Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. Q. Yo‘ldoshev, D. T. Yusupova sifat menejmenti toshkent – «iqtisodiyot» – 2019


O‘zbekistonda sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/214
Sana31.12.2021
Hajmi2,18 Mb.
#230891
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   214
Bog'liq
sifat menejmenti adabiyoti

O‘zbekistonda sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi  
 milliy idora 
O‗zbekiston  Davlat  standartlashtirish,  metrologiya  va  sertifikatlashtirish 
agentligi  tuzilmasini  takomillashtirish  va  uning  faoliyatini  tashkil  etish  to‗g‗risida 
O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  05.08.2004  yil  №  373-sonli 
qarori  qabul  qilindi  va  bu  qarorga  binoan  O‗zbekiston  Respublikasi  Ppezidentining 
"Respublika  davlat  boshqaruvi  organlari  tizimini  takomillashtirish  to‗g‗risida" 
2003-yil  9-dekabrdagi  PF-3358-son  Fapmonini  bajarish  yuzasidan  hamda 
standartlashtirish,  metrologiya  va  mahsulotlar  hamda  xizmatlarni  sertifikatlashtirish 
tizimini  yanada  takomillashtirish,  uning  zamonaviy  xalqaro  normalar  va  talablarga 
muvofiqligini  ta‘minlash,  shuningdek  xalqaro  standartlardan  foydalanish  asosida 
mamlakatimizda  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarning  raqobatbardoshliligini  oshirish 
maqsadida  ushbu  qarorni  qabul  qildi.  O‗zbekiston  standartlashtirish,  metrologiya  va 
sertifikatlashtirish agentligi . 
O‗zbekiston  standartlashtirish,  metrologiya  va  sertifikatlashtirish  agentligi 
sertifikatlashtirish bo‗yicha milliy idora bo‗lib hisoblanadi.  


163 
Sertifikatlashtirish  milliy  idorasi  –  «O‗zstandart»  agentligi  O‗zbekiston 
Respulikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
- O‗z  SMT  ning  yagona  qoida  va  tadbirlarini,  ularga  rioya  etilishi  ustidan 
nazoratni,  sertifikatlashtirish  natijalari  bo‗yicha  hujjatlarni  ro‗yxatga  olishni, 
respublika va horijiy iste‘molchilarni ma‘lumot bilan ta‘minlashni belgilaydi; 
- muvofiqlik belgisini va uni qo‗llash qoidalarini belgilaydi; 
- O‗z  SMT  ni  mukammallashtirish  bo‗yicha  dastur  loyihalarini tuzadi  va ularni 
Hukumat muhokamasiga taqdim etadi; 
- O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda xalqaro 
sertifikatlashtirish  tizimlariga  qo‗shilish  haqida  qaror  qabul  qiladi,  shuningdek, 
sertifikatlashtirish natijalarini o‗zaro tan olish haqida bitimlar tuzadi; 
- O‗zbekiston  Respublikasining  boshqa  davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlar  bilan 
sertifikatlashtirish masalalari bo‗yicha o‗zaro munosabatlarda vakili bo‗ladi; 
- majburiy  sertifikatlashtirilishi  lozim  bo‗lgan  mahsulotlar  va  xizmatlar 
ro‗yxatini tuzadi va olib boradi; 
- respublikada  sertifikatlashtirish  ishlarini  tashkil  qiladi  va  muvofiqlashtiradi 
hamda  ularni  o‗tkazilishining  to‗g‗riligi  ustidan    inspeksion  nazoratni  amalga 
oshiradi; 
- bir  turdagi  mahsulotlarni,  sifat  tizimlari  va  ishlab  chiqarishlarni, 
sertifikatlashtirish  bo‗yicha  idoralarni  va  sinash  laboratoriyalarini  (markazlarini) 
akkreditlaydi; 
- ekspert-auditorlarni attestatlaydi va ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga 
oshiradi; 
- O‗z SMT Davlat reestrini olib boradi; 
- mahsulotlarni  sertifikatlashtirish,  sertifikatlashtirish  bo‗yicha  idoralarni  va 
sinash  laboratoriyalarini  (markazlarini)  akkreditlash  bo‗yicha  ishlarga  haq  to‗lash 
shakli va tartibini belgilaydi; 
- O‗z SMT qoidalarini buzganligi uchun muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik 
belgilarining amalini bekor qiladi va to‗xtatadi, sertifikatlashtirish bo‗yicha idoralarni 


164 
va  sinash  laboratoriyalari  (markazlari)ni  akkreditlangani  haqida  guvohnomani  bekor 
qiladi; 
- sertifikatlashtirish va akkreditlash natijalari bo‗yicha     appelyasiyalarni ko‗rib 
chiqadi; 
- O‗z SMT davlat reestri asosida sertifikatlashtirish bo‗yicha ma‘lumotlarni chop 
etadi va manfaatdor tomonlarning undan bemalol foydalanishlarini ta‘minlaydi. 
Ushbu  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  SMI  vazifalarini  tekshirish,  ilmiy-
texnikaviy,  jamoat  tashkilotlarini,  iste‘molchilar  jamiyatlarini  jalb  etib,  yuqoridagi 
vazifalarni  O‗zbekiston  Respublikasi  hududlarida  SMI  vazifalarini,  bu  vakolatlarni 
«O‗zstandart» agentligi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‗yicha 
hududiy markazlarga (SMSHM) berganda ular bajarishi mumkin. 
 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish