotlar sifati engilroq nazorat qilinsa, mahsulot sifatini nazorat
qilish samarali amalga oshirilgan hisoblanadi.
Bunday tahlil omborxonalarni, mahsulotning sotilishi bilan bog‗liq bo‗lgan pul
miqdorini nazorat qilishda keng qo‗llaniladi.
Pareto diagrammasi yaroqsiz mahsulotning yuzaga kelishi, dastgohlarning
nosozligi, omborxonalardagi detallarni nazorat qilish kabi muammolarni hal etishda
ustunli grafiklar ko‗rinishida ifodalanadi. Diagrammalar bir necha variantda tuzish
tavsiya etiladi. Ularni ketma-ket tahlil qilib, oqibat natijada alohida Pareto
diagrammasini tuzish mumkin.
Pareto diagrammasini sabab natijaviy diagramma bilan birga qo‗llash
maqsadga muvofiqdir. Mahsulot sifatining past bo‗lishidek juda muhim masalani hal
etishda har bir konkret defekt bo‗yicha uning moiyatini aniqlab olish kerak.
Korxonaning murakkab iqtisodiy faoliyatida, uning turli bo‗linmalarida
muammolar kelib chiqishi mumkin. Ushbu muammolarni xal etishni Pareto
diagrammasini tuzishdan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Ular yordamida firma faoliyatining turli soxalaridagi muammolarni taxlil qilish
mumkin.
61
Do'stlaringiz bilan baham: |