Yaponiyada 1949- yilda mamlakat olimlari va muxandislari uyushmasi
qoshida sifatni nazorat qilish muammosini o‗rganish bo‗yicha maxsus guruh tashkil
qilingan. 60- yillarning oxirida esa mamlakatda ishlab chiqarishda sifat nazorati to‗la
hajmda tatbiq etilgan.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta‘minlash asosiy tamoyillari
quyidagilardir:
• korxona barcha bo‗linmalari va hamma xodimlari ishtirok etadigan mahsulot
sifatining to‗la nazorati;
• sanoat tarmoqlari bo‗yicha mahsulot sifati nazorati sohasida o‗qitish;
• sifat to‗garaklari faoliyati;
• sifat nazoratining statistik usullarini qo‗llash;
• sifat g‗oyalarini targ‗ibot qilish bo‗yicha milliy kompaniya.
180
Sifat muammolariga bunday fundamental yondashishda Yaponiyada
sertifikatlashtirish yapon tovarlarning yuqori sifat darajasini ta‘minlash va jahon
bozorida ular raqobatbardoshligini oshirish vositasi sifatida ko‗riladi.
Sanoat standartlashtirish qonuniga binoan mahsulotni yapon industrial
standartlari JIS talablariga muvofiqligi belgisi
:
bilan tamg‗alash ko‗rsatilgan. U
mamlakatda sanoat standartlarini ommalashtirish samarali vositasi bo‗lib xizmat
qiladi hamda firmalar darajasida sifat nazorati usullari tarqalishiga ko‗maklashadi.
JIS belgisidan foydalanish huquqini sanoatning tegishli tarmoqdar vazirlari
beradi. Muvofiqlik belgisi ikki shaklda bo‗ladi: "A" va "V" shaklari, ular mahsulot va
texnologik jarayonlar milliy standartlarga muvofiqligini belgilash uchun qo‗llanadi.
Xukumat JIS belgisi bilan tamg‗alangan mahsulot va texnologik jarayonlar sifatini
kafolatlaydi.
1980- yilgacha xorijiy ishlab chiqaruvchilarga JIS belgisini qo‗llash man etilar
edi. Keyinchalik xorijiy yetkazib beruvchilar yapon ishlab chiqaruvchilari bilan bir
qatorda sertifikatlashtirish protsedurasida qatnashish huquqiga ega bo‗ldilar.
Ko‗rib chiqilgan muvofiqlik belgisi JIS bilan bir qatorda Yaponiyada ishlov
berilgan oziq-ovqatlar, qishloq xujalik va baliq mahsulotlari uchun JIS belgisi ta‘sis
qilingan. U oziq-ovqat, qishloq xo‗jalik va o‗rmon mahsulotlarini standartlashtirish
va tegishli ravishda tamg‗alash bo‗yicha qonun asosida kiritilgan.
Sertifikatlashtirish
tizimlari
yapon
sanoatining
barcha
tarmoqlari:
mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati va boshqalarni qamrab oladi. 1983- yil
martida yapon va xorijiy korxonalarga tegishli ravishda tamg‗alangan mahsulot
chiqarish huquqini beradigan 16000 va 20000 litsenziya berilgan.
Xozirgi kunda sanoati rivojlangan mamlakatlarda sertifikatlashtirish barcha
sohalarda tatbiq etilmoqda. Bu ikki omil bilan belgilanadi:
1) iste‘molchiga mahsulot sifatining barqaror darajasini ta‘minlashga intilish;
2) ichki va tashqi bozorlarda yuqori raqobatbardoshlikni ta‘minlashga intilish.
Agar ratsiblardan biri u ishlab chiqqan mahsulot sertifikatlashdan o‗tdi desa, boshqa
raqobat qiluvchi firmalar zudlik bilan o‗xshash choralarni ko‗rishga majbur.
181
Do'stlaringiz bilan baham: |