Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. Q. Yo‘ldoshev, D. T. Yusupova sifat menejmenti toshkent – «iqtisodiyot» – 2019


Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish idoralari



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/214
Sana31.12.2021
Hajmi2,18 Mb.
#230891
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   214
Bog'liq
sifat menejmenti adabiyoti

 Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish idoralari 
Sifat 
tizimlari 
va 
ishlab 
chiqarishlarni 
sertifikatlashtirish 
bo‗yicha 
akkreditlangan idoralar quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishadi: 
- sifat  tizimlarini  dastlabki  baholashni  o‗tkazadi  va  sertifikatlashtirishni 
o‗tkazish uchun kontraktlar tuzadilar; 
- ishlab  chiqarishlarni  sertifikatlashtirish  usuliyatlarini  va  sifat  tizimlarini 
tekshirish dasturlarini ishlab chiqadilar; 
- sifat tizimi yoki ishlab chiqarishning auditini o‗tkazadi; 
- sifat  tizimi  yoki  ishlab  chiqarish  sertifikatlarini  rasmiylashtiradi,  sertifikatni 
beradi va tan oladi; 


169 
- sertifikatlashtirilgan  sifat  tizimlari  va  ishlab  chiqarishlar  ustidan  inspeksion 
nazoratni amalga oshiradilar; 
- sertifikatlashtirish natijalari haqida ma‘lumot beradilar. 
Sifat  tizimlari  va  ishlab  chiqarishlarni  sertifikatlashtirish  bo‗yicha  idoralar 
sifatida  «O‗zstandart»  agentligining  hududiy  idoralari,  SMSITI,  bir  turdagi 
mahsulotlarni  sertifikatlashtirish  bo‗yicha  idoralar  va  boshqa  ishlab  chiqaruvchi  va 
iste‘molchilarga  tobe  bo‗lmagan  va  belgilangan  talablarga  javob  beradigan  boshqa 
tashkilotlar akkreditlanishi mumkin. 
Mahsulot  yoki  buyum  ma‘lum  tekshiruvdan  o‗tganligini,  tekshiruvning 
xaqqoniyligini  yoki  sertifikatlashtirish  idorasi  tomonidan  tekshirilganligini 
isbotlaydigan  dalil  -  tamg‗a,  etiketka,  sertifikat,  ilova  qilib  yuboriladigan  ro‗yxat, 
sertifikatlashtirilgan  mahsulotlar  ro‗yxati  yoki  korxona  tayyorlovchilarning  ro‗yxati 
hisoblanadi.  
Muvofiqlik  sertifikatini  sertifikatlashtirish  idorasi  yoki  uning  nomidan 
akkreditlangan idora tomonidan berilishi mumkin. ISO ta‘rifiga binoan: 
Muvofiqlik  sertifikati  -  "Tegishlicha  belgilangan  mahsulot,  jarayon  yoki 
xizmatlarning  ma‘lum  standartga  yoki  boshqa  me‘yoriy  hujjatga  mos  kelishiga 
ishontiradigan va sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida etilgan hujjat" dir.  
Muvofiqlik  belgisi  deganda  ushbu  mahsulot,  jarayon  yoki  xizmat  ma‘lum 
standartga 
yoki 
boshqa 
me‘yoriy  hujjatga  mos  kelishini  kafolatlovchi 
sertifikatlashtirish  tizimi  qoidalari  asosida  berilgan  yoki  ishlatiladigan  va  ma‘lum 
tartibda himoya qilinadigan belgi tushuniladi.  
Sertifikatda qayd etiladigan ma‘lumotlar quyidagilardan iborat: 
- sertifikatlashtirish idorasining nomi va manzili; 
- tayyorlovchining nomi va manzili; 
- mahsulotni va uning to‗dasini belgilanishi, seriya raqami, sertifikatlashtirishga 
tegishli bo‗lgan model yoki mahsulot turi; 
- tegishli standartga havola; 
- vakil-shaxsning imzosi va vazifasi.  
Quyidagi keltirilgan hollarda sertifikat bekor qilinishi mumkin: 


170 
- agar  mahsulot  (buyum,  mol)  ning  tarkibiga  yoki  uni  ishlab  chiqarish 
texnologiyasiga  o‗zgartirishlar  kiritilsa,  bu  esa  o‗z  navbatida  sertifikatlashtirish 
bo‗yicha  qilinayotgan  tekshiruvda  uning  tavsiflariga  o‗zgarishlar  olib  kelsa,  hamda 
shu  mahsulot  namunalarining  sinovlari  qo‗shimcha  bayonnomadagi  standart 
talablariga mosligi tasdiqlanmasa; 
- ishlab  chiqarish  texnologiyasining  buzilishi  va  korxona-tayyorlovchi 
mahsulotining  sifati  pasaysa  yoki  material  bilan  ta‘minlovchi  tomonidan 
komplektlash  detallari,  yig‗ish  qismi  tegishli  standartlar  talablarini  buzilishiga  olib 
kelsa.  
Sertifikatlashtirish  natijalarini,  Tizim  idorasi  tomonidan  sertifikatlashtirish 
ishlari  to‗g‗risidagi  ma‘lumotlarni  har  doim  chop  etilishi  lozim.  Bu  ma‘lumotlar 
quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
- sertifikatlashtirilgan mahsulot ro‗yxati; 
- akkreditlangan sinov tashkilotlarining ro‗yxati; 
- attestatlangan korxonalardagi sertifikatlashtirilgan mahsulot ro‗yxati; 
- sertifikatlashtirish hujjatlarining ro‗yxati.  
Bu  ro‗yxatlarni  sertifikatlashtirish  milliy  idorasi  bo‗yicha  qilinadigan  ishlarda 
qatnashuvchi vazirliklarga yuboriladi.  

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish